Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №3 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №3 InfoMaster Mart 29, 2022 327 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №3 SHAKL YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING TASNIFI SO’Z TARKIBIDA TARTIB III SO’Z TURKUMLARI FE’L HARAKAT VA HOLAT FE’LLARI O’TIMLI VA O’TIMSIZ FE’LLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) ko'cha B) sunbul C) paxta D) kitob 2 / 50 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) rivoyat matn B) tasviriy matn C) hikoya matn D) muhokama matn 3 / 50 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 4 / 50 Bilimdon'likdan so'zida nechta morfema (ma'noli so'z) bor? A) 5 B) 2 C) З D) 4 5 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) sog’inch B) o'tinch C) yupanch D) sevinch 6 / 50 Osmon mo’tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga yaqin. Ushbu gapda nechta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 7 / 50 Harakat fe'llarini aniqlang 1 qizardi 2 yashardi 3 chopdi 4 sug'ordi 5 qichqirdi 6 qimirladi 7 yugurdi A) 1,2 B) 1,3,4 C) 3,4,5,6,7 D) 2,4,5 8 / 50 Qaysi qatorda so'zning ma'noli qismlari odatdagi tartibda joylashmagan? A) uzumzorgacha B) tepaliklarda C) o'chirg'ichlarni D) kitobxonlardan 9 / 50 Harakat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar B) A,B. C) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakalni bildiruvchi fe 'llar D) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar 10 / 50 Qaysi qatorda o'zak+so'z yasovchi qo'shimcha+so'z yasovchi qo'shimcha+so'z yasovchi qo'shimcha shaklidagi so'z berilgan? A) pishiqchilik B) yamoqchiniki C) sanoqsiz D) barcha so'zlar o'zak va uch so'z yasovchi qo'shimchadan iborat 11 / 50 Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tuliladi? A) fa 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa B) В va C. C) fe 'llardan anglashilgan holatni hajaruvchi narsa D) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs 12 / 50 Fe’l asosida ifodalangan harakat —holat haqidagi xabar ma’nosini ifodalovchi fe’l shakli qanday shakl sanaladi? A) mayl shakli B) zamon shakli C) nisbat shakli D) shaxs-son shakli 13 / 50 O’timsiz fe'l qaysi gapda qo’llanilgan. A) Amir Temur o’z.davrining ma’rifatli kishisi edi. B) Umr bizga uni so’nggi daqiqalariga qadar mardona himoya. qilish sharti bilan berilgan. C) Ota-onaga muhabbat-barcha insonniy fazilatlar asosidir.. D) Shunday qilib sizning oldingizga maslahatga keluvdlk.. 14 / 50 Qaysi javobda tarkibi asos + so’z yasovchi + so’z yasovchi + lug’aviy shakl yasovchi shaklidagi so’z berilgan? A) unumdorlikni B) insoniyatniki C) oromgohlarimiz D) ) bog’dorchilik 15 / 50 Ish-harakat, voqea, hodisaning ma’lum bir paytda ro’y berishini ko’rsatuvchi qo’shimchalar A) egalik qo’shimchalari B) zamon qo’shimchalari C) shaxs-son qo’shimchalari D) kelishik qo’shimchalari 16 / 50 Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar B) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar,takroriy fe’llar C) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar D) ) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar 17 / 50 Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakli .... sanaladi. A) nisbat shakli B) sifatdosh shakli C) ravishdosh shakli D) mayl shakli 18 / 50 O’timsiz fe'l qavsi gapda qo’llanilgan ? A) Paxtakorlarimiz hosilni barvaqt yig’ib olishdi, B) Endi sizni kim deb ataylik? C) Komila bayramga ofiltadek kiyindi. D) Akam bu yil universitetni tugatdi, 19 / 50 Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroyli. (Maqol) Gapdagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar soni qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 20 / 50 Qaysi so’zda so’z yasovchi qo’shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo’shilgan? A) ko’nikma B) o’zicha C) atroflicha D) eskicha 21 / 50 Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni belgilang. A) serhashamlik B) bolalarday C) paxtachiliklarni D) yurtimizning 22 / 50 Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni toping. A) –roq, -imtir, -ta B) –miz, -im, -man C) –xo’r, -lik, -soz D) –k, -ag’on, -ona 23 / 50 Shakl yasovchi qo’shimchalarning turlari to’g’ri berilgan javobni toping. A) fonetik shakl yasovchilar va leksik shakl yasovchilar B) lug’aviy shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar C) morfologik shakl yasovchilar va sintaktik shakl yasovchilar D) A, C 24 / 50 Holat fe'llarini aniqlang 1 qizardi 2 yashardi 3 chopdi 4 sug'ordi 5 qichqirdi 6 qimirladi 7 yugurdi A) 2,4,5 B) 1,3,4 C) 3,4,5,6,7 D) 1,2 25 / 50 Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar ... A) zamon qo’shimchalari hisoblanadi . B) munosabat shakllari hisoblanadi . C) shaxs-son qo’shimchalari hisoblanadi D) mayl qo’shimchallari hisoblanadi . 26 / 50 “Boburnoma” personajlar tavsifi, ularning shakl- shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi. Berilgan gapdagi sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang. A) 5 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 7 t a 27 / 50 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. B) Mehnat baxt keltiradi. C) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. D) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. 28 / 50 Qaysi qator faqat o'timsiz fe'llardan iborat. A) yozdi, payqadi, fahmladi. B) yozdi, sotdi, yig’ladi. C) oldi, ketdi, uxladi, D) kuldi, dodladi, o’tirdi. 29 / 50 Qaysi qator faqat o’timli fellardan iborat ? A) yuvmoq, kuldirmbq, yetim olmoq. B) ochmoq, uxlatmoq, zavqlanmoq. C) kiymoq, uxlamoq, yalamoq. D) yurgizmoq, bilib olmoq, chaqirmoq. 30 / 50 Qaysi qatordagi yasama so’zda so’z yasovchi shakl yasovchidan so’ng joylashgan? A) kesatmoq B) qaqshatqich C) buyruq D) torayish 31 / 50 Qanday fe'llar o’timli fe'llar sanaladi. A) tushum kelishigiga so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’lilar. B) tuslanadigan barcha fe'llar. C) ko’makchi yoki kelishik shaklidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe'llar. D) ko’makchili so’zlar bilan bog’lana oladigan fe'llar. 32 / 50 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) o’timli va o’timsiz fe’llarga B) to’liq va to’liqsiz fe’llarga C) harakat va holat fe’llariga D) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga 33 / 50 Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar ... deyiladi. A) shaxs-son shakllari B) mayl shakllari C) zamon shakllari D) B, C 34 / 50 Qaysi qatorda asos+ so’z yasovchi+ so’z yasovchi qolipida yasalgan so’zlar berilgan? A) e’tiborlilik, ekinni, qaynatma B) gandiraklamoq, dodlamoq, davolovchi C) bosqinchilik ,bog’dorchilik, bostirma D) bo’yoqchi,tilakdosh, epchillik 35 / 50 O’timsiz fe'l qanday gapda qo’llanilgan? A) Bogdagi har birlnihol qonib-qonb suv ichdi. B) Quyoshning darajasni g’ir-g’ir esgan shamol kesar edi. C) Cho’pon qo’ylarni :sug’organi pastlikka haydaydi. D) Eshik ochiq edi, xovlida nech kim ko’rinmas edi, 36 / 50 Asos +lug’aviy shakl yasovchi +so’z yasovchi shaklida bo’lmagan so’zni toping A) sovutkich B) qizg’anchiq C) o’chirg’ich D) maqtanchoq 37 / 50 Bolalarimizga so'zining lug'aviy va sintaktik asoslarini ko'rsating. A) bolalar — lug'aviy, bolalarimiz -sintaktik asos B) bola ham lug'aviy, ham sintaktik asos C) bola — lug'aviy, bolalar — sintaktik asos D) bolalar - lug'aviy, bola - sintaktik asos 38 / 50 Shaxs narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro'y bergan harakatni bildiruvchi fe'Ilar A) harakat fe'llari B) holat fe'llari C) harakat tarzi D) to'liqsiz fe'llar 39 / 50 Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi? A) harakat fe’li va holat fe’li B) sodda, qo’shma, juft fe’llar hamda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari C) nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat hamda holat fe’llari D) bo’lishli va bo’lishsiz, o’timli va o’timsiz 40 / 50 Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi +sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni aniqlang. A) do’kondorlarni B) mevazorimizga C) beoqibatlilik D) daryolarimizga 41 / 50 Holat fe’llari qatnashgan gapni aniqlang. A) Katta chinorni kesib tashladim . B) U o’zini uxlaganini bildirish uchun qimirlab qo’ydi . C) O’jar Omonjon akasiga nimadir deb to’ng’illadi . D) Manzura dugonasiga qarab jilmaydi . 42 / 50 Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tish jarayonini ifodalovchi fe'Ilar... A) harakat fe'llari B) holat fe'llari C) harakat tarzi D) to'liqsiz fe'Ilar 43 / 50 Quyidagi fe'llardan qay biri holat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) xo'rsinmoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq A) 3, 5, 7, 8. B) 1, 4, 5, 7 C) 3, 4. 5, 11. D) 4, 9, 12. 44 / 50 O'timli fellarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 2,3,5 B) 1,6 C) 2,4 D) l,4,6 45 / 50 Faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan so’zlarni toping. A) giyohlarni, ajratildi, topildi B) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha. C) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish D) aybsitmoq, ulg’aytirgan, bormadi. 46 / 50 Holat fe’llari berilgan qatorni toping. A) yugurmoq B) qizarmoq C) yozmoq D) kiyinmoq 47 / 50 O'timsiz fe'llarni aniqlang 1 almashmoq 2 jiringlamoq 3 jilmaymoq 4 o'ramoq 5 joylashmoq 6 kiymoq A) 1,4,6 B) 2,4 C) 1,6 D) 2,3,5 48 / 50 O’timli fe'l qaysi gapda qo’llanilgan. A) Dalalar oppoq qorga ko’mildi. B) A'zam qurt yegan tishini sug’irib oldi. C) Bayramday bezagan qirlar adirlar, D) Bolalar muzday suvda maza qilib cho’milishdi. 49 / 50 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) o’timsiz fe’llar B) o’timli fe’llar C) holat fe’llari D) harakat fe’llari 50 / 50 Tinchligimiz so'zining asosi, yasovchi asosi hamda sintaktik shakl yasovchi asosi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan? A) asosi — tin, yasovchi asosi — tinch, sintaktik shakl yasovchi asosi -tinchlik B) asosi - tinch, yasovchi asosi - tinchlik, sintaktik shakl yas,ovchi asosi —tinchlik C) asosi - tin, yasovchi asosi — tinch, sintaktik shakl yasovchi asosi — tinchligimiz D) asosi - tin, yasovchi asosi — tinchlik, sintaktik shakl yasovchi asosi — tinchligimiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz