Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 199 Ko'rishlar 6 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Akkumulyatorga birinchi ?1 qarshilik ulandi va bunda FIK 27% ekanligi aniqlandi. So’ngra ?1 qarshilikning o’rniga ?2 (?1 ≠ ?2) qarshilik ulanganida tashqi zanjirda ajralayotgan quvvat o’zgarmadi. Ikkinchi holda FIK nimaga (%) teng bo’ladi? A) 73 B) 54 C) 61 D) 45 2 / 25 Prujinali mayatnikning garmonik tebranishida quyida keltirilgan parametrlardan qaysi biri vaqt bo’yicha garmonik o’zgarmaydi? A) Potensial energiya B) To’liq mehanik energiya C) Kinetik energiya D) Prujinaning elastiklik kuchi 3 / 25 Rasmdagi kvadratlarning tomoni 1 sm ga teng. q zaryad 18-nuqtada joylashgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganliklari nisbati E9/E30 nimaga teng? A) 1/20 B) 1/40 C) 20 D) 40 4 / 25 800 g massali yuk prujinaga mahkamlangan bo’lib, x = 0.2sin12t (m) tenglamaga muvofiq garmonik tebranmoqda. Yukning maksimal kinetik energiyasi (J) qanday? A) 3.2 B) 2.3 C) 4.1 D) 1.8 5 / 25 Yuk osilgan purjinaning tebranish davri T ga teng. Agar prujinani ikki buklab, o`sha yuk osilsa, uning tebranish davri qanday bo’ladi? A) 2T B) T C) T/2 D) 4T 6 / 25 Akkumulyatorga tashqi 10 Om qarshilik ulanganida, bu qarshilikdagi quvvat 100 W ga teng bo’ldi. Agar bunda to’la zanjir bo’ylab 110 W quvvat ajralgan bo’lsa, akkumulyatorning ichki qarshiligini (Om) toping. A) 15 B) 10 C) 0.1 D) 1 7 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemada A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish 180 V ga teng bo’lsa, V –voltmeter necha V ko’rsatishini aniqlang. A) 20 B) 40 C) 25 D) 30 8 / 25 Ko’lning qanday chuqurligidagi bosim atmosfera bosimidan 5 marta katta? ? = 10 ?/?^2 A) 40 B) 60 C) 20 D) 50 9 / 25 Vertikal silindrdagi erkin ko`cha oladigan porshen ostida 1 mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200 kPa. Agar gazga 6 kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi? A) 10 B) 24 C) 48 D) 12 10 / 25 Turli ishorali biroq bir xil qiymatdagi 4 nC zaryadga ega bo’lgan ikki nuqatviy zaryad bir – biridan 60 sm masofada joylashgan. Ikki zaryadni tutashtirib turuvchi kesmaning o’rtasida joylashgan nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligining (V/m) qiymatini toping. A) 0 B) 400 C) 200 D) 800 11 / 25 Sig’imi 200 pF ga teng bo’lgan kondensatorga qanday sig’imli (pF) kondensator ketma – ket ulansa umumiy sig’im 40 pF ga teng bo’lib qoladi? A) 160 B) 100 C) 50 D) 40 12 / 25 2 kg massali jism 4 m/s aylana bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan harakat qilmoqda. Davrning to’rtdan bir qismida impulsning o’zgarishini (kg*m/s) toping. A) 8 B) 8√2 C) 0 D) 16 13 / 25 Prujinaga mahkamlangan yukni 7 sm ga cho’zib qo’yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatdan qanday masofada (sm) bo’lganida, sistemaning potensial va kinetik energiyalari teng bo’ladi? √2 ≈ 1.4 A) 7 B) 9.8 C) 3.5 D) 5 14 / 25 Zaryadlari 2, 3, 5, 10 nC va radiuslari mos holda 2R, R, 4R va 3R ga teng bo’lgan sharlar bir-biriga tekkazilib, ajratildi. 4-shar olgan zaryad miqdorini aniqlang(nC). A) 6 B) 5 C) 8 D) Aniqlab bo’lmaydi 15 / 25 Ko’p atomli ideal gaz izobarik ravishda kengayib 500 J ish bajardi. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi necha J ga oshganini toping. A) 750 B) 1500 C) 500 D) 2000 16 / 25 Jism biror balandlikdan boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Biror vaqt momentida tezlik vektori gorizont bilan hosil qilgan burchagining tangensi 2√3 ga teng bo’lsa, shu vaqt momentida ko’chish vektorining gorizont bilan hosil qilgan burchagi kosinusining ikkilangan qiymatini toping. A) 2 B) 1 C) 3 D) 5 17 / 25 Tomoni 10 cm bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jisnli magnit maydonida joylashgan bo’lib, bunda ramkaning normali induksiya vektorlari bilan 60° burchak hosil qiladi. Ramkada hosil bo’ladigan magnit oqimi necha mVb ekanligini toping. A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 18 / 25 40 m balandlikdan gorizontga 30° burchak ostida jism 20 m/s tezlik bilan uloqtirilsa, yerga qancha vaqtda (s) tushadi? A) 4 B) 12 C) 5 D) 3 19 / 25 Yelkalari teng bo’lmagan pallali tarozida yuk ikkala tomonida galma gal tortib ko’rilganida uning og’irligi 20 N va 5 N ga teng bo’ldi. Jismning asl massasini (kg) toping. ? = 10 ?/?2. A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 20 / 25 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan lampochkadan 1 A tok o‘tmoqda. Lampochkada tok bajargan ishning 4% yorug‘lik energiyasiga aylanadi. Lampochkada 0,5 soat davomida qancha yorug‘lik energiyasi (J) tarqaladi? A) 12450 B) 13380 C) 15840 D) 18470 21 / 25 Bir jinsli kubning tomoni 2 m ga teng. Agar kubdan rasmda ko’rsatilgandek qilib tomoni 1 m ga teng bo’lgan kubsimon qismi ajratib olinsa, kubning massa markazi necha sm ga siljishini toping. √3 ≈ 1,73 A) 15 B) 18.42 C) 14.51 D) 12.36 22 / 25 U = 0.05cos300t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga 6 ta kondensator chizmadagidek ulandi. Agar C1 = C2 = C5 = 4 µF, C3 = C4 = C6 = 16 µF bo’lsa, kondensatorlarning qarshiligini (Om) toping. A) 450 B) 625 C) 600 D) 125 23 / 25 Prujinaning bikrligi 300 N/m bo’lib, uni 1:2:3:4 nisbatda bo’linsa eng uzun prujina bo’lagini bikrligini qanday bo’ladi (N/m)? A) 120 B) Aniqlab bo’lmaydi C) 75 D) 750 24 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=17 m bo’lsa, koptok yerga urilgunicha o’ng devor bilan necha marta to’qnashadi? Barcha to’qnashishlar absolyut elastik deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 5 B) 4 C) 8 D) 2 25 / 25 Harorati -5℃ bo’lgan 2 kg muzni butunlay eritish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) kerak bo’ladi?Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, muzning solishtirma issiqlik sig’imi 2100 J/(kg·К). A) 121 B) 741 C) 542 D) 681 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Fizika olimpiada №6