8-sinf Adabiyot 18-mavzu

15

8-sinf Adabiyot 18-mavzu yuzasida testlar

18 – MAVZU:   TAKRORLASH

1 / 37

“Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka va Kuntug‘mish tushlarida bir-birlariga nima taqdim etadilar?

2 / 37

Lutfiyning qaysi g'azalida maqollar amalda g'azaldagi asosiy ma'no yo'nalishini boshqarib turadi?

3 / 37

Alisher Navoiy alohida mustaqil asar sifatida bitilgan barcha fardlarini bir yerga jamlab, qaysi devonining tarkibiga kiritgan?

4 / 37

Nodiradan nechta devon qolgan?

5 / 37

G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi?

6 / 37

Quyidagi misralar Oybekning qaysi she'ridan olingan? Xonaqoni tashlab fikr fanlami mindi, Elektron tekshiradi kechagi cho'pon

7 / 37

«Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida sardor bo'lib, jang maydoniga kirgan ayol kishi kim?

8 / 37

«Nil va Rim» she'rining 2-qismida nima «qullar to'kkan qon!»ga o'xshatiladi?

9 / 37

«Ufq» roman-trilogiyasining ikkinchi kitobi qanday nomlangan?

10 / 37

«Chinor» romanida romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi qaysi obraz taqdiriga borib bog'lanadi?

11 / 37

Ozod Sharafiddinovning mustaqillik yillarida chop etilgan kitoblarini aniqlang. 1) “Istiqlol fidoyilari”; 2) “Sardaftar sahifalari”; 3) “Ma’naviy kamolot yoiida”; 4) “Dovondagi o‘ylar”; 5) “Ijodni anglash baxti”.

12 / 37

To'ra Sulaymonning qaysi she'rida Go'ro'g'li tilga olinadi?

13 / 37

«Otning egasi» hikoyasida Inodning oti kimdan yodgorlik edi?

14 / 37

Muhammad Yusuf qaysi she'rida yurtining «yulduzni yig'latgan dostonlari»ni ta'kidlab o'tadi?

15 / 37

Muhammad Fuzuliyning ijodisiz qaysi shoirning ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasawur qilib bo'lmas edi?

16 / 37

Thakurning o'zbek tiliga necha jildlik tanlangan asarlar to'plami tarjima qilingan?

17 / 37

Sharqni eslatib turuvchi «choyxona». «choy». «shohi ro'mol». «ohu ko'z». «lolagun» kabi so'zlar S.Yeseninning qaysi she’rida uchraydi?

18 / 37

«Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o'tindim», - deya yozgan ijodkor kim?

19 / 37

Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib, Umid danagini birga ekingiz. G‘olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. Ushbu kelajakka ishonch ifodasi bo‘lgan umidbaxsh misralar muallifini aniqlang.

20 / 37

«Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari she’riy asarlar qaysi ijodkorning qalamiga mansub?

21 / 37

"Xarsang" (1984), "Gul bir yon, chaman bir yon" (1996), "Yovqochdi" (1998) kabi kitoblar muallifi kim?

22 / 37

Ota diydoridan, ona mehridan, yor-do'stlar davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg'in bo'lib olamdan o'tgan qahramon va u ta'riflangan asarning nomini toping.

23 / 37

Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umr uzoq soqiy, Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. Ushbu qadrli baytiar muallifi nomi qaysi qatorda berilgan ?

24 / 37

U Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan ... endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. 0‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi... . balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi. U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o'qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma’lumot berilgan?

25 / 37

Ilgari qaysi dostonni aytish darajasiga qarab baxshilar iste'dodiga baho berilgan?

26 / 37

Ijodkor she’rida she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib, dunyodan o‘tib ketgan yaqin odamining sog‘inchi, xotirasini qalamga oladi. She’rda: «Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari» kabi ta’sirchan misralar o‘rin olgan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

27 / 37

"She'r ko'p, ammo shoir-chi?", "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi" maqolalari muallifi kim?

28 / 37

«Xon g'azabi - Xudo g'azabi» degan naql qaysi asarda uchraydi?

29 / 37

Bahorsiz ham divorsiz el ichra benazarnian- Bahor, ketma menins bos'imdan. Ushbu she'r muallifini toping.

30 / 37

G'uncha ochilguncha o‘tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz so‘nishi uchun у etgulik. Shunday takrorlanmas misralar o‘rin olgan «Vaqt» she’ri muallifini aniqlang.

31 / 37

"Vatan tushunchasi muayyan jug'rofiy hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi". Ushbu fikr kimga tegishli?

32 / 37

«Ushbu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi ... barcha-barchasi shu she’rda namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu she’rda o‘zbek otasining bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan». Ushbu ma’lumot qaysi she’r haqida?

33 / 37

Qaysi shoir ko’nglida yotgan armonni ko’chib qolgan nortuyaga, quyosh tushmaydigan yerdagi erimay qolgan qiyoslab ta’riflangan?

34 / 37

."Odam deb o'lgan odam - doim tirik bo'ladi", "O'zini deb yashagan - o'lik" kabi gaplar qaysi asarda keltiriladi?

35 / 37

“Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan,hech qayerda turtinmasdan,diqqatli susaymandan,ishtahasi bo’g’ilmasdan o’qib chiqadi…Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg’usi,quvonchi qilish-qimish,muhabbati ga’zabi,og’zidan chiqadigan har bir so’zi rost.”.Yuqoridagi so’zlar kimga tegishli va qaysi asar haqida so’z bormoqda?

36 / 37

Manbalarda taxallusi oldidan «mavlono» sifati qo'shib tilga olingan ijodkorni toping.

37 / 37

Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarnin tog‘-u toshlar - qilmishi qing'ir zotlarnin ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo‘q. Ular o‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazongc almashganlar.Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0