Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2386 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Buxoro xonligida eng muhim tabiiy fanlar o‘qitilmasligi sababini aniqlang. 1)diniy mutaassiblikning kuchayganligi; 2)darsliklar yetishmasligi; 3)tashqi aloqasi o‘zi kabi kam taraqqiy etgan davlatlar bilan cheklanib qolganligi; 4)ilg‘or Yevropa davlatlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ya olmaganligi; A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 2 / 25 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress qatnashchilari … A) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar. B) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar. C) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar. D) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar. 3 / 25 Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Eron hududiga B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga C) Turkiston va Taroz atroflariga D) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga 4 / 25 Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 5 / 25 V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi xalqlar yashagan? A) saka-xaumovarka B) saka-tiay-taradarayya C) saka-tigraxauda D) massagetlar 6 / 25 Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; B) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; C) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 7 / 25 Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) o‘n turdagi B) yigirma turdagi C) o‘ttiz turdagi D) o‘n besh turdagi 8 / 25 Quyidagilardan Kiyev Rusidagi vaziyatni yanada murakkablashtirgan omilni aniqlang? A) qipchoqlar hujumlari B) nemislar hujumi C) qonli urushlar D) iqtisodiy inqiroz 9 / 25 “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Buyuk Temur” C) “Temur tuzuklari” D) “Ikki buyuk sarkarda” 10 / 25 O‘rta Osiyoda temir davriga kelib aholi orasida qaysi tabaqaning ta’siri tobora kuchayib borgan? A) Harbiy sardorlar B) Qabila-urug‘ oqsoqollari C) Jangchilar D) Kohinlar 11 / 25 Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Tarixi jahonkusho” B) “Al-Komil fit-tarix” C) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” D) “Vaziyati bahor Jalol ad-Din Mengburni” 12 / 25 Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; B) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; C) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; D) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; 13 / 25 Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) xususiy mulk B) demokratiya C) bozor munosabatlari D) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi 14 / 25 Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; C) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; 15 / 25 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar B) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari C) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 16 / 25 Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Buyuk Temur tarixi” B) “Amir Temur hikmatlari” C) “Ikki buyuk sarkarda” D) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” 17 / 25 XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi? A) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi B) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi C) Iqtisodiy inqirozning boshlanishi D) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi 18 / 25 Eftallar yozuviga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 2) Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo‘lgan; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o‘ngga tomon ko‘ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo‘lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo‘lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan. A) 2, 3, 7, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6 D) 5, 6 19 / 25 Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng B) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng C) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng D) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng 20 / 25 XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi? A) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar B) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar C) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz D) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar 21 / 25 Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz yakunlandi. Bunga sabab nima edi? A) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami B) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi C) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi D) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar 22 / 25 O‘nboshi qo‘li ostidagilardan biri botirlik ko‘rsatsa, birinchi galda uni qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Mingboshi B) O‘nboshi C) Yuzboshi D) Amir 23 / 25 XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Sirdaryo B) Amudaryoning chap qirg‘ogi C) Xiva xonligi D) Pomir tog‘lari 24 / 25 “Temur tuzuklari”ga ko‘ra, Amir Temur vazirlarda qanday sifatlar bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan? A) Asillik, toza nasllilik, aql-farosatlilik, sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishlik, sabr chidamlilik va tinchliksevarlik B) Aqlli, farosatli, raiyat ahvolidan xabardor bo‘lishi C) Sabr matonatlilik, chidamlilik, aqil farosatlilik, aholi orasida e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxslar D) Xalqni sevuvchi, ardoqlovchi, xushmomila bo‘lishi 25 / 25 Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) Italiya B) Rossiya C) Ispaniya D) AQSh 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6