Geografiya attestatsiya №3 Yanvar 22, 2022Yanvar 22, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №3 ga 1 fikr bildirilgan 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №3 1 / 40 Jahonda yalpi ichki mahsulotiga ko’ra 3-o’rinda turuvchi davlat qaysi? A) Yaponiya B) Xitoy C) Hindiston D) Aqsh 2 / 40 1: 45 000 000 ga teng masshtabni nomli masshtabga aylantiring. A) 1 sm da 4,5 km B) 1 sm da 450 km C) 1 sm da 0,45 km D) 1 sm da 45 km 3 / 40 Katta Havza va Kolorado platolari uchun qaysi tabiat zona xos? A) dasht va o’rmon-dasht B) Savanna va siyrak o’rmonlar C) doimiy yashil o’rmon D) cho’l va chalacho’l 4 / 40 Taran o’simligi nima maqsadda fоydalaniladi? A) Yerlarni meleorativ xolatini yahshilashda B) Ozuqa maqsadida C) Teri оshlashda D) Moy olishda 5 / 40 Mirzacho’l iqtisodiy rayonida temiryo’l qanday shaklda joylashgan? A) halqa B) kvadrat C) uchburchak D) to’rtburchak 6 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproqning organik moddalari B) tuproq eritmasi C) tuproqning ona jinsi D) magma mahsuloti 7 / 40 O’rta Osiyoni o’rgangan olimlarning yillarini jadval asosida to’g’ri taqsimlang. A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 8 / 40 O’zbekistonning Qozog’iston tabiiy geografik kichchik o’lkasiga kiruvchi hududlari qaysi variantda berilgan? A) Orol, Mirzacho’l B) Dalvarzin cho’li C) Ustyurt, Orol D) Mirzacho’l, Quyi Zarafshon 9 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I. Kiyev shahri II. Qohira shahri a. paytaxt maqomiga ega b. 300 sh.k da joylashgan c. 500 sh.k da joylashgan A) I-c II-a III-b B) I-c II-b III-a C) I-a II-b III-c D) I-b II-c III-a 10 / 40 Hijriy-qamariy taqvimidagi beshinchi oyni ko’rsating. A) Jumodilavval B) Rajab C) Safar D) Shavvol 11 / 40 Davlatlarning rivojlanganlik darajasiga ko’ra O’zbekiston qaysi mezonga kiradi? A) qoloq B) rivojlangan C) o’tish iqtisodiyotidagi D) rivojlanayotgan 12 / 40 Yer taraqqiyotidagi 550-600 mln yil muqaddam oldingi voqeani to’g’ri belgilang. A) yer paydo bo’ldi B) organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshladi C) birinchi seysmograf ixtiro qilindi D) dastlabki hayot belgilari paydo bo’la boshladi 13 / 40 Assal ko’lining geografik o’rnini belgilang. A) To’rfon botig’i B) Kattara botig’i C) Ajal vodiysi D) Affar botig’i 14 / 40 Mamlakatimiz оsh tuzi kоnlarini belgilang. A) Xo’jaikоn, Sho’rsuv, Bоybichakоn, Оqqala B) Xo’jamag’iz, Bоrsakelmas, Bоybichakоn, Bekqala C) Xo’jaikоn, Bоrsakelmas, Bоysun, Оqqala D) Xo’jaikоn, Bоrsakelmas, Bоybichakоn, Оqqala 15 / 40 Eratosfen yozgan kitob nomini ko’rsating. A) Hindiston B) Tabiat manzarasi C) Geografika D) Boburnoma 16 / 40 Afrika materigining ekvatorial oʻrmonlarining quyi yarusida qanday oʻsimliklar oʻsadi? A) Moyli palma B) Lianalar, daraxtsimon paparotnik C) Seyba, palmalar D) Rafiya palmasi 17 / 40 Geotizimlarning ko'lamiga ya'ni, katta-kichikligiga qarab qaysi olim sayyoraviy, regional, topologik darajalarini ajratadi? A) A.G.Isachenko B) A.Gumboldt C) F.N.Milkov D) V. B. Sochava 18 / 40 Iqlimi asosan mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi. Yozi issiq va nam bo'lib, uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin quruq. Yuqoridagi iqlim xususiyati qaysi mamlakatga xos? A) Koreya Respublikasi B) Rossiya C) Xitoy D) Germaniya 19 / 40 Yadroda moddalarning o'rtacha zichligi qanchaga teng? A) 16 g/sm³ B) 5,52 g/sm³ C) 3,34 g/sm³ D) 5,7 g/sm³ 20 / 40 Samarqand viloyati O’rta Osiyoga va O’zbekiston viloyatlariga qaysi mahsulotlarni eksport qiladi? A) ho’l meva, yog’och taxta, g’alla B) choy, tamaki, shoyi C) shakar, sabzavot, ko’mir D) neft, kimyo, uzum 21 / 40 Qashqadaryo viloyatidagi davolanish maskanini ko’rsating. A) << Nanay>> B) << Chortoq >> C) << Quvasoy >> D) << Miraki >> 22 / 40 Dehqonchilik, bog'dorchilik, o'tloq-yaylov va aralash antropogen landshaftlar, F. N. Milkov ajratgan Antropogen Landshaftlarning qaysi sinfiga kiradi? A) O'rmon antropogen landshaftlari B) Chiziqli-yo'l landshaftlari C) Qishloq xo'jalik landshaftlari D) Sanoat landshaftlari 23 / 40 Berilgan balandlikda gorizantallar orasi har 100 metrdan o’tgan. A nuqta 1600 metr balandlikda bo’lsa, K nuqtaning balandligini toping. A) 1500 m B) 1800 m C) 1400 m D) 1600 m 24 / 40 Tog’lar ustida joylashgan vulqon og’zi qanday nom bilan ataladi? A) krater B) gipotsentr C) epitsentr D) magnitude 25 / 40 Qaysi sanoat kombinatining ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo’ytosh,Olmaliq ruda konlari bilan bog’liq. A) Bekobod B) Chirchiq C) Olmaliq D) Angren 26 / 40 Mo’tadil iqlim mintaqa cho’llarini ko’rsating. A) Namib, Somali, Qoraqum B) Gobi, Qizilqum, Katta Viktoriya C) Gobi, Qizilqum, Taklamakon D) Sahroi Kabir, Taklamakon, Qizilqum 27 / 40 Agar tog’ qutbda joylashsa balandlik mintaqasi soni nechta bo’ladi? A) 4 ta B) 7 ta C) 1 ta D) 3 ta 28 / 40 Shimoliy Afrika subregioni davlatlarida, qaysi transport turining ahamiyati katta? A) avtomobil B) dengiz transporti C) temiryo’l D) ichki suv yo’li 29 / 40 Okeaniyada yirik Fosforit koni qaysi orolda mavjud? A) Yangi Kaledoniya B) Nauru C) Yangi Gvineya D) Yangi Zelandiya 30 / 40 Kolumbiya, Kolarado, Freyzer, Yukon daryolari qaysi okean havzasiga tegishli? A) Hind okeani B) Tinch okeani C) Atlantika okeani D) Shimoliy muz okeani 31 / 40 Meliоratsiya nima? A) Yerni xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar B) O’simlik xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar C) Suv xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar D) Tuproq xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar 32 / 40 Qaysi alloma geografik lug'at - o'sha davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi? A) Yoqut Hamaviy B) Beruniy C) al-Xorazmiy D) Zahiriddin Muhammad Bobur 33 / 40 Yer po’stidagi qaysi qatlamning qalinligi 3,5-5 km gacha yetadi? A) cho’kindi B) bazalt C) granit D) magma 34 / 40 Amerikada qaysi davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan kata? A) Venesuela va Kanada B) Venesuela va Braziliya C) Kolumbiya va Chili D) Venesuela va Chili 35 / 40 O’zbekistonning janubiga yil davomida ko’proq qanday yo’nalishdagi shamollar hukmronlik qiladi? A) shimoliy B) shimoli-sharqiy C) janubi-g’arbiy D) shimoli-g’arbiy 36 / 40 Harorat +10 C Nisbiy namlik 70 %. 1 m3 havodagi suv bug’ini toping. A) 6 gramm B) 6,3 gramm C) 9 gramm D) 5,4 gramm 37 / 40 Qirg‘iziston respublikasiga yiliga qanchadan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi? A) 3 mln B) 10 mln C) 5 mln D) 15 mln 38 / 40 Quyidagi A nuqtaning geografik koordinatasini aniqlang. A) 5° j.k, 45° shq.u B) 5° sh.k, 45° shq.u C) 5° sh.k, 15° shq.u D) 5° sh.k, 45° g`.u 39 / 40 Atlantika okeanida shelf qaysi hududlarda katta maydonlarni egallaydi? A) shimoliy qismida, Braziliya soyligida B) Sargasso dengizida, Karib dengizida C) Afrikaning g’arbiy qirg’oqlarida, Florida yarimorolida D) Folklend orolida, Florida yarimorolida, shimoliy qismida 40 / 40 Agar dengiz bo`yida havo bosimi 760 mm Hg ustuniga teng bo`lsa, 1000 m balandlikdagi havo bosimini hisoblab toping. A) 700 mm B) 670 mm C) 580 mm D) 710 mm 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Geografiya attestatsiya