Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Yanvar 7, 2022Yanvar 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 ga 1 fikr bildirilgan 0% 2 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi? A) Payt mazmuni B) Qiyoslash mazmuni C) Zidlash mazmuni D) Izohlash mazmuni 2 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) Sabr, niyat, oqil, ro’mol B) Ulug’, cho’pon, el, botir C) Belbog’, dehqon, fikr, kishi D) G’isht, hayo, kasr, o’zbek 3 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi B) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. C) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. D) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. 4 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. B) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. C) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... D) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. 5 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 6ta B) 8ta C) 5ta D) 7ta 6 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman B) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz C) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi D) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi 7 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Umarshayx mirzo B) Jahongir mirzo C) Shohrux mirzo D) Mironshoh mirzo 8 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 3ta B) 2ta C) 6ta D) 4ta 9 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) vazifadoshlik 10 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 1, 3, 4, 5, 7, 8 B) 3, 4, 5, 8 C) 2, 6, 8 D) 1, 7 11 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) O’zak-negiz qo’shimchalari B) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari C) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar D) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar 12 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi B) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz C) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob D) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi 13 / 40 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo B) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti C) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li D) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis 14 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) har xil, shunchaki B) o‘shanday, shunaqa C) o‘zboshimcha, o'zbilarmon D) manmanlik, o‘zboshimcha 15 / 40 Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan? A) Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi,beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qolmaydi B) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan edi. C) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. D) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim. 16 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. B) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. C) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. D) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. 17 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. B) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. C) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. D) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. 18 / 40 Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi? A) Siz, shubhasiz, bu testni yecha olasiz. B) Sizni ham tinch qo‘yishmayapti, chog‘i. C) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. D) Darhaqiqat, to‘y to‘ydek bo‘lsin. 19 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. B) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. C) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. D) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 20 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan B) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa C) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa D) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 21 / 40 Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi? A) mo'jiza, mo'tadil B) qat'iy, jur'at C) Is'hoq, as'hob D) shu'la, ba'zan 22 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. B) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. C) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. D) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. 23 / 40 Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping A) Taxsin, tanbex, extirom B) Hayol, hayot, harbiy C) Hasad, hasharot, hilqat D) Xijolat, hijjalamoq, exson 24 / 40 Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang. A) birgalik nisbat B) majhul nisbat C) orttirma nisbat D) o‘zlik nisbat 25 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. B) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. C) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. D) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. 26 / 40 Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan? A) avayla+ylik B) ava+y+la+y+lik C) avay+la+y+lik D) avayla+y+lik 27 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 5 tasi B) 6 tasi C) 10 tasi D) 7 tasi 28 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. B) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, C) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi D) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. 29 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. C) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. 30 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush almashishi B) tovush almashishi va orttirilishi C) tovush tushishi D) tovush tushishi va tovush almashishi 31 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) sanoq – sadoq B) chiroq – yiroq C) boshlamoq – boplamoq D) xilof – g‘ilof 32 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 3ta B) 1ta C) 2ta D) 4ta 33 / 40 Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? A) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi. B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. C) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak. D) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. 34 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. B) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. C) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. D) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. 35 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. B) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 36 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 37 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 5 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 7 ta 38 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 4ta B) 5ta C) 3ta D) 2ta 39 / 40 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) roman B) qissa C) pyesa D) hikoyalar to’plami 40 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. B) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. D) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. O'rtacha ball 55% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya