Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 28 Ko'rishlar 6 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 11-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Prujinali mayatnikning garmonik tebranishida quyida keltirilgan parametrlardan qaysi biri vaqt bo’yicha garmonik o’zgarmaydi? A) To’liq mehanik energiya B) Potensial energiya C) Prujinaning elastiklik kuchi D) Kinetik energiya 2 / 25 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan lampochkadan 1 A tok o‘tmoqda. Lampochkada tok bajargan ishning 4% yorug‘lik energiyasiga aylanadi. Lampochkada 0,5 soat davomida qancha yorug‘lik energiyasi (J) tarqaladi? A) 15840 B) 13380 C) 12450 D) 18470 3 / 25 800 g massali yuk prujinaga mahkamlangan bo’lib, x = 0.2sin12t (m) tenglamaga muvofiq garmonik tebranmoqda. Yukning maksimal kinetik energiyasi (J) qanday? A) 3.2 B) 4.1 C) 1.8 D) 2.3 4 / 25 Prujinaga mahkamlangan yukni 7 sm ga cho’zib qo’yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatdan qanday masofada (sm) bo’lganida, sistemaning potensial va kinetik energiyalari teng bo’ladi? √2 ≈ 1.4 A) 5 B) 3.5 C) 9.8 D) 7 5 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=17 m bo’lsa, koptok yerga urilgunicha o’ng devor bilan necha marta to’qnashadi? Barcha to’qnashishlar absolyut elastik deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 5 B) 8 C) 2 D) 4 6 / 25 Rasmdagi kvadratlarning tomoni 1 sm ga teng. q zaryad 18-nuqtada joylashgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganliklari nisbati E9/E30 nimaga teng? A) 20 B) 1/20 C) 1/40 D) 40 7 / 25 Akkumulyatorga birinchi ?1 qarshilik ulandi va bunda FIK 27% ekanligi aniqlandi. So’ngra ?1 qarshilikning o’rniga ?2 (?1 ≠ ?2) qarshilik ulanganida tashqi zanjirda ajralayotgan quvvat o’zgarmadi. Ikkinchi holda FIK nimaga (%) teng bo’ladi? A) 73 B) 54 C) 45 D) 61 8 / 25 Sig’imi 200 pF ga teng bo’lgan kondensatorga qanday sig’imli (pF) kondensator ketma – ket ulansa umumiy sig’im 40 pF ga teng bo’lib qoladi? A) 100 B) 50 C) 40 D) 160 9 / 25 Ikki jism biror A nuqtadan bir xil tezlik bilan o’zaro qarama – qarshi yo’nalishda harakat boshlaganlaridan so’ng bir daqiqa o’tgach ular orasidagi masofa 200 m bo’ldi. Agar shu ikki jism huddi shu nuqtadan ammo bir xil yo’nalishda harakatlansalar, harakat boshlangandan 2 daqiqadan so’ng ularning orasidagi masofa necha metr bo’ladi? A) 100 B) 200 C) 400 D) 0 10 / 25 Yelkalari teng bo’lmagan pallali tarozida yuk ikkala tomonida galma gal tortib ko’rilganida uning og’irligi 20 N va 5 N ga teng bo’ldi. Jismning asl massasini (kg) toping. ? = 10 ?/?2. A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 11 / 25 Turli ishorali biroq bir xil qiymatdagi 4 nC zaryadga ega bo’lgan ikki nuqatviy zaryad bir – biridan 60 sm masofada joylashgan. Ikki zaryadni tutashtirib turuvchi kesmaning o’rtasida joylashgan nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligining (V/m) qiymatini toping. A) 200 B) 800 C) 0 D) 400 12 / 25 Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi 4 sekunddida 120 m masofani bosib o’tdi. Jismning yerdan 45m balandlikdagi tezligi (m/s) topilsin. g=10 m/s^2 A) 50 B) 10 C) 40 D) 60 13 / 25 2 kg massali jism 4 m/s aylana bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan harakat qilmoqda. Davrning to’rtdan bir qismida impulsning o’zgarishini (kg*m/s) toping. A) 8√2 B) 0 C) 8 D) 16 14 / 25 Harorati -5℃ bo’lgan 2 kg muzni butunlay eritish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) kerak bo’ladi?Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, muzning solishtirma issiqlik sig’imi 2100 J/(kg·К). A) 121 B) 542 C) 681 D) 741 15 / 25 Akkumulyatorga tashqi 10 Om qarshilik ulanganida, bu qarshilikdagi quvvat 100 W ga teng bo’ldi. Agar bunda to’la zanjir bo’ylab 110 W quvvat ajralgan bo’lsa, akkumulyatorning ichki qarshiligini (Om) toping. A) 0.1 B) 15 C) 10 D) 1 16 / 25 U = 0.05cos300t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga 6 ta kondensator chizmadagidek ulandi. Agar C1 = C2 = C5 = 4 µF, C3 = C4 = C6 = 16 µF bo’lsa, kondensatorlarning qarshiligini (Om) toping. A) 125 B) 625 C) 600 D) 450 17 / 25 40 m balandlikdan gorizontga 30° burchak ostida jism 20 m/s tezlik bilan uloqtirilsa, yerga qancha vaqtda (s) tushadi? A) 12 B) 4 C) 3 D) 5 18 / 25 Vertikal silindrdagi erkin ko`cha oladigan porshen ostida 1 mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200 kPa. Agar gazga 6 kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi? A) 10 B) 48 C) 24 D) 12 19 / 25 Zaryadlari 2, 3, 5, 10 nC va radiuslari mos holda 2R, R, 4R va 3R ga teng bo’lgan sharlar bir-biriga tekkazilib, ajratildi. 4-shar olgan zaryad miqdorini aniqlang(nC). A) 6 B) Aniqlab bo’lmaydi C) 8 D) 5 20 / 25 Prujinaning bikrligi 300 N/m bo’lib, uni 1:2:3:4 nisbatda bo’linsa eng uzun prujina bo’lagini bikrligini qanday bo’ladi (N/m)? A) 75 B) 120 C) Aniqlab bo’lmaydi D) 750 21 / 25 Ko’p atomli ideal gaz izobarik ravishda kengayib 500 J ish bajardi. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi necha J ga oshganini toping. A) 500 B) 750 C) 2000 D) 1500 22 / 25 Jism biror balandlikdan boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Biror vaqt momentida tezlik vektori gorizont bilan hosil qilgan burchagining tangensi 2√3 ga teng bo’lsa, shu vaqt momentida ko’chish vektorining gorizont bilan hosil qilgan burchagi kosinusining ikkilangan qiymatini toping. A) 5 B) 3 C) 1 D) 2 23 / 25 Yuk osilgan purjinaning tebranish davri T ga teng. Agar prujinani ikki buklab, o`sha yuk osilsa, uning tebranish davri qanday bo’ladi? A) T/2 B) T C) 4T D) 2T 24 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemada A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish 180 V ga teng bo’lsa, V –voltmeter necha V ko’rsatishini aniqlang. A) 40 B) 30 C) 25 D) 20 25 / 25 Bir jinsli kubning tomoni 2 m ga teng. Agar kubdan rasmda ko’rsatilgandek qilib tomoni 1 m ga teng bo’lgan kubsimon qismi ajratib olinsa, kubning massa markazi necha sm ga siljishini toping. √3 ≈ 1,73 A) 12.36 B) 15 C) 18.42 D) 14.51 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz