6-sinf Ona tili №18

0

6-sinf Ona tili №18

  1. SIFAT  BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH
  2. SON  BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH
  3. RAVISH  BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH
  4. YAKUNIY DARS

Mavzular yuzasidan testlar

1 / 56

Tarkibida faqat tor unlilar ishtirok etgan so'zlarni belgilang.

2 / 56

Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ?

3 / 56

Asos +lug’aviy shakl yasovchi +so’z yasovchi shaklida bo’lmagan so’zni toping

4 / 56

Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shaklini hosil qilib bo’lmaydi ?

5 / 56

Harakat nomlarini aniqlang

6 / 56

Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi?

7 / 56

Quyidagi fe'llardan qay biri aqliy faoliyat fe'llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3)yozmoq; 4) o'qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq .

8 / 56

So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi.

9 / 56

Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud?

10 / 56

Mavhum otlar berilgan qatorni toping.

11 / 56

Boshqa turkumga oid so’zlar asosida paydo bo’lgan atoqli otlar qatorini toping

12 / 56

Sifatning orttirma darajasi qanday yo’llar bilan hosil bo’ladi?

13 / 56

Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang.

14 / 56

Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi .

15 / 56

Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi

16 / 56

Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping

17 / 56

Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi, shuning uchdan bir qismi Hindistonga to‘g‘ri keladi. Berilgan gapda son turkumiga mansub nechta birlik qo’lIangan?

18 / 56

0‘rin va payt ravishlari ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?

19 / 56

Kunduzi o‘ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang.

20 / 56

So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

21 / 56

Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa,demak,sen mo’min ekansan. Ushbu gapdagi mustaqil so’zlar sonini toping ?

22 / 56

. Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi qatorda joylashgan?

23 / 56

1.Lek erur bisyor dushman, bo’lsa u bir dona ham . 2.Buloq boshida bir kishi ko’rindi . 3.Fahm aylagan kishiga bu so’z bir kitobdir .Ushbu gaplardagi bir so’zining ma’nodoshlarini tartib bo’yicha belgilang .

24 / 56

-lar qo’shimchasi sonlarga qo’shilganda sonlarning qaysi turi hosil boladi.

25 / 56

Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg’a intilganlar.Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turini aniqlang.

26 / 56

Hoshimjon maktabning nomiga e’tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi. Berilgan gaplardagi nomiga so’ziga qaysi javobda to’g’ri izoh berilgan?

27 / 56

1 Partalarni nari-beri surdik. 2.Akbar nari-beri dars qildi.Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?

28 / 56

Marosim nomini bildiruvchi son qatnashgan gapni toping.

29 / 56

Otabek mehmonlarni tanchaga o‘tqazib, fotihadan so‘ng Hasanalidan so‘radi: - Ba’zi yumushlar buyursam. Ushbu parchada qaysi mustaqil so‘z turkumlari ishtirok etgan?

30 / 56

Ravish qatnashgan gapni aniqlang.

31 / 56

Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang

32 / 56

1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ?

33 / 56

Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan?

34 / 56

Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo‘lsa ham, qomati sambitdek tik. Ushbu gapda qo‘llangan miqdor sonning ma’no turini aniqlang.

35 / 56

Sonlarga xos atamalar qaysi javobda to’g’ri berilgan.

36 / 56

Harakat-holatning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi qanday nomlanadi?

37 / 56

Belgini to’g’ridan –to’g’ri emas,balki boshqa bir tushunchaga nisbatan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar ....

38 / 56

Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar …

39 / 56

1.Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 2.Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gaplardagi uzoqdan so’zini izohlang.

40 / 56

Shaxslarning noaniq soni qaysi gapda ifodalangan.

41 / 56

Qaysi qatorda sifat otlashgan?

42 / 56

Sifat gapda asosan qaysi bo’lak vazifasida keladi?

43 / 56

Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar ........

44 / 56

Fonetik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang

45 / 56

Qaysi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi ? 1) uch 2) yetti 3) to’qqiz 4) qirq

46 / 56

Tilshunoslikning morfologiya bo’limida nima o‘rganilishini aniqlang. 1) so‘zning atash ma’nosi; 2) so‘zning grammatik ma’nosi; 3) so‘zning grammatik shakli; 4) so‘z turkumlari.

47 / 56

Ravish ishtirok etgan gapni aniqlang.

48 / 56

Har bir so‘zni bilib ayt, Ko‘pga ma’qul qilib ayt. Ushbu maqolda qaysi turkumga mansub so‘zlar qo’llanganini aniqlang.l) ot; 2) sifat; 3) son; 4) ravish; 5) fe’l; 6) olmosh.

49 / 56

Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang.

50 / 56

Qaysi qatordagi atamalar morfologiyaga tegishli?

51 / 56

Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs,kabobpaz kabob olib keldi.Ushbu gapdagi mustaqil so’zlar sonini aniqlang.

52 / 56

Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ?

53 / 56

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Ushbu fikr “Davlat tili haqida” gi Qonunning nechanchi moddasi?

54 / 56

Leksik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang.

55 / 56

Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan?

56 / 56

Qaysi qatorda sifatlarning morfologik xususiyatlari ko’rsatilgan? 1.belgining darajasini ko’rsatadi. 2.otlashib keladi 3.gapda aniqlovchi bo’lib keladi.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0