7-sinf Adabiyot 20-mavzu

6

7-sinf Adabiyot 20-mavzu yuzasida testlar

20 –MAVZU : O’TILGAN  MAVZULAR YUZASIDAN TAKRORLASH

1 / 39

Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida?

2 / 39

Qaysi ijodkor xotiralaridan birida: “Kurashsiz, mehnatsiz shodlik. Kulguni O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar. Qalbimning parchasi singmasa agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar” misralarini keltirib. «Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga o’xshaydi», - degan edi

3 / 39

Qaysi asar ballada janrida yaratilmagan?

4 / 39

Rasul Hamzatovning qaysi she’rida hayotning ayovsiz sinovlari ,g’araz, yomonlik ,xiyonat ,aldovlarni ko’raverib bezor bo’lgan boboning tashvishsiz nevara yig’isidan yozg’irishi o’z aksini topgan ?

5 / 39

Asqad Muxtor qaysi jurnallarda bosh muharrir bo'lib ishlagan?

6 / 39

Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?

7 / 39

O'lmas Umarbekovning qaysi asarida yoshgina go'zal ayolning sirli o'limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o'rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma'naviy qiyofalari oydinlasha boradi?

8 / 39

“Oq kema” asarida “tuya “ ,”bo’ri”,”egar” ,”tank” larga o’xshatilgan narsa nima edi ?

9 / 39

"Go'ro'g'li" turkimidagi dostonda "sher haybatli yo'lbars kelbatli qoplon yurakli arslon bilakli yigitlar" deb ta'riflangan qahramonlar nomini belgilang?

10 / 39

«Sen agar zohir etting itlikni. Men senga ko'rguzay yigitlikni». Ushbu misralar qaysi qahramonning nutqidan olingan?

11 / 39

. Uvaysiyning qaysi g'azalida oshiq zohid bilan bahsga kirishadi?

12 / 39

Zavqiyning mashhur 46 boy haqidagi “Xajv ahli rasta” she’ri qayerga osilib qo’yilgandi ?

13 / 39

Mahtumquli kechgin kibr-u oringdan , Qo’lingni tort bu vafosiz koringdan , Jahon to’la sen g’ofilsan yoringdan . Ushbu parcha Mahtumqulining qaysi she’ridan olingan ?

14 / 39

Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir», — so’zlari kimga nima maqsadda aytilgan?

15 / 39

Cho'lponning «Go'zal» she’rida qaysi personaj go'zalni bir ko'rib yo'lidan ozadi?

16 / 39

«0‘ynashmagin arbob bilan - seni urar har bob bilan» maqoli qachon aytilgan?

17 / 39

«G'ashimga tekkuvchi - g'ashlik» ifodasi Mirtemirning qaysi she'rida uchraydi?

18 / 39

«Yulduzlar afsonasi» she'rida «bodom qovoq va oq tomoq, yuzi lo'ppi to'lgan ekan» deya ta'riflangan obrazni toping ?

19 / 39

E S Tompsonning “Yovvoyi yo’rg’a “ asarini qaysi o’zbek adibi o’zbek tiliga tarjima qilgan ?

20 / 39

Millatim nasli bashardur, Vatanim kurrayi arz, Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz. Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?

21 / 39

U «Turkman binosi», «Adolat yaxshi» she’rlari muallifidir. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

22 / 39

Qaysi ijodkorning nazmini o'z davrida «falsafiy xarakterdagi she’riyat» deb baholashgan?

23 / 39

Ushbu satrlar muallifini to­ping: «Sensiz 0‘zbekiston - O'zbekistonmas, Sensiz keng jahon ham sira jahonmas: Toshbu

24 / 39

Birinchi bo’lib chet eldagi o’zbek hayotini aks ettirishga uringan adib kim ?

25 / 39

Mening holimni ko‘ringiz, domla, - dedi ... kulib, - qo'lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman ... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko'milgach, qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar... Nimadan bu? Bu - sizning kabi tubanlar solgan iz!.. Ushbu jumlalar qaysi asarning qahramoni tilidan aytilgan?

26 / 39

. Hasanning turfa ishi, Alining kirdikorlari ochib berilgan asar - ...

27 / 39

«Наг parichehraki mahvash erur, Moviy o'lsa, libosi dilkash erur». Ushbu misralarda qaysi go'zalning li­bosi haqida so‘z borgan?

28 / 39

O’zagalarning Vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar obrazini yaratgan ijodkor kim ?

29 / 39

Qaysi javobda keltirilgan asarda o'z dovrug'li, shavkati olamni tutgan, ammo do'sti, na o‘rtog‘i bo’lmagan qahramon uchraydi?

30 / 39

Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan ijodkorning ijodiy faoliyatida qahramonlik kolrsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohida o‘rin tutadi. Ayrim balladalarida o'zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. U «Jamila», «Ona va farzand» va «Raymonda» kabi balladalar muallifi sanaladi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

31 / 39

Bir kishi «...bitta qo'ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘ralari hali kutishar emish - yo‘q, hali kutishar emish - yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go'ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa, etagidan birov tortganday bo‘lgan-da...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

32 / 39

. - kulol oilasida tavallud topgan; - ilk qissasi «Jamila»; - bir nom ostida ham hikoya, ham qissa yozgan. Berilgan ma’lumotlar qaysi ijodkor haqida?

33 / 39

"Berganga bitta ham ko'p,olganga o'nta ham oz." Ushbu maqol A.Qahhoming qaysi hikoyasida keltirilgan?

34 / 39

Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko'prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi... To'riq uzoq vaqtgacha bunga ko'nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo'lmadi. Qamchi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi?

35 / 39

Qaysi dostonda onaning urush tufayli ota mehrdan benasib bo’lgan ,ne mashaqqatlar bilan o’stirgan o’g’lining nikoh kechasidagi ko’ngli iztirobli o’y xayollari tasvirlanadi ?

36 / 39

0’zgalar bahtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi qaysi hikoyada berilgan?

37 / 39

Bodomqovoq va oq tomoq, yuzi lo‘ppi to'lgan suluv qiz obrazi qaysi asarda uchraydi?

38 / 39

«Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishlagan, 0‘zbekistonda birinchi haftalik gazeta - «O’zbekiston adabiyoti va san’ati»ga asos solgan ijodkor kim?

39 / 39

Safar insonni tarbiyalaydi. Darhaqiqat, asarda badavlat xonadonning lo‘mbillagan o‘g‘li G‘avvos Muhammad safar davomida chidamsizligi, injiqligi, badfe’lligi bilan hamrohlariga ozor yetkazadi. Safar nihoyasida esa hammaga yordam beradi va unda yaxshi sifatlar shakllanadi. Ushbu parchada fikr yuritilgan G‘avvos Muhammad obrazi qaysi asarda uchraydi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0