Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 9-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 9-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 350 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 9-mavzu yuzasida testlar 9-MAVZU: "RAVSHAN" DOSTONI 1 / 28 Qayerda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi? A) Buxoroda B) Qo'qonda C) Toshkentda D) Namanganda 2 / 28 Saida Zunnunovaning «Buvilar duoga qo'llarin ochib» she’rida «Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringizning, Ammo tosh bo’lmasin ko‘ksida yurak» satrlaridan kelib chiqadigan ma’noni ayting. A) Bunday odamga gap ta’sir qilmaydi. B) Boshi toshdan bo‘lgan odam gapga tushunmaydi. C) Yurakdagi tosh kasallik keltiradi. D) Boshi toshday qattiq bo’lsin-u, ammo yuragi toshday bo’lmasin. odamlarni tushunadigan, ularni ayaydigan bo‘lsin. 3 / 28 Shuhratning “Mardlik afsonasi “ balladasida “Qon yig’ladi” iborasi necha marta takrorlangan? A) 5 marta B) 9 marta C) 2 marta D) 7 marta 4 / 28 R Hamzatovning ilk she’riy to’plami qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ? A) “Mening qalbim tog’larda “ B) “Tog’ qo’shig’i “ C) “Tug’ilgan yilim “ D) “Ilhombaxsh muhabbat ,olovli nafrat “ 5 / 28 A. Muxtorning quyidagi asarlaridan qaysi biri qissa janriga xos. A) «Karvon qo`ng’irog`i» B) «Quyosh belanchagi» C) «Kumush tola». D) «Tug`ilish». 6 / 28 Qaysi javobda Mirmuhsinning o’tmishda xalqimizning zulm-zo‘ravonlikka qarshi kurashgan farzandlarining o’ziga xos obraziari yaratilgan qissasi nomi keltirilgan? A) "Ovchi bolalar" B) “Tungi chaqmoqlar" C) "Ziyod va Adiba” D) “Usta G‘iyos" 7 / 28 «Yoz yomg'iri» qissasiga xos bo'lgan xususiyatlarni toping. A) ifoda maromining shiddatkorligi B) sujet to'qimasining murakkabligi C) Barcha javoblar to'g'ri. D) voqealar ta'sirining favqulodda keskinligi 8 / 28 Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasida Mo'min chol nimani «...qo'y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tashvishi oz emas. Tasodif o't tushsa, tog'dan sel kelsa bormi, ... joyi-dan qo'zg'almaydi, turgan joyida nobud bo'laveradi», - deb ta'riflanadi? A) gulzorni B) tog'dagi yog'ochdan qurilgan uylarni C) bug'doyzorni D) o'rmonni 9 / 28 Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamaydi? A) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi B) Gulanor boshqa yigitni sevardi C) Manmaniigi sababli Avazxon o'zini Xasanxondan ortiq hisoblardi D) Avazxon bilan Xasanxon o'rtasida adovat bor edi 10 / 28 "Go'ro'g'li" turkimidagi dostonda "sher haybatli yo'lbars kelbatli qoplon yurakli arslon bilakli yigitlar" deb ta'riflangan qahramonlar nomini belgilang? A) Avazxon ,Hasanxon B) Ravshan, Hasanxon C) Aynoq kal, Jaynoq kal Ersak kal Tersak kal D) Alpomish Qorajon 11 / 28 "Ravshan" dostonidagi Go'ro'g'libek Yunus va Misqol parilarni qayerdan olib kelgan? A) Qo'ng'irotdan B) Chambildan C) Ko'hi qof, bog'i Eramdan D) Boysundan 12 / 28 "Ravshan" dostonida Ravshan Zulxumorni qayerdan qidiradi? A) Bo'z bozoridan B) Elak bozoridan C) Jelak bozoridan D) Qalpoq bozoridan 13 / 28 «Ravshan» dostonida Ravshan Zulxumorni bozordan qidirayotganida yorini nimaga o'xshatadi? A) qo'l yetmas yulduzga B) ko'kdagi oyga C) gulga D) asov toyga 14 / 28 "Ravshan" dostonida Ravshanning zindonda ekanligi xabarini olib borgan mayna kimning qo'liga qo'nadi? A) Misqol parining B) Yunus parining C) Dallining D) Xasanxonning 15 / 28 Go'ro'g'li asrandi o'g'li Avazxon qaysi shahardan olib kelgan? A) Zangar shahridan B) Xunxordan C) Chambildan D) Vayangandan 16 / 28 "Ot, tuya, arava ko'tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko'chirmoqchi bo'lsa, piyoda ketar edi". Ushbu tasvir qaysi qahramon haqida? A) Jaynoq B) Aynoq C) Ersak D) Tersak 17 / 28 Hasanxon («Ravshan» dostoni ) Shirvongacha bo'lgan uch oylik yo'lni qancha vaqtda bosib o'tdi? A) yigirma kunda B) o'n kunda C) bir yarim oyda D) bir oyda 18 / 28 Avazxon bilan Hasanxonni quda qilish kimning fikri edi? A) Go’ro’g’li B) Misqol C) Yunus D) Aynoq 19 / 28 " Ravshan " dostonida kimning darvozabon bilan do'st ekanligi aytilgan? A) Go'ro'g'li B) Hasanxon C) Ravshan D) Avazxon 20 / 28 “Ravshan “ dostonidagi “yilqi tulporini suyagidan tanuvchi qilichning o’tkirini qinidan biluvchi “qahramon nomi qaysi qatorda berilgan ? A) Aynoq kal B) Tersak kal C) Jaynoq kal D) Ersak kal 21 / 28 "Ravshan" dostonida Hasanxon shirvon eliga kimni podsho qilib qaytadi? A) Ravshan B) Aynoq C) Jaynoq D) Ersak 22 / 28 Aka-uka kallarga xos bo'lgan harakter belgilarini ko'rsating. A) Mardlik, haqiqatgo'ylik,o’z ishiga mohirlik B) O'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik C) Manfaatparastlik, amal-mansabni suyish D) Vatanparvarlik, o’z shohiga sadoqat 23 / 28 "Ravshan" dostonida zindonda yotgan Ravshanni qutqarish uchun G'irko'kni minib kelgan Xasanxonni dastlab qaysi kal taniydi? A) Ersak B) Jaynoq C) Tersak D) Aynoq 24 / 28 Hasanxon kimga uylandi,yorini qayerdan olib keldi? A) Gulqizga,Vayangandan B) xon Dalliga,Arzrumdan C) Yunus pariga, Eram bog’idan D) Misqol pariga,Ko’hi Qofdan 25 / 28 Ravshan tulporining nomi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Jiyronqush B) Boychibor C) G'irko'k D) Raxsh 26 / 28 Go'ro'g'Ii asrandi o'g'li Xasanxonni qaysi shahardan olib kelgan? A) Xunxordan B) Shirvondan C) Vayangandan D) Arzrumdan 27 / 28 "Agar birovni aldamoqchi bo'lsa, har tusli bo'lganda o'zining jo'ralari ham tanimas edi". Ushbu tasvir qaysi qahramon-haqsda? A) Tersak B) Ersak C) Aynoq D) Jaynoq 28 / 28 “Ravshan “dostonida qalpoq bozori qaysi bozordan keyin joylashgan ? A) un bozor B) to’n bozor C) pichoq va qin bozori D) jun bozori 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz