Uy » Attestatsiya testlar » Geografiya attestatsiya » Geografiya attestatsiya №1 Geografiya attestatsiya Geografiya attestatsiya №1 InfoMaster Yanvar 11, 2022 1476 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 13 0% 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Iqlim hosil qiluvchi birinchi omil qaysi? A) geografik kenglik B) havo massalari C) okean oqimlari D) relyef 2 / 40 Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) Chiziqli B) Tushuntirish C) masshtabsiz D) yozuvli 3 / 40 Havoning harorati +20 oC, shunday haroratli 1 m3 havoda 15 gr suv bug`i bor. Havoning nisbiy namligini aniqlang. A) 88% B) 32.50% C) 67.00% D) 58.82% 4 / 40 1: 45 000 000 ga teng masshtabni nomli masshtabga aylantiring. A) 1 sm da 450 km B) 1 sm da 0,45 km C) 1 sm da 45 km D) 1 sm da 4,5 km 5 / 40 Braziliyaning qaysi tomonidan jahonning eng sersuv daryosi Amazonka o'tadi? A) janubida B) shimolida C) sharqida D) g'arbida 6 / 40 Taran o’simligi nima maqsadda fоydalaniladi? A) Ozuqa maqsadida B) Moy olishda C) Teri оshlashda D) Yerlarni meleorativ xolatini yahshilashda 7 / 40 Mоskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metrоpоlitenlarning ko’plab bekatlari bezatilgan marmar qaysi kоnga tegishli? A) D)Gazalkent B) Angren C) Muruntov D) G’оzg’оn 8 / 40 Balandligi 4750 metr bo’lgan harakatdagi vulqonni ko’rsating. A) Stromboli B) Klyuchi sopkasi C) Erebus D) Etna 9 / 40 O’rta Osiyo uchun begona bo’lgan havo massasini ko’rsating. A) arktika B) mo’tadil C) tropik D) ekvatorial 10 / 40 Buyuk Xitoy tekisligining janubiga qancha yog’in tushadi? A) 500 mm B) 2000 mm C) 1000 mm D) 200 mm 11 / 40 Havo namligini o’lchaydigan asbob nima deb ataladi? A) vertishka B) reyka C) gigrometr D) dajlamer 12 / 40 Yevrosiyoning qaysi okeanlarga tutash qirg‘oqlari kuchli parchalangan? A) Atlantika va Hind B) Atlantika va Shimoliy muz okeani C) Shimoliy muz okeani va Tinch D) Atlantika va Tinch 13 / 40 Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida okean, dengizda qanday xodisa ro’y beradi? A) to’lqin B) qalqish C) suv harorati ko’tarilishi D) suv kamayishi 14 / 40 Orta Osiyo o’lkasining qaysi qismi berk havza emas? A) g’arb B) janub C) shimoli-sharq D) shimoli g’arb 15 / 40 Hijriy-qamariy taqvimidagi beshinchi oyni ko’rsating. A) Shavvol B) Rajab C) Safar D) Jumodilavval 16 / 40 Braziliya yassi tog‘ligining janubiy qismi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? A) arktika B) mo’tadil C) ekvator D) subtropik 17 / 40 Bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esadigan shamol nima deb nomlanadi? A) Afg‘on shamoli B) Bekobod shamoli C) Tog’-vodiy shamoli D) Qo‘qon shamoli 18 / 40 O’rta Osiyo qumli cho‘llarida o‘suvchi daraxtlardan oq saksovulning bo’yi qanchagacha yetadi? A) 6—7 m B) 1—2 m C) 9—10 m D) 2—3 m 19 / 40 Berilgan malumotlar qaysi daryoga tegishli ekanligini toping. a) Qoraqum kanali suv oladi, b) Yunon xaritalarida Oks nomi bilan mashhur, c) ,,Beruniy qonuni’’ ga asos bo’lgan. A) Amudaryo B) Nil C) Sirdaryo D) Ili 20 / 40 A va B shaharlar orasi 1: 300 000 masshtabda tasvirlangan bo’lsa, haqiqiy masofani toping. A) 12 km B) 4 km C) 7 km D) 10 km 21 / 40 O’rta Osiyoni o’rgangan olimlarning yillarini jadval asosida to’g’ri taqsimlang. A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-c, 3-a 22 / 40 Qaysi variantda XX asrga xos bo’lgan voqiya berilgan? A) Urgutda zilzila kuzatilgan B) Yoqut ibn Abdulla yashab ijod qilgan C) O’rta Osiyoda milliy bog’ va qo’riqxonalar tashkil etildi D) Benevini O’rta Osiyo hududini o’rgangan 23 / 40 Hindiston yarimorolida iyulning o‘rtacha harorati qancha bo’ladi? A) +10 °C B) +26 °C, C) + 30 °C D) +40 °C 24 / 40 Markaziy Osiyo o‘lkasining chuchik ko’llarini ko’rsating. A) Tayxu B) Lobnor Kuku- Nur, Ubsu-Nur C) Van va Urmiya D) Bagrashko‘l, Orin-Nur 25 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproq eritmasi B) tuproqning organik moddalari C) magma mahsuloti D) tuproqning ona jinsi 26 / 40 I. Xoxlov O’rta Osiyoning tabiatini o’rgangan yildan roppa rosa ikki asr vaqt o’tib qanday voqiya yuz berdi? A) Cherapunjaga 23000 mm yog’in yog’di B) <<Yerning tasviri>> nomli asar rus tiliga tarjima qilindi C) Dengizlar chuqurlik bo’yicha o’rganilib boshlandi D) Sayyoramizdagi eng kuchli shamol kuzatiladigan materik kashf qilindi 27 / 40 Har bir gorizontal 1000 m dan o’tkazilgan bo’lib, B nuqtada havo harorati + 12 °C bo’lsa, A nuqtadagi havo haroratini toping. A) 0 0C B) + 20 0C C) + 24 0C D) + 6 0C 28 / 40 Suratdagi olim haqida ma’lumot: O’rta Osiyo va arab geografiyasi asoschisi hisoblanadi, ,,Jahon xaritalari’’ asosida o’z asarini yozgan. Savol: qaysi variantda suratdagi olimga tegishli jumla aytilgan? A) Ibn Sino bilan zamondosh bo’lgan B) Birinchi bo’lib shimoliy yarimsharning gulobusini yasagan C) “Hindiston” asaring muallifi D) Ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarning rivijlanishiga tabiatni o’rganishga alohida etibor bergan 29 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I. Kiyev shahri II. Qohira shahri a. paytaxt maqomiga ega b. 300 sh.k da joylashgan c. 500 sh.k da joylashgan A) I-c II-a III-b B) I-a II-b III-c C) I-c II-b III-a D) I-b II-c III-a 30 / 40 O’zbekiston sharoyitida kuz qaysi oydan boshlanadi? A) Noyabr B) Iyul C) Oktabr D) Avgust 31 / 40 Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi nima ta’sirida ro‘y beradi? A) shamol B) Yerning ichki energiyasi C) Quyosh energiyasi D) Dunyo okeani 32 / 40 A shahardan B va C shaharga boradigan poyezd qaysi azimut bo’yicha yuradi? A) dastlab 270° keyin 90° B) dastlab 0° keyin 90° C) dastlab 90° keyin 180° D) dastlab 180° keyin 90° 33 / 40 Quydagilardan suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmturini ko’rsating? A) plankton B) klik C) bentos D) nekton 34 / 40 Qaysi raqam bilan Litosfera ko’rsatilgan? A) 3 B) 1 C) 2 va 3 D) 3 va 1 35 / 40 O’zbekistonning Qozog’iston tabiiy geografik kichchik o’lkasiga kiruvchi hududlari qaysi variantda berilgan? A) Mirzacho’l, Quyi Zarafshon B) Orol, Mirzacho’l C) Ustyurt, Orol D) Dalvarzin cho’li 36 / 40 Jadvalda berilgan graduslar, xarita va globusda qanday nom bilan atalishini ko’rsating A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 37 / 40 Quydagi A va B hariflari bilan ko’rsatilgan joy nomlari qaysi variantda berilgan? A) Qizilqum,Qoraqum B) Ustyurt, Qizilqum C) Farg’ona vodiysi, Atrek vodiysi D) Ustyurt, Qoraqum 38 / 40 Eng issiq ko‘rfazi mavjud okean,qaysi? A) Atlantika B) Tinch C) Shimoliy muz ocean D) Hind 39 / 40 Orol ko‘li Turon tekisligining qaysi qismida joylashgan? A) markazida B) shimolida C) janubida D) sharqida 40 / 40 5-sinf geografiya darsligi qanday bo’lim hisoblanadi? A) o’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi B) o’rta osiyo va o’zbekiston tabiiy geografiyasi C) okean va matekillar tabiiy geografiyasi D) tabiiy geografiya boshlang’ich kursi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz