Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №1 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 599 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 4 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo'yicha geterozigotali bo'ladi? A) 24 ta B) 48 ta C) 72 ta D) 12 ta 2 / 30 Zirhlilarga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 2,3,4,5 B) 1,3,4 C) 2,3,4,6 D) 6,2,4, 3 / 30 Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi Sochi sariq va to'lqinsimon bo'lgan ayol sochi qora va to'lqinsimon bo'lgan erkakka turmushga chiqqan Bu oilada tug’ilish ehtimoli bo'lgan farzandlarning necha foizi birinchi belgi bo'yicha geterozigotali bo'lishini aniqlang. A) 50 B) 37,5 C) 12,5 D) 75 4 / 30 Kallimaga xos ma'lumotlarni tanlang. 1) tangachaqanotlilar turkumiga mansub; 2) chumchuqsimonlar turkumiga mansub; 3) lichinkasida soxta oyoqlari bor; 4) traxeyalar orqali nafas oladi; 5) o’pkasi orqali nafas oladi; 6) ayirish sistemasi malpigi naychalaridan iborat, 7) qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o’xshash A) 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 7 C) 1, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5 5 / 30 Maxsar o’simligiga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio’tdoshlar oilasiga mansub 3) gultojisi naysimon; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o simlik; 6) moyli o simlik A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,4,6 D) 2,4,6 6 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi birinchi belgi bo'yicha gomozigotali dominant bo'ladi? A) 24 ta B) 12 ta C) 48 ta D) 72 ta 7 / 30 Magnoliyasimonlarga mansub o'simliklarni aniqlang. A) sachratqi, tamak B) lola, bangidevona C) shirach, olg'i D) bo’yimodaron, xolmon 8 / 30 DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang. A) 45080,6 A; 34941 B) 13259 A; 45080 C) 34941 A; 2843 D) 45980 A; 8672 9 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug'ilgan farzandlar necha foizining qon guruhi I va II bo'lishi ehtimolini mos ravishda toping A) 50, 25 B) 0, 100 C) 25, 50 D) 50, 50 10 / 30 Kartoshka tugunagining ko'k-binafsha rangini dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlaming faoliyati dominant H geni bo'lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil-binafsha rang bo'ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilgan. Olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi? A) 100 B) 75 C) 50 D) 25 11 / 30 Ayrim hayvonlarda tovush kuchaytirgich vazifasini bajaradigan organlarini belgilang. 1) chirildoqning mo‘ylovlari; 2) baliqning yon chiziqlari; 3) baliqning suzgich pufagi; 4) baqaning o‘rta qulog‘i; 5) baqaning rezonatorlari; 6) erkak arining xartumchasi A) 3,4,5 B) 1,3,4 C) 3,4,6 D) 2,3,5 12 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 256 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 5 va 3 B) 4 va 2 C) 2 va 1 D) 4 va 3 13 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan o'g'il bolalardan necha foizi I qon guruhli va ikkala belgi bo'yicha sog'lom bo'lish ehtimolini toping. A) 75 B) 0 C) 25 D) 50 14 / 30 DNK molekulasida 2638 ta guanin bor. Guanin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % tashkil etadi. DNK molekulasida jami nechta nukleotid bor. A) 10552 B) 15828 C) 5276 D) 7914 15 / 30 Patsimon barg (a) va gul urug chisining tumshuqchasi patsimon (b) tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar guruhini belgilang. 1) yeryong'oq; 2) shoyi akatsiya; 3) sholi; 4) oqjo'xori; 5) achambiti; 6) sachratqi; 7) totem. A) a-1,5,7; b-3,4 B) a-2,7; b-3,4 C) a-1,2; b-3,4,6 D) a-1,2,5; b-3,4,6 16 / 30 DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo'lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta S bor. Shu DNK molekulasida nechta nukleotid bor A) 12800 B) 1800 C) 3600 D) 900 17 / 30 Maxsar o’simligiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio’tdoshlar oilasiga mansub 3) gultojisi naysimon; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o simlik; 6) moyli o simlik A) 1,4,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 2,3,5 18 / 30 Quyidagi organizmlar orasidan fototroflarni ajrating. 1) chetan; 2) nitrifikatorlar; 3) kallima; 4) repishka; 5) arixo’r; 6) kalina; 7) qizilquyruq; 8) termit A) 1, 6 B) 1, 2, 5, 7 C) 3, 6 D) 3, 5, 7, 8 19 / 30 Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang A) urg'ochisida 1 ta tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar B) urg'ochi va erkagida bir juftdan tuxumdonlar va urug'donlar C) urg'ochisida ko'p tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar D) germofrodit, ko'p sonli tuxumdon va urug'donlar 20 / 30 Nazariyalarni ularni kashf etgan olimlar bilan juftlab ko'rsating. 1) mutatsion nazariya; 2) halokatlar nazariyasi; 3) filoembriogenez; 4) hayotning biokimyoviy evolutsiya nazariyasi; a) A.I.Oparin; b) J.Kuvye; c) G.De Friz; d) A.N.Seversov; e) Y.Xoldeyn. A) 1-a, e; 2-c; 3-b; 4-d B) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c C) 1-b, c; 2-a; 3-a; 4-e D) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a, e 21 / 30 Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avloddagi uzun quloqli qo'ylar sonini va foizini aniqlang. A) 14 ta; 50 B) 7 ta; 25 C) 28 ta; 100 D) 21 ta; 75 22 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o simliklardan nechtasi ikkinchi belgi bo'yicha gomozigotali dominant bo'ladi? A) 72 ta B) 24 ta C) 48 ta D) 12 ta 23 / 30 Alqor o'simligiga xos xususiyatlarni aniqlang 1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio'tdoshlar oilasiga mansub; 3) gultojisi erkin; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o’simlik; 6) moyli o’simlik A) 1,3,5 B) 1,4,6 C) 2,3,5 D) 2,4,6 24 / 30 DNK molekulasida 630 juft adenin bor. Guanin umumiy nukleoidlarni 30% ini tashkil etadi. Shu DNK molekulasidagi sitozinlar sonini toping. A) 1890 B) 3780 C) 945 D) 1260 25 / 30 Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida retsessiv belgili farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz? A) 25 % B) 75 % C) 0 % D) 100 % 26 / 30 Jigar bezi rivojlanmagan organizmlami aniqlang. A) lansetnik, jigar qurti, gambuziya B) lansetnik, suv shillig'i, cho'rtan C) suv shillig'i, treska, askarida, planariya D) jigar qurti, tasmasimon chuvalchang 27 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan qiz bolalardan necha foizi II qon guruhli hamda daltonizm va albinizm bo'yicha kasal bo'lish ehtimolini toping A) 55 B) 25 C) 0 D) 50 28 / 30 DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo’lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta sitozin bor. Shu DNK molekulasining bir ipidan sintezlangan i-RNK ning uzunligi necha nm. A) 1213 B) 1213 C) 612 D) 112 29 / 30 Yalqovga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 2,3,4,5 B) 1,3,4 C) 2,3,4,6 D) 2,4,6 30 / 30 Kiyiko’t o’simligiga tegishli ma’lumotlar keltirilgan javobni aniqlang. A) guli qiyshiq, bargi novdada ketma-ket joylashgan B) manzarali, mevasi iste’mol qilinadi, guli to'g'ri C) guli qiyshiq, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan D) guli to’g’ri, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz