Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №1 6-sinf Ona tiliOna tili mavzulashtirilgan 6-sinf Ona tili №1 InfoMaster Mart 29, 2022 419 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №1 UNDOSH TOVUSHLAR O’ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI BO’GIN VA URG’U LEKSIKOLOGIYA VA LUG’ATSHUNOSLIK Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda , zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya qilardi. Ushbu parcha matnning qaysi turiga mansub? A) muhokama matni B) tasviriy matn C) tavsifiy matn D) hikoya matni 2 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) tasviriy matn C) muhokama matn D) hikoya matn 3 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) onhazrat, takyagoh B) sarf, nahv C) yo'qsil, avom D) vazir, mufti 4 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) muhokama matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 5 / 50 Qaysi so'zlarda faqat o'rta keng unlilar bor ? A) bardam, shod B) tugma, non C) erk, kel, el D) elak, gulbeor 6 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tehnika, raxbar B) muhrdor, hamrox C) jabha, juziy D) taajjub, masjid 7 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping. A) gavhar, xalq, o’rmon B) abadiy, vazir, hayo C) mumtoz, navo, jilo D) inson, karam, elak 8 / 50 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) hikoya matn 9 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) surma, kitob , hovli B) fizik, chog'lar , mudir C) olma , anjir ,muhit D) yangi, yigitcha , qishloqcha 10 / 50 Qaysi qatorda barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan? A) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taalluqli B) harom-harish, zalvarli, hasharot, tatbiq, taalluqli C) harom-xarish, zalvarli, hashorat, tatbiq, taluqli D) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taaluqli 11 / 50 Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so'zni belgilang A) mafkura B) bodomzor C) bolg'a D) konduktor 12 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar B) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar C) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar D) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar 13 / 50 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) qishloq, ertalab, bugun B) doston, piyoda, marjon C) vaholanki, fizika, ba’zan D) kitobxon, darsxona, ziyo 14 / 50 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) boshmaldoq B) burushmoq C) boshboshdoq D) badhazim 15 / 50 Kosasi oqarmadi iborasining sinonimini toping A) tuz totmadi B) oyog’i tortmadi C) boshi shishdi D) bir to’ni ikki bo’lmadi 16 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat. A) ivi, bibi, jafo B) ibo, bamuk, bevafo C) beibo, beva, vabo. D) bob, bobo , betob 17 / 50 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra B) til qismlarining harakatiga ko’ra C) jarangli va jarangsizligiga ko’ra D) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra 18 / 50 Old qator unlilar berilgan qatorni aniqlang. A) o, a, u. B) e, o, i. C) i, e, a. D) a,o,u. 19 / 50 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) har kim, qaysi B) chollar, tollar C) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi D) albatta, o’qiyman 20 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 21 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz B) agrotexnika, anjir, anor C) mayiz, mashina, mosh D) telegraf, tipografiya, teploxod 22 / 50 Tarkibida faqat tor unlilar ishtirok etgan so'zlarni belgilang. A) besh, yil B) qultum, uzum. C) to'rt, burchak D) asal ,gul 23 / 50 dengiz so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlar mavjud ? A) ) 3 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari B) ) 3 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari C) ) 2 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari D) ) 2 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari 24 / 50 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) iqtisod B) qing'ir C) hamfikr D) soxtalik 25 / 50 Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping. A) 19,1,17,22,8,5,1,13,8 B) 20,1,18,10,23,22,1,15,10 C) 19,1,17,8,22,5,1,13,8 D) 19,1,17,7,22,5,1,13,18 26 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) a,i e B) a,i C) barcha unlilar D) o’,o,u 27 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) y.n B) v,z C) m,g D) j,g' 28 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Paronomlar B) Atamalar C) Shevaga xos so’zlar D) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. 29 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) balli, dushman, maydon B) suv, baland, chuqur C) chala, halol, yonbosh D) kilometr, tonna, vazn 30 / 50 Bo'gin...... A) so'zdagi unlilarning alohida ohang (intonatsiya)bilan aytilishidir B) so'zda bir xil unlilarning kelishidir C) gapdagi biror bo'lakning boshqasiga nisbatan alohida ta'kidlanib aytilishidir D) bir havo zarbi bilan aytiladigan bir yoki bir necha toyushlar yig'indisidir 31 / 50 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) hikoya matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) tasviriy matn 32 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) o,u,o' B) i, e,a C) a,i D) e,o',a 33 / 50 Yopiq bo'g'inlarni toping A) os-mon,mak-tab,tok-zor B) gul-chi,so-at,pesh-voz C) qu-loq,so-ya,jang D) yu-bor,ham-dam,ol-ma 34 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tanbex, taxmin B) tuxfa, tahlit C) rahnamo, rayhon D) timsox, tuxmat 35 / 50 Quyidagi fonetik tahlil qaysi qatordagi unliga xos? - yuqori tor, orqa qator, lablangan. A) e B) u C) a D) i 36 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) yongan, singil, bong. B) qit'a, qal'a, yechim. C) ongi, yengil, yangi. D) hukm, gramm, ong. 37 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) ko'cha B) paxta C) sunbul D) kitob 38 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi B) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi C) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi D) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. 39 / 50 Atama ishtirok etgan gapni toping A) Bo’zchi belbog’ga yolchimas B) Sifat va otdan yasalgan qo’shma otlarga misol keltiring C) Insonlar Alloh oldida bir biriga teng bo’lgandek ,bir birlari oldida ham teng bo’lishlari lozim D) Xullas, bor haqiqatni qayta kashf etdim 40 / 50 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan ? A) biz,siz ,men B) buvi ,shoti ,shakarob C) maktab ,non ,uzum D) kecha,biz ,erta 41 / 50 Muhokama matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Muhokama matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Muhokama matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Muhokama matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) faqat 2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 1,2 42 / 50 Qaysi iboraning ma’nosi beparvo ,beg’am so’zlariga sinonimbo’la oladi ? A) qush kabi yengil tortmoq B) o’ziga yuqtirmaslik C) chuchvarani xom sanamoq D) do’ppisi yarimta 43 / 50 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun B) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun C) Og’zaki nutqni o’stirish uchun D) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun 44 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) yo,yu,ya ,a B) b,f,k,t,s C) a.u,o',i,e,o D) m,ng,n,r,l 45 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) rivoyat matn C) tasviriy matn D) hikoya matn 46 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) fizik, yo’llar, gullar B) qoshlar,boshlar, yoshlar C) oshiq, doston, ildizlar D) olma, surma, childirma 47 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa B) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki C) jayhun,muarrix ,jallod,bitik D) ulus,handasa,cherik ,oraz 48 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) bog’,gul ,daraxt B) eshik ,fasl ,shimol C) anor ,kuz ,hosil D) jahon ,ilm ,shijoat 49 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) yopiq bo’g’inga B) berkitilgan bo’g’inga C) berkitilmagan bo’g’inga D) ochiq bo’g’inga 50 / 50 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) lug’at va uning turlarini B) so’z va uning ma’nolarini C) frazeologik iboralarni D) harf va belgilarni 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz