Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 InfoMaster Yanvar 7, 2022 382 Ko'rishlar 108 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. B) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! C) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. D) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. 2 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 3 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) gulni barglari B) mevani ekmoq C) suv ichida cho`milmoq D) kuzdagi boychechak 4 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. B) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. C) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. D) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. 5 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. B) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. 6 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Yulduzli tunlar” B) “Kecha va kunduz” C) “O’tkan kunlar” D) “Mehrobdan chayon” 7 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 1, 3, 4, 5, 7, 8 B) 2, 6, 8 C) 1, 7 D) 3, 4, 5, 8 8 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3 9 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. B) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. C) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. D) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. 10 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. B) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. C) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. D) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. 11 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) har xil, shunchaki B) o‘shanday, shunaqa C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon D) manmanlik, o‘zboshimcha 12 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 5ta B) 7ta C) 6ta D) 8ta 13 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 5ta B) 3ta C) 4ta D) 2ta 14 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 1ta B) 3ta C) 4ta D) 2ta 15 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar B) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar C) O’zak-negiz qo’shimchalari D) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari 16 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. B) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. C) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. D) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. 17 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Fe’lning kichraytirma nisbati B) Noaniq fe’l C) Fe’lning orttirma nisbati D) Fe’lning o’zlik nisbati 18 / 40 Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi? A) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. B) Siz, shubhasiz, bu testni yecha olasiz. C) Darhaqiqat, to‘y to‘ydek bo‘lsin. D) Sizni ham tinch qo‘yishmayapti, chog‘i. 19 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. B) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. C) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. 20 / 40 Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi? A) Qiyoslash mazmuni B) Zidlash mazmuni C) Izohlash mazmuni D) Payt mazmuni 21 / 40 Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. B) Shunisi ma’lumki, mening kasb tanlashimga otam sababchi bo‘lgan. C) Hulkar ularni tanirdi, shuning uchun ularga yordamlashdi. D) Shuni bilki, qiynalib erishgan narsalaringning qadri baland bo‘ladi. 22 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. B) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. D) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 23 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) harakat nomi B) sof fe’l C) sifatdosh D) ravishdosh 24 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 3ta B) 4ta C) 2ta D) 6ta 25 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. B) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. 26 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) xilof – g‘ilof B) boshlamoq – boplamoq C) sanoq – sadoq D) chiroq – yiroq 27 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 8 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 7 ta 28 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. B) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. C) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. D) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. 29 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi B) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob C) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz D) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi 30 / 40 Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping A) Taxsin, tanbex, extirom B) Hayol, hayot, harbiy C) Xijolat, hijjalamoq, exson D) Hasad, hasharot, hilqat 31 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman B) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi C) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz D) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi 32 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa B) Go'yo, hatto, ba’zan C) Ammo, lekin, biroq, va D) Hech kim, hech narsa 33 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. B) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. C) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. D) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. 34 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) mo'jiza, mo'tadil B) Is'hoq, as'hob C) shu'la, ba'zan D) qat'iy, jur'at 35 / 40 Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan? A) avayla+ylik B) avay+la+y+lik C) avayla+y+lik D) ava+y+la+y+lik 36 / 40 Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang. A) majhul nisbat B) birgalik nisbat C) orttirma nisbat D) o‘zlik nisbat 37 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. B) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. C) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... D) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. 38 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. B) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. C) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. D) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. 39 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) Sabr, niyat, oqil, ro’mol B) Belbog’, dehqon, fikr, kishi C) Ulug’, cho’pon, el, botir D) G’isht, hayo, kasr, o’zbek 40 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. B) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. C) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, D) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 18 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11