Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №7 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №7 InfoMaster Mart 31, 2022 401 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №7 KO’MAKCHI FE’LLAR KO’MAKCHI FE’LNING MA’NOLARI FE’LLARNING YASALISHI QO’SHMA FE’LLAR JUFT FE’LLAR FE’LNING MA’NOVIY GURUHLARI FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Qaysi iboraning ma’nosi beparvo ,beg’am so’zlariga sinonimbo’la oladi ? A) chuchvarani xom sanamoq B) o’ziga yuqtirmaslik C) do’ppisi yarimta D) qush kabi yengil tortmoq 2 / 50 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 3ta B) 1 ta C) 2ta D) Bu tub so'z 3 / 50 Harakat fe'llariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) A,B. B) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar C) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakatni bildiruvchi fe 'llar D) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro 'y bergan harakalni bildiruvchi fe 'llar 4 / 50 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . B) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . C) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish D) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . 5 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) qizil ,pushti ,oq B) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq C) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan D) bilimli ,siniq ,torgina 6 / 50 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) bunday shakl mavjud emas.. B) ravishdosh shakli. C) harakat nomi shaili. D) sifatdosh shayli. 7 / 50 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. B) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. C) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. D) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' 8 / 50 Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko’ra to’g’ri izohlangan ? A) gapirmoq-nutqiy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq– jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq –holat fe’li B) gapirmoq – jismoniy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq –holat fe’li ; muzlamoq –holat fe’li C) gapirmoq,ekmoq,muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq -nutqiy faoliyat fe’li ; D) gapirmoq–holat fe’li , ijod qilmoq- nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; 9 / 50 Ot turkumiga o'tmagan juft fe'llarni toping. A) aytdi-qo'ydi B) qo’ydi-chiqdi C) bordi-keldi D) oldi-berdi 10 / 50 Qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaladi ? 1.otdan 2.sifatdan 3.sondan 4.olmoshdan 5.ravishdan 6.taqlid so’zdan A) 1,2,5,6 B) 1,2 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5,6 11 / 50 Fe'l yasovchi qaysi qo'shimcha qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi tovushi tushib qoladi? A) -sa B) -illa C) barchasi to'g'ri D) -a 12 / 50 Qo'shma fe'llar yasalishida ishlirok etadigan so'zlar qaysi javobdaberilgan? A) о 'tir, qo 'y, sol B) yubor, chiq, kir. C) kel, hor. yur D) qil, et, bo '1 13 / 50 Qaysi juft fe'l ot so'z turkumiga ko'chmagan ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 aytdi -qo'ydi A) 2,3,6 B) 1,2 C) 3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4 14 / 50 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) -sa, -(a)r. C) -la, -a D) -(a)y. -i, 15 / 50 Qaysi qatordagi gapda nutqiy faoliyat fe’li mavjud? A) Oppoq paxtalarni hasharchilar birpasda terib tashladilar B) Murtazo sherigiga engashib, uning qulog’iga sekin pichirladi . C) Shonazar o’tirganlarning gapidan xursand bo’ldi D) Men uning gapidan ko’p narsalarni fahmladim . 16 / 50 aqlid so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) illa, -ira B) -la, -a C) -sa, -(a)r D) -(a)y, -i, 17 / 50 Otdan, sifatdan, ravishdan va undov so’zdan yasalgan fe’llarni tartib bilan belgilang . A) ishla, yaxshilan, tezla, yarqira B) gapir, to’g’rila, tezla, dodla C) tuzla, sekinla, boshla, ohla D) shodlan, chirsilla,gulla, ho’pla 18 / 50 1 Uni ko'rib qotib qoidim . 2 O'z xohishim bilan qoldim . Har ikkaia gapdagi qolmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 19 / 50 Qaysi gapda bo ‘lmoq so‘zi qo‘shma fe’l hosil qilgan? A) Ha, men o‘sha kasal bo’laman. B) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo‘ldi. C) Bu yurishda men kasal bo‘laman. D) Men, albatta, siz aytgan joyda bo’laman. 20 / 50 Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi ,shu jumladan ,unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy -siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi .( O’bekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 7-moddasi) Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A) 5 B) 4 C) 3 D) 6 21 / 50 Qaysi gapda juft fe'llar mavjud? A) To'y o'tib, keldi-ketdi ancha kamaygan edl B) Sengaergashib bor -yo'g'imdan ayrildim C) Qo'ydi-chiqdini eshitsam ,yuragim orqaga tortib ketadi. D) Onasiga u haqda bilganlarini aytdi-qo'ydi,o'ylab o'tirmadi. 22 / 50 1 Bu kitobni o'qib ko'ring 2 Shirin tushlar ko'ring Har ikkala gapdagi ko'rmoq fc'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 23 / 50 Qo'shma fe'llar berilgan javobni toping. A) charaqlab ketdi B) oshib qolgan C) yig 'ishtirib oldi D) olib keldi 24 / 50 Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud? 1 nutqiy faoliyat fe’llari 2 aqliy faoliyat fe’llari 3 jismoniy faoliyat fe’llari 4 holat fe’llari A) 1,4 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 25 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan? A) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar . B) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar C) Etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar . D) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar 26 / 50 Qo'shma fe'lni aniqlang. A) o'qib chiqdi B) quvonib ketdi C) chiza oldi D) olib chiqdi 27 / 50 1 Zarur topshiriqlarni yozib oling 2 Bu kitobni kecha oldim. Har ikkala gapdagi olmoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 28 / 50 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2 B) 2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 29 / 50 1 Bu xatda nima yozilganligini o'qib ham ko'rmadi 2 Bu sirni hecfi kimga ayta ko'rma Har ikkala gapdagi ko'rma fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 30 / 50 –ay qo’shimchasi qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaydi? A) sifat va ravishdan B) ot, sifat va ravishdan C) ravishdan D) sifatdan 31 / 50 Qaysi qatordagi fe'llar tarkibida munosabat shakllari qo'llangan? A) ko'paydi, kelayotgan, kiyinmoq B) o'ylandim, ketguncha, kiribsan C) ko'rding, chiqsin, qichqirmoqda D) aytgani, kuylashadi, qarasa 32 / 50 Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari berilgan? A) yig’ilmoq, qaytarmoq B) ishlamoq, to’xtamoq C) haydamoq, parchalamoq D) o’ylamoq, ikkilanmoq 33 / 50 Fe’l+fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarni toping. A) sotib yubormoq,o’ylab qolmoq B) olib qochmoq,ishlab chiqarmoq C) quvonib keldi,shoshilib qo’ydi D) isib ketdi,yozib bordi 34 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarda fe'l yasovchi qo'shimchalar qo’shilsa, o'zakda o’zgarish ro'y beradi ? A) o’t, so'z:, oq. tun. B) yosh, ot, son, ong. C) chiq. bor, suv. uyqu. D) bosh, ish, osh, bo’sh 35 / 50 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 36 / 50 Quyidagi fe'llarning qay biri otdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq. A) 4. 8, 9 B) 5, 7. 8 C) 3,5,7 D) 1, 6, 10. 37 / 50 Fe'llarning munosabat shakllariga to'g'ri ta'rif berilgan javobni toping. A) fe’l asoslariga qo 'shilib, gapda ega va to'ldiruvchi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar. B) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda aniqlovchi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar C) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda hoi vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar D) fe 'l asoslariga qo 'shilib, gapda kesim vazifasida qo 'llanilishga xoslovchi shakllar 38 / 50 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. B) Mashinada u — bularni yuborasiz. C) Bugun havo juda isib ketdi. D) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. 39 / 50 Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping. A) -illa B) -sa C) -ira D) -ar 40 / 50 Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq ; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq . A) 1. 4. 5 B) 3, 4, 5. 11. C) I, 2. 8. D) 8, 11,12. 41 / 50 Titramoq so’zi fe’lning qaysi ma’noviy guruhiga mansub? A) aqliy faoliyat fe’li B) nutqiy faoliyat fe’li C) jismoniy faoliyat fe’li D) holat fe’li 42 / 50 Qaysi juft fe'llar ot so'z turkumiga ko'chishi mumkin ? 1 oldi-berdi 2 urindi-turtindi 3 qochdi-ketdi 4 bordi-keldi 5 ur-yiqit 6 so'radi —qo'ydi A) l ,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 3,4,5,6,7 43 / 50 Quyidagilardan qaysilar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi ? 1 shaxs son ; 2 o’timli,o’timsizlik 3 zamon 4 bo’lishli ,bo’lishsizlik 5 vazifa shakli 6 mayl A) 2,3,4,5 B) 1,3,6 C) 1,2,6 D) 2,4,5,6 44 / 50 Qaysi qatorda ko'rsatilgan fe’l shakli uning munosabat shakli hisoblanmaydi? A) o’qib B) o’qiding C) o’qisa D) o’qidi 45 / 50 Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) chiqmoq B) yurmoq C) yotmoq D) qo'ymoq 46 / 50 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) davomiylik B) tez va oson C) to’la yakunlanish D) bajarishga imkoniyat 47 / 50 Qo'shma fe'llarning xususiyatlari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) asoslar orasiga boshqa qo 'shimchalarni qo 'shsa bo'ladi B) birdan ortiq asosdan tashkil topadi C) qismlari ajratibyoziladi D) bitta so'roqqajavob bo'ladi 48 / 50 1 Biz diqqat bilan kuzata boshladik 2 Biz ishni boshladik Har ikkala gapdagi boshlamoq fe'li qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l 49 / 50 1 Tushimda dorda yuribman 2 Men ko'pdan beri bu yigitni ko'rib yuribman Har ikkala gapdagi yurmoq fc'li qaysi qatorda to'g’ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 50 / 50 1 Mohir qo'llar to'garagiga qatnab turibman . 2 Ikki soatdan beri shu yerda turibman. Har ikkala gapdagi turmoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l C) ikkala gapda ham mustaqil fe’l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz