Tarix attestatsiya №5

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarix fanidan attestatsiya savollari №5

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Quyidagilardan qay biri Turkiston ilg'or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlisi hukmron mafkuradan mustaqil bo'lgan ......... ga asos solinishi edi?

2 / 40

Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olinishi to'g'risidagi farmoniga ko'ra Turkiston viloyatlaridan qancha kishi olinishi kerak edi? 1) Sirdaryo 2) Farg’ona 3) Samarqand a) 38 ming b) 50 ming c) 87 ming

3 / 40

Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qaysi shaharlarda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi?

4 / 40

XIX asr o’rtalarida Xiva xonligidagi “begor” nima?

5 / 40

XVIII asrda Eronda dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqargan hukmdorni aniqlang.

6 / 40

Buxoro amirligi savdogarlari qarorgohi Rossiyaning qaysi shahrida joylashgan?

7 / 40

Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari qayerni bosib oldi?

8 / 40

Yosh Italiya” tashkilotining rahnomosi?

9 / 40

Buxoro siyosiy agentligi faoliyat yillarini aniqlang.

10 / 40

Qoraxoniylar va G'aznaviylarga bir vaqtda tahdid solgan davlat?

11 / 40

Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkent» (Toshkentning yangi tarixi) asarini qimmatliligi nimadan iborat?

12 / 40

G‘or devorlariga chizilgan eng qadimiy rasmlar topilgan Lasko g‘ori xaritada qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da joylashgan?

13 / 40

1649-yilda ashtarxoniy hukmdor Abdulaziz Balxga kimni hokim etib tayinlagan?

14 / 40

Rossiya Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi hujum boshlagandan roppa rosa ikki yil o’tgach bo’lgan voqeani anilqlang.

15 / 40

Buyuk Britaniya sanoat rivojlanish darajasi, savdo ko’lami va dengizdagi qudrati jihatdan o’z ustunligining cho’qqisiga erishgan davrni belgilang.

16 / 40

1912 yil Hazorasp va Xonqada ko‘tarilgan qo‘zg‘olon xalq norozilik chiqishlaridagi qanday yangi omilni namoyon etdi?

17 / 40

“Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kim tomonidan yozgan?

18 / 40

Amir Temur qoshinida manglay bilan qo'shinning asosiy qismlari oralig'ida esa qo'mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo'lib u qanday nomlangan?

19 / 40

Toshkent aviatsiya zavodi qachon va qaysi korxona asosida ishga tushirilgan?

20 / 40

Yaponiyada Yosimune tokugava davrida( 1716—1745-yillari) amalga oshirgan islohotlarini belgilang. 1) qo'riq yerlarni o'zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag'batlantirish siyosatini yuritdi; 2) suv omborlarini joriy etish; 2) sug'orish inshootlari tizimini takomillashtirdi; 4) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi; 5) don omborlarni tashkil etish.

21 / 40

Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo'llarining ochilishi muhim savdo yo'llarining yo'nalishini o'zgartirib, bir qator shaharlarning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab qaysi shaharlar jadal rivojlandi?

22 / 40

1783-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o'rtasida Parij sulhida muzokaralarda Amerika tomonidan ishtirok etmagan shaxni toping.

23 / 40

Kimlar XVII asrning o'rtalarida Avstraliya qirg'oqlarini tadqiq eta boshladilar

24 / 40

Xorazmshoh davlatning Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida qaysi tizimlardan iborat bo'lgan? 1) ziroat; 2)savdo-tijorat; 3) mulchilik; 4) moliya; 5)soliq; 6) tibbiy; 7) shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar.

25 / 40

Qaysi hukmdor davrida yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi?

26 / 40

Rossiyida krepostnoy huquqlari bekor qilingan vaqtda dehqonlarga berilgan yer nima deb atalgan?

27 / 40

Lotin Amerikasiga dastlab ko'chib kelgan ispan va portugallarning avlodlari qanday nomlanadi?

28 / 40

“Xitoy uyushmalar ittifoqi” siyosiy tashkiloti qabul qilgan dasturiga ko’ra ko’zda tutilgan masalalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 1) Sin monarxiyasi ag’darish; 2) yevropaliklarni mamlakatdan quvib chiqarish; 3) respublika ta’sis etish; 4) sanoat korxonalarini barpo etish; 5) yerga egalik qilish huquqini tenglashtirish; 6) mustaqillikni tiklash.

29 / 40

XVII asr Germaniyada gegemonlik uchun kurashi davrida gabsburglar sulolasi qayerni boshqarar edi?

30 / 40

Vestminster statuti deb nomlangan hujjat qachon qabul qilingan?

31 / 40

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni qachon chiqqan?

32 / 40

Quyida berilgan bayramlarni millatlar bilan moslashtiring. 1) Rus; 2) koreys; 3) xitoy; 4) uyg’ur; 5) tatar-boshqird; a) «Maslennitsa»; b) «Sabanto‘y»; c) «Sayil»; d) «Chunuze» yangi yili; e) «Soller» va «Ovol – tano» bayramlari .

33 / 40

Manifestda Yosh xivaliklar nimalarni taklif qilgan? 1) yangi usul maktablari ochilish; 2) mamlakatda temiryo‘l; 3) pochta, telegraf barpo etilishi; 4) davlat xazinasi nazorat ostiga olinish; 5) barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlanish; 6) butun aholining shariat oldida tengligi; 7) xususiy maktablar tashkil etish;

34 / 40

XVII asrda Tayvan orollarining bir qismi kimlar tomonidan bosib olingan?

35 / 40

Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o‘tkazish ko’zlangan maqsadlari? 1) o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish; 2) “xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasida sanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sho‘ro qullariga aylantirish; 3) xotin qizlarni” zulmat” dan chiqarish; 4) ayollarni huddi erkaklar kabi davlat organlarida bir xilligini ta’minlash.

36 / 40

1469 –yilda Abu Said vafotidan Hisor, Xuttalon va Badaxshonda kim hukmronlik qilgan?

37 / 40

Yevropada reformatsiya davrida qaysi davlat papa boshliq katolik reaksiyaning barcha dahshatini o'zida his qildi?

38 / 40

Taypinlar davlatida hududlardagi davlat hokimyatini kimlar amalga oshirgan?

39 / 40

Abdullaxon 2 qayerlarni qilich bilan bo’ysundirgan? 1) Samarqand; 2) Balx; 3) Badaxshon; 4) Toshkent; 5) Xorazm; 6) Sayram; 7) Turkiston; 8) Farg’ona.

40 / 40

Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo'llarining ochilishi natijasida qaysi davlat shaharlari o'zlarining avvalgi ahamiyatini yo'qotdi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0