Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №11 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №11 InfoMaster Mart 31, 2022 164 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №11 OTLARNING LUG’AVIY SHAKLLARI .SON SHAKLLARI OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH OTLARI MUSTAHKAMLASH SIFAT SIFATLARNING YASALISHI SIFAT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Kosasi oqarmadi iborasining sinonimini toping A) tuz totmadi B) boshi shishdi C) bir to’ni ikki bo’lmadi D) oyog’i tortmadi 2 / 50 Yasama so’z berilgan qatorni toping. A) to'latmoq B) bitirmoq C) sezmay turdi D) o'sib bormoq 3 / 50 Asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qolipli so’zni belgilang. A) bolalarday B) serhashamlik C) yurtimizning D) paxtachiliklarni 4 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2 B) 4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5 5 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) barchasi to 'gr’i B) ko 'plik C) egalik D) kelishik 6 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –mas B) –mayin C) –maslik D) –may ,-masdan 7 / 50 1 Uni ko'rib qotib qoidim . 2 O'z xohishim bilan qoldim . Har ikkaia gapdagi qolmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 8 / 50 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda B) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi C) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan D) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi 9 / 50 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) orzu – istak B) buyruq - istak C) xabar D) taxmin – gumon 10 / 50 -iq buyum narsa otini yasovchi qo'shimcha qaysi holda -uq tarzida aytiladi va yoziladi. A) o'zak unli bilan tugagan otlarda. B) o’zak yopiq bo'g'in bilan tugasa. C) o'zak undosh bilan tugagan otlarda. D) o'zakda u yoki yu tovushlari bo'lsa. 11 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi javobda berilgan A) daryo , buloq , qalam B) Erkin ,Ahmad , Oyniso C) archa ,chiroq , konfet , qo’ng’iroq D) yulduzcha , qo’zichoq , kelinchak,bo’taloq 12 / 50 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) -ag’on,-qir, -simon B) -chan,-gir,-dor C) be-, bo-, ba- D) -li, ser-, ba 13 / 50 no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi? A) -li B) -dor C) –mand D) ser- 14 / 50 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) odamning toq a’zolari nomiga B) mavhum otlarga C) odamning juft a’zolari nomiga D) donalab sanalmaydigan otlarga 15 / 50 Qaysi qatordagi so’z jamlovchi otlarga mansub emas? A) guruh B) armiya. C) xalq D) daraxt. 16 / 50 Bir to‘da odam Ko‘plik ma’nosi qanday usulda hosil qilingan? A) morfologik usulda B) leksik usulda C) semantik usulda D) leksik-morfologik usulda 17 / 50 Qaysi sifat yasovchi qo'shimcha payt bildiruvchi otlarga qo'shilib paytga xos belgini bikliradi ? A) li B) –(v )-iy C) -gi ,-ki D) -simon 18 / 50 Quyidagi –cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorda kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan ? A) yulduzcha , bog’cha ,kitobcha B) qushcha , bolg’acha ,zarracha C) qizcha ,ko’zacha , daftarcha D) novcha , yangicha , o’zgacha 19 / 50 -lar qo’shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma'nosini ifodalagan. A) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi. B) Og’a , sog’ borsangiz, avval dadamlarga solom ayting. C) O’zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. D) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi. 20 / 50 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi. A) yog’lar, suvlar, unlar. B) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. C) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. D) maysalar, daraxtlar, tog’lar. 21 / 50 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) o’nta kitob B) dasta-dasta gul C) to’da D) uylar 22 / 50 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? A) Qish kelib, zerikarli tunlar boshlandi. B) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar. C) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. D) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi. 23 / 50 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 6 B) 5 C) 4 D) 7 24 / 50 Yasama sifat qatnashgan gapni toping. 1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin. 2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi. A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 25 / 50 Ko’plik shakli hurmat ma’nosini ifodalaganda,ko’plik va egalik qo’shimchasi qanday o’rinlashadi? A) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,egalik qo’shimchasining qo’llanish-qo’llanmasligi ahamiyatga ega emas B) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,qaysi shaxsdagi egalik qo’shimchasi bilan qo’llanishiga ko’ra undan oldin yoki keyin kelishi mumkin. C) hurmat ma’nosini ifodalagan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan oldin keladi D) hurmat ma’nosini ifodalangan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan keyin keladi 26 / 50 Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini belgilang. A) terish ,sinish B) o’qigan ,termulgan C) siniq,sayroqi D) chiziq,ekin 27 / 50 Asosda ifodalangan-belgiga egalikni ifodalovchi qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -ma, -mand, ba- B) -gi, -simon, -iy C) -li, -dor, ser- D) A va C. 28 / 50 -gi (-ki) ,-simon,-iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi ? A) ortiqlik va o’xshatishni bildiruvchi B) rang-tus,maza-ta’m va o’rin bildiruvchi C) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi D) egalik va shakl-hajm bildiruvchi 29 / 50 -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) to’liq, yopiq B) chiziq, yo’riq C) qichqiriq, chiziq D) chiniq, yo’liq 30 / 50 Boshqa turkumga oid so’zlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping A) O’lmas ,O’tkir , Nodir B) Alisher , Akram ,Rustam ,Mosh C) Asal ,Ra’no , Lola D) Yupiter, Mars , Hulkar , Sotiboldi 31 / 50 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper B) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra C) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak D) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi 32 / 50 Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini.bildiruvchi sifat yasaydi ? A) -gi ,-ki B) –(y )iy C) -simon D) li 33 / 50 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) sof ko’plik ma'nosini. B) kuchaytirish, takid ma'nosini. C) taxmin, chama ma'nosini. D) tur ma'nosini. 34 / 50 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. B) bola, o’quvchi, temir, mis. C) sport, qo’zg’olon, muallim. D) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. 35 / 50 Ko’plik qo’ shimchasi -lar qaysi qatorda hurmat ma'nosini bildirmoqda. A) Togamlar bugun ertalab keldilar. B) Aya, aya dadamlar keldi. C) Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar. D) A, B, C 36 / 50 Sifat yasovchi -li qo'shimchasi quyidagi qaysi qo'shimchalar bilan ma'nodoshlik munosabatidabo'ladi ? 1 -dor 2 -mand 3 -zor 4 -ba 5-siz A) 1,2,4 B) 1.2.3.4 C) 1,2,4,5 D) 1,3,5 37 / 50 Ko’plik qo’shimchasini olmaydigan so’zlar qatnashgan qatorni belgilang. A) siz, kitob, qalam. B) safar, oqshom, u, olim. C) kun, baliq, ishchi, kiyim. D) quvonch, men, sen. 38 / 50 Jamlovchi otlar berilgan qatorni toping. A) gul, qalam, olma B) kitob, uy, daraxt. C) bola, mashina, non. D) xalq, armiya, to’da 39 / 50 Faqat sifat yasovchi qo’shimchalar olgan so’zlarni toping A) butunlayin,qisqacha,o’tmas B) kuyunchak,yulg’ich,jannati C) ko’zik,bizbizak,suyanchiq D) kamchilik,arzonchilik,yo’qla 40 / 50 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) hil, nav, mo’llik. B) jamlik va to’da C) kuchaytirish va takid. D) grammatik ko’plik. 41 / 50 Kichraytirish qo’shimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) sonlarga B) otlarga ,sifatlarga C) faqat otlarga D) faqat sifatlarga 42 / 50 Faqat turdosh otlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) Ulug’ ,Suluv ,Dilbar ,Go’zal B) Juma ,Bahri ,Rayhon ,Nilufar C) Ergash ,Lobar , Gulchehra ,To’xtamurod D) Ortiq ,Quvonch , Xursand ,Vali 43 / 50 Quyida berilgan gapdagi sifat turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang. Auditoriyaga qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do‘ppili kishi viqor bilan kirib keldi. A) 11 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 9 ta 44 / 50 Kichraytirish otlarini yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan so’zlarni toping A) o’zicha ,archa B) novcha , o’zbekcha C) yangicha , eskicha D) uycha , ko’zacha 45 / 50 Qaysi javobda quyida berilgan gapi sifatga oid so'zlar soni to'g'ri ko'rsatilgan ? Samoning bulutlar siyrak, zangorsir sahnida ham to'lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. A) to'rtta B) uchta C) oltita D) beshta 46 / 50 Erkalash qo'shimchasi qaysi so'z turkumiga qo'shilihi mumkin ?1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1 D) 1,4 47 / 50 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. B) Dasta-dasta gul tutay. C) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. D) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. 48 / 50 Ko’plik qo’shimchasi qaysi javobda nav (tur, hil) tushunchasini ifodalagan. A) Nonlarning yuzi issiq ekan. B) Onizor bolalarga mehribon bolar ekan. C) Ombordan choylarni tanlab olasiz, ogxayni. D) Odamlarning bolalarcha quvonishidan zavqim keldi. 49 / 50 Kichraytirish qo'shimchasi qaysi o'z turkumiga qo'shilishi mumkin? 1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1 D) 1,4 50 / 50 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) yetmish , bultur , turdi , ra’no B) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar C) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat D) anor , lola , shirin , to’qson 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz