Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №7 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №7 InfoMaster Mart 31, 2022 405 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №7 KO’MAKCHI FE’LLAR KO’MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI FE’LLARNING YASALISHI QO’SHMA FE’LLAR JUFT FE’LLAR FE’LNING MA’NOVIY GURUHLARI FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) berkitilmagan bo’g’inga B) yopiq bo’g’inga C) berkitilgan bo’g’inga D) ochiq bo’g’inga 2 / 50 Qush qoidalari bilan yuksaklikka ucha olmaysan. Qo'shimchalar sonini aniqlang. A) 7 ta B) 5ta C) 8ta D) 6 ta 3 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri holat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) xo'rsinmoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq A) 3, 4. 5, 11. B) 4, 9, 12. C) 1, 4, 5, 7 D) 3, 5, 7, 8. 4 / 50 Fe’l nisbatlari …. A) Fe’llarning zamon qo’shimchalarini olib o’zgarishidir B) Fe’llarning kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishidir C) Fe’llarning shaxs son qo’shimchalarini olib o’zgarishidir D) Ish harakat va uning bajaruvchisi o’rtasidagi munosabatning ifodalanishidir 5 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi C) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi D) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi 6 / 50 Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A) Gapni bilib - bilmay gapirmaslik kerak. B) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim. C) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. D) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi. 7 / 50 1 Hikoyani bizga o'qib berdi 2 Bu kitobni sizga bcrdini Har ikkala gapdagi bermoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 8 / 50 Qaysi gapda juft fe'llar mavjud? A) Onasiga u haqda bilganlarini aytdi-qo'ydi,o'ylab o'tirmadi. B) Qo'ydi-chiqdini eshitsam ,yuragim orqaga tortib ketadi. C) To'y o'tib, keldi-ketdi ancha kamaygan edl D) Sengaergashib bor -yo'g'imdan ayrildim 9 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri otdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq. A) 3,5,7 B) 4. 8, 9 C) 5, 7. 8 D) 1, 6, 10. 10 / 50 aqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) -(a)y, -i, C) -la, -a D) -sa, -(a)r 11 / 50 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. B) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. C) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' D) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. 12 / 50 1 Mohir qo'llar to'garagiga qatnab turibman . 2 Ikki soatdan beri shu yerda turibman. Har ikkala gapdagi turmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 13 / 50 Fe'llarning munosabat shakllariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda kesim vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar B) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda hoi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar C) fe’l asoslariga qo 'shilib, gapda ega va to'ldiruvchi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar. D) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda aniqlovchi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar 14 / 50 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) l ,4,5 B) 3,4,5,6,7 C) 1,2 D) 1,2,3,4 15 / 50 Harakatning to’la yakunlanganini ifodalovchi ko’makchi fe’lni toping. A) tashlamoq B) yubormoq C) qo’ymoq D) chiqmoq 16 / 50 Fe'llarning munosabat shakllari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) mayl qo 'shimchalarl B) zambn qo 'shimchalari C) ntsbat qo 'shimchalari D) shaxs-son qo 'shimchalari 17 / 50 Ot, sifatlardan fe'l yasamaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) AvaB. B) - (a)y, -i, C) illa, -ira D) -sa, sira 18 / 50 Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari berilgan? A) ishlamoq, to’xtamoq B) yig’ilmoq, qaytarmoq C) o’ylamoq, ikkilanmoq D) haydamoq, parchalamoq 19 / 50 Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) chiqmoq B) yurmoq C) qo'ymoq D) yotmoq 20 / 50 1 Bu kitobni o'qib ko'ring 2 Shirin tushlar ko'ring Har ikkala gapdagi ko'rmoq fc'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 21 / 50 Men “ Kecha va kunduz ” romanini zo’r hafsala bilan o’qib chiqdim. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lning ma’nosi .... A) to’la yakunlanish B) bajarishga imkoniyat C) tez va oson D) harakatning boshlanishi 22 / 50 1 Biz diqqat bilan kuzata boshladik 2 Biz ishni boshladik Har ikkala gapdagi boshlamoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 23 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri aqliy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) 1, 2, 12. B) 5, 6. 11 C) 1, 4. 5 D) 3, 4, 5, 11. 24 / 50 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -illa B) -ar C) -sa D) -ira 25 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan? A) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar B) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar . C) Etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar . D) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar 26 / 50 Quyidagilardan qaysilar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi ? 1 shaxs son ; 2 o’timli,o’timsizlik 3 zamon 4 bo’lishli ,bo’lishsizlik 5 vazifa shakli 6 mayl A) 2,3,4,5 B) 1,2,6 C) 1,3,6 D) 2,4,5,6 27 / 50 Qo'shma fe'llar berilgan javobni toping. A) yig 'ishtirib oldi B) olib keldi C) charaqlab ketdi D) oshib qolgan 28 / 50 Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini bildiradigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) yurmoq B) qo'ymoq C) olmoq D) tashlamoq 29 / 50 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) tez va oson B) bajarishga imkoniyat C) davomiylik D) to’la yakunlanish 30 / 50 Qo'shma fe'llarning xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) asoslar orasiga boshqa qo 'shimchalarni qo 'shsa bo'ladi B) qismlari ajratibyoziladi C) bitta so'roqqajavob bo'ladi D) birdan ortiq asosdan tashkil topadi 31 / 50 Harakatning davomiyligini bildirgan ko’makchi fe’lli gapni aniqlang. A) Gohida shu ish ustiga uy egasining o’rtancha o’g’li Rasul kelib qoladi . B) Samandar avval indamay turdi-da, so’ng baralla ovoz bilan kuylab yubordi . C) Chor atrofi baland devor bilan o’ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi . D) Salima dugonasidan kelgan maktubni o’qib chiqdi . 32 / 50 Qaysi qatordagi gapda nutqiy faoliyat fe’li mavjud? A) Murtazo sherigiga engashib, uning qulog’iga sekin pichirladi . B) Shonazar o’tirganlarning gapidan xursand bo’ldi C) Oppoq paxtalarni hasharchilar birpasda terib tashladilar D) Men uning gapidan ko’p narsalarni fahmladim . 33 / 50 1 Bu xatda nima yozilganligini o'qib ham ko'rmadi 2 Bu sirni hecfi kimga ayta ko'rma Har ikkala gapdagi ko'rma fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 34 / 50 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2 D) 2, 3 35 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Bu kitobni kecha oldim. Har ikkala gapdagi olmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 36 / 50 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -la, -a B) illa, -ira C) -(a)y. -i, D) -sa, -(a)r. 37 / 50 –ay qo’shimchasi qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) ravishdan B) sifatdan C) sifat va ravishdan D) ot, sifat va ravishdan 38 / 50 Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq ; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) I, 2. 8. B) 3, 4, 5. 11. C) 8, 11,12. D) 1. 4. 5 39 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Ukam rasm chiza oladi Har ikkala gapdagi olmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 40 / 50 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -illa B) -a C) barchasi to'g'ri D) -sa 41 / 50 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 42 / 50 Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko’ra to’g’ri izohlangan ? A) gapirmoq–holat fe’li , ijod qilmoq- nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; B) gapirmoq-nutqiy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq– jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq –holat fe’li C) gapirmoq – jismoniy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq –holat fe’li ; muzlamoq –holat fe’li D) gapirmoq,ekmoq,muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq -nutqiy faoliyat fe’li ; 43 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarda fe'l yasovchi qo'shimchalar qo’shilsa, o'zakda o’zgarish ro'y beradi ? A) o’t, so'z:, oq. tun. B) yosh, ot, son, ong. C) chiq. bor, suv. uyqu. D) bosh, ish, osh, bo’sh 44 / 50 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Mashinada u — bularni yuborasiz. B) Bugun havo juda isib ketdi. C) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. D) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. 45 / 50 Qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaladi ? 1.otdan 2.sifatdan 3.sondan 4.olmoshdan 5.ravishdan 6.taqlid so’zdan A) 1,2,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2 D) 1,2,3,4,5,6 46 / 50 Qaysi juft fe'l ot so'z turkumiga ko'chmagan ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 aytdi -qo'ydi A) 3,4,5,6,7 B) 1,2 C) 2,3,6 D) 1,2,3,4 47 / 50 Qo'shma fe'llar yasalishida ishlirok etadigan so'zlar qaysi javobdaberilgan? A) yubor, chiq, kir. B) kel, hor. yur C) qil, et, bo '1 D) о 'tir, qo 'y, sol 48 / 50 1 Tushimda dorda yuribman 2 Men ko'pdan beri bu yigitni ko'rib yuribman Har ikkala gapdagi yurmoq fc'li qaysi qatorda to'g’ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 49 / 50 Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud? 1 nutqiy faoliyat fe’llari 2 aqliy faoliyat fe’llari 3 jismoniy faoliyat fe’llari 4 holat fe’llari A) 1,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 50 / 50 Titramoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) jismoniy faoliyat fe’li B) aqliy faoliyat fe’li C) nutqiy faoliyat fe’li D) holat fe’li 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz