Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 5 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) e,o',a B) i, e,a C) o,u,o' D) a,i 2 / 50 Qush qoidalari bilan yuksaklikka ucha olmaysan. Qo'shimchalar sonini aniqlang. A) 8ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5ta 3 / 50 Tub so'zni aniqlang. A) sanamoq B) ushla C) ranjimoq D) tunamoq 4 / 50 Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan? A) porlamoq, ketmoq, tegmoq B) unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq C) yiqilmoq, bo’yalmoq, uxlamoq D) sarg’aymoq, tekislamok, bermoq 5 / 50 Holat fe’llari qatnashgan gapni aniqlang. A) Manzura dugonasiga qarab jilmaydi . B) Katta chinorni kesib tashladim . C) U o’zini uxlaganini bildirish uchun qimirlab qo’ydi . D) O’jar Omonjon akasiga nimadir deb to’ng’illadi . 6 / 50 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) o'qittirmoq B) surishtirishdi C) bildirib qo'ygin D) gapirtirma 7 / 50 O’zlik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan ? A) Majlis soat uchga belhilandi B) Salimjon erkalanib dadasining elkasiga osildi C) Mehmonlarga ovqat tayyorlandi D) Qishga saqlanadigan uzumlar shipga osildi 8 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi B) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman C) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . D) Uning dili siyoh bo’ldi 9 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . B) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . 10 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan B) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq C) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan D) so’ratasan,borilgan ,terilibdi 11 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi B) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi C) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi D) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . 12 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) o’zlik B) birgalik C) aniq D) majhul 13 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi B) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi C) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. D) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. 14 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’qimoq ,kulgan ,oqqach B) otgani ,sepganda ,mustahkamlash C) o’rganish ,topmoq,kelib D) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash 15 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 16 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2,5 B) 1,2 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,5,7 17 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) aniq,majhul, nisbat B) majhul,o’zlik,aniq C) o’zlik,ortirma, birlik D) o’zlik,ortirma, majhul 18 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –moq, (i)sh shakli B) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi C) –(i)sh shakli D) –u(v) shakli 19 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -moq B) -ma C) -gan D) –ib 20 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) qizil ,pushti ,oq B) bilimli ,siniq ,torgina C) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan D) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq 21 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 22 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 23 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) kesim B) to'ldiruvchi C) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. D) ega 24 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab B) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab C) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi D) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab 25 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . B) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . C) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda D) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi 26 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Tong saharlab darvoza taqqilladi . D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 27 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar B) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar C) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan D) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 28 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. B) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. C) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . D) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . 29 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . B) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . C) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi D) Hamma maktabga shoshilmoqda 30 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –(i)b, -a ,-y ,-gan B) –ar ,-mas ,-yotgan C) –gach ,-gani ,-qach D) –gan ,-moq ,-moqchi 31 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) barchasi to 'gr’i B) egalik C) ko 'plik D) kelishik 32 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) birgalik B) majhul C) orttirma D) aniq 33 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - yotgan B) - b(ib) C) -ydigan ,adigan ,-(a ) r D) -gan 34 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi D) kelasi zamon 35 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi B) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi C) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi D) Boy shum bolani bozorga choptirdi 36 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi B) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi C) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi D) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi 37 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) birgalik B) majhul C) orttirma D) o’zlik 38 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir B) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi C) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi D) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni 39 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . B) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . C) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 40 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) O’qish,o’rganish—hammaning burchi B) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . C) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . D) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash 41 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(u)v B) qabul qilmaydi C) –(i)sh D) –moq 42 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) bosh bo’lak vazifasida B) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida C) faqat ega vazifasida D) A, C 43 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . B) Suv shovullab oqmoqda . C) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi D) Haydar tayyor edi . 44 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir B) Vahima –dushmanning yo’ldoshi C) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . D) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi 45 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv B) tozalik,mashg’ulot ,jamoat C) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad D) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish 46 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) o’zlik B) majhul C) aniq D) orttirma 47 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) o’tov ,yaylov ,qatnov B) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash C) ko’chish ,o’qish ,turmush D) yayov bormoq ,hikoya qilmoq 48 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) fe’l yasovchi qo’shimchalar B) kichraytirish erkalash qo’shimchalari C) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar D) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 49 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi C) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . D) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . 50 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi C) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi D) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz