Uy » Attestatsiya testlar » Texnologiya attestatsiya » Texnologiya attestatsiya №10 Texnologiya attestatsiya Texnologiya attestatsiya №10 InfoMaster Fevral 22, 2022 91 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Texnologiya fanidan attestatsiya savollari №10 Qizlar uchun! DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Oziq-ovqatlarning barcha turlariga oz bòlsa-da kiradi. Ularsiz organizmning tòlaqonli faoliyati bòlishi mumkin emas. A) Oqsillar; B) Mineral moddalar; C) Yoģlar; D) Vitaminlar; 2 / 40 Ular meva va rezavorlarda, sabzavotlar hamda asal, yorma un mahsulotlari, kartoshka, makaronlarda mavjud. Ularning xom sabzavotlardagisi taomning yaxshi hazm bòlishiga kòmak beradi....? A) Uglevodlar; B) Mineral moddalar; C) Klechatka; D) Vitamin; 3 / 40 Qaynatma sho’rva tayyorlash uchun qanday jihozlar kerak bo’ladi. A) Qazon, cho’mich, pichoq, taxtakach, qoshiq, kosa B) Qazon, chovli, cho’mich, pichoq, taxtakach, qoshiq, sanchqi, kosa C) Qazon, kastrulka, chovli, сho’much, pichoq, taxtacha, qoshiq, kosa D) Qazon, chovli, cho’much, pichoq, taxtakach, qoshiq, kosa 4 / 40 Sho’rvaga piyoz solib necha daqiqa miltillatib qaynatib bo’lgach kartoshka solinadi? A) 25-30 daqiqa B) 20-30 daqiqa C) 25-35 daqiqa D) 20-35 daqiqa 5 / 40 Qo'l chokining bir detaldan ikkinchi detalga bo'r chiziqlarini ko'chirishda qaysi chokdan foydalaniladi? A) Qaviq chok; B) Archa chok: C) Bezak chok; D) Salqi chok; 6 / 40 Materiallarning qiyin surilish sababini aniqlang? A) Igna va moki harakatidagi moslik buzilganligi: B) Tepkibalandligining noto'g'ri o'rnatilganligi: C) Ip yo'naltirgichning yomon xolatdaligi: D) Reyka yoki tepkining yaxshi ishlamasligi; 7 / 40 Namlab-isitib ishlash jarayonida gazlamaga nima bilan ta'sir qilinadi? A) Bosim, namlik; B) Quruqlik, issiqlik; C) Namlik, suvlik; D) Qalinlik; 8 / 40 Ayollar uchun I rosti necha òlchamga teng? A) 155 sm; B) 160 sm; C) 152 sm; D) 145 sm; 9 / 40 Erkaklar ko'ylagi yon qirqimida........? A) Choklar yorib dazmollanadi B) Ag'darma chok tikiladi C) Orqa bo'lak old bo'lakka o'rab tikiladi D) Old bo'lak orqa bo'lakka o'rab tikiladi 10 / 40 Gazlamaning asosiy o'rilishlariga qanday o'rilishlar kiradi? A) Reps, atlas B) Siniq sarja, ko'ndalang reps C) Polotno, sarja, satin D) Kuchaytirilgan sarja, rogojka 11 / 40 Erkaklar ko'ylagida yoqa va manjet .......? A) O'ngidan tikilib, teskariga bostiriladi B) Teskarisidan tikilib, o'ngiga bostiriladi C) Jinsi chokida tikiladi D) Bostirma chokda tikiladi 12 / 40 Yupqa ip, paxta (x/b) tolali, jun, ipak tolali matolarni nechanchi nomerli ninalarda tikiladi? A) 165 B) 205 C) 240 D) 195 13 / 40 Erkaklar ko'ylagida yeng.......? A) Yeng o'miziga o'rab tikiladi B) Moskovcha chokda tikiladi C) Tahlama berib tikiladi D) Janda chokida tikiladi 14 / 40 Gerdaygan gavda tuzilishi.....? A) Beli ichiga kirgan, orqasi tor B) Ko'kragi keng va yuqoriroqda joylashgan bo'ladi: Or. uz < Olduz C) Ya'ni, kuraklar yaxshi rivojlanmagan D) Barchasi 15 / 40 Normal gavda tuzilishi.....? A) Barchasi B) Ya'ni proporsional tuzilgan. Bu turdagi gavda tuzilishi qomati raso C) Orqasi tekis D) Yelkalari biroz orqaga tashlangan va qorni ichiga tortilgan 16 / 40 Bukr gavda tuzilishi......? A) Barchasi B) Ya'ni, kuraklar keng rivojlangan, ko'kraklar esa rivojlanmagan, yoki kam rivojlangan C) Orqaning belgacha uzunligi ko'payib, oldning belgacha uzunligi kamayib boradi: Or.uz>Olduz D) Yelka va qo'llar oldinga egilgan 17 / 40 Nuqsonli gavda tuzilishi......? A) Ya'ni ko'krak pastda yoki tepada joylashishi B) Barchasi C) Yelkaning bir tomoni baland, bir tomoni past, ko'kraklarning biri katta ikkinchisi kichikroq D) Kuraklarning biri bukr, ikkinchisi gerdayganroq bo'ladi 18 / 40 Tikuv mashinasida tikish vaqtida ninani qancha vaqtda almashtirib turish kerak? A) Kamdan - kam B) Bir oyda C) Bir haftada D) Tez - tez 19 / 40 Erkaklar ko'ylagida koketka, qaytarma va tik yoqa o'rtasi qaysi ip yo'nalishiga bichiladi? A) Koketka asos, yoqalar arqoq ipiga bichiladi B) Asos ipiga bichiladi C) Yoqalar asos, koketka arqoq ipiga bichiladi D) Arqoq ipiga bichiladi 20 / 40 Dazmollashda ishlatiladigan atamalar: dekatirovka........? A) Suvlab, namlab tekislab dazmollash B) Tayyor kiyimning kirishishini oldini olish uchun gazlamaga namlab isitib ishlov berish (NIIB) C) Kiyimga choklarini yorib dazmollash D) Isitib va sovutib ishlov berish 21 / 40 .....Tikish vaqtida to'g'ri o'tirish kerak. Buning uchun tikayotgan odam uning ninasidan 30 - 40 sm uzoqroqda o'tirish kerak. A) Nina bilan ishlash qoidalari B) Mashinada ishlashda o'tirish qoidalari C) Qo'lda tikish qoidasi D) Qaychi bilan ishlash qoidalari 22 / 40 Agar tashqi ko'rinishi bir xil bo'lsa, gazlamaning o'ngi qaysi ko'rsatgich asosida aniqlanadi? A) Gazlamaning eniga qarab B) Milk asosida va bo'yalishidan C) Gazlamani dazmollab ko'rib belgilanadi D) Iplarning tuzilishi asosida 23 / 40 Oddiy ip gazlama zig'ir tola, gazlamalar qanday dekatirovka qilinadi? A) Dokani namlab yoki bug'li dazmolda dazmollash yetarlidir B) Maxsus suyuqlik bilan choyshabni ho'llab o'raladi va 6 - 8 soat qo'yiladi C) Gazlama suvga bo'ktirib qo'yiladi va bug'li dazmolda asos ipi bo'ylab dazmollanadi D) Ho'llab siqiladi quritiladi gazlama sal namligida teskari tomonidan asos ipi bo'ylab dazmollanadi 24 / 40 Dazmollashda ishlatiladigan atamalar: dazmollash.....? A) Tayyor kiyimni kirishishini oldini olish B) Kiyim choklarini yoki taxlamalarni dazmollash C) Gazlama g'ijimini dazmollash D) Tayyor kiyimni dazmollash 25 / 40 Astarli gazlamalarning o'ngi qanday aniqlanadi? A) Yaltiroq gazlamalarning o'ngi tukli va teskarisi yaltiroq bo'ladi B) Yaltiroq gazlamalarning o'ngi gulli, teskarisi yaltiroq bo'ladi C) Yaltiroq gazlamalarning o'ngi silliqroq, teskarisi esa yaltiroqmas bo'ladi D) Yaltiroq gazlamalarning o'ngi doim sidirg'a rangda bo'ladi 26 / 40 Bichishda ishlatiladigan atamalar relef.....? A) Tikib ag'darilgan qism B) Shim, yubka bel qirqimiga tikiladi C) Cho'ntak qismini berkituvchi bo'lak D) Shakldor chok 27 / 40 Ip paxtali (x/b) gazlamalar qaysi turdagi iplar bilan tikiladi? A) Sun'iy iplarda tikiladi B) Qalin iplarda tikiladi C) Yupqa iplarda tikiladi D) Ip paxtali iplar bilan 28 / 40 Dazmollashda ishlatiladigan atamalar: bug'lash......? A) Dazmollash B) Gazlama g'ijimini dazmollash C) Kiyimda dazmollashda hosil bo'lgan yaltiroqlikni bug'lab yo'qotish D) Tayyor kiyimni kirishishini oldini olish 29 / 40 Bichishda ishlatiladigan atamalar: belbog' tutgich......? A) Shakldor chok B) Tikib ag'darilgan qism chetlaridan mag'iz chiqarib tikish C) Cho'ntak qismini berkituvchi bo'lak, cho'ntak pastki qirqimiga qo'shib tikiladi D) Shim, yubka bel qirqimiga tikiladi va belbog' yoki kamar o'tkaziladi 30 / 40 Nina, ip va gazlamalarni bir - biriga moslang: choyshablik, mato - kolenkor. A) Nina - 100, ip 50 - 60 B) Nina - 90, ip 60 - 80 C) Nina - 75, ip 80 - 100 D) Nina - 110, ip 30 - 40 31 / 40 Dazmollashda ishlatiladigan atamalar: cho'zib dazmollash......? A) Baska, oborka, valanlarni chetlarini cho'zib dazmollash B) Tayyor kiyimni dazmollash C) Kiyim choklarini yoki taxlamalarni bir tomonga yotqizib dazmollash D) Gazlamani g'ijimini dazmollash 32 / 40 Ayollar ko'ylagi yupqa (masalan, shifon) gazlamadan tikilsa, qaysi chokda tikiladi? A) Janda chokida tikiladi B) Asosiy qoidaga ko'ra choklar yorib dazmollanadi va ochiq qirqimlarga ishlov beriladi C) Ag'darma chokda D) Bostirma chokda tikiladi 33 / 40 ......Issiqqa chidamli bo'lgan moslamada turish kerak. Ishlatishdan avval simini tekshirib ko'riladi. Uning simida ochiq joylari bo'lmasligi kerak. Ishlatish vaqtida simni buralib ketmasligiga ahamiyat berish kerak. A) Nina bilan ishlash B) Dazmol bilan ishlash C) Qaychi bilan ishlash D) Tikuv mashinasi bilan ishlash 34 / 40 Ikkala tomonidan bir xil ko'rinishga ega bo'lgan gazlamalar......? A) Polotno o'rilishdagi gazlama B) Atlas o'rilishdagi gazlama C) Satin o'rilishdagi gazlama D) Sarja o'rilishdagi gazlama 35 / 40 Dekatirovka nima? A) Dekatirovka ninani gazlamaga moslanishi B) Dekatirovka gazlamaning o'ngini tanlash va unga namlab isitib ishlov berish (NIIB) C) Dekatirovka gazlamani ishlatishdan avval unga namlab isitib ishlov berish (NIIB) D) Dekatirovka ipni gazlamaga moslanishi 36 / 40 Gazlamalarning o'rilishlariga qarab qaysi ko'rsatkichlar belgilanadi? ] A) Gazlamaning o'ngi va teskari tomonini belgilash imkonini beradi B) Gazlamaning tuzilishi va xossalarini belgilaydi C) Gazlamaning bir tomonlama yoki nuqsonli ekanligini bildiradi D) Gazlamaning qalin, yupqaligini belgilaydi 37 / 40 O'rtacha qalinlikdagi matolar chiyduxoba, kostyumli sherstlar, duxobalarni nechanchi nomerli ninalarda tikiladi? A) 205 B) 195 C) 240 D) 165 38 / 40 Qalin pal'tolik matolarni nechanchi nomerli ninalarda tikiladi? A) 205 B) 240 C) 165 D) 195 39 / 40 .........Maxsus joyda saqlash, uchini yuqoriga qilib ushlamaslik, ish joyida ochiq holda qoldirmaslik, mashinaning harakatlanuvchi qismlari yoniga qo'ymaslik kerak. A) Qaychi bilan ishlash B) Tikuv mashinasida ishlash C) Dazmol bilan ishlash D) Nina bilan ishlash 40 / 40 Sherst matolarni qanday dekatirovka qilinadi? A) Maxsus suyuqlik bilan B) Barchasi C) Choyshabni ho'llab o'raladi va 6 - 8 soat qo'yiladi D) So'ngra mato teskarisidan bo'y ipi bo'ylab quriguncha dazmollanadi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 39 Texnologiya fanidan attestatsiya savollari №25
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 16 Texnologiya fanidan attestatsiya savollari №24