Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 252 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Asosiy yumushing shuki, boshliqning buyruqlarini bajarasan. Qo'shma gap turini aniqlang? A) hol ergash gapli qolshma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap 2 / 30 Quyidagi berilgan tez aytishning qaysi birida ravish ishtirok etmagan? A) Hali, Vali, Soli sholi o`rdi. B) Norning nordon anori narida. C) O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rdi. D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. 3 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) tomosh.., mardonav..r, devonav..r B) taq..zo, taks..motor, par..voz C) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli D) z..mon, s..vol, j..vob 4 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… B) Bu darddan qora boshim oqardi C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi 5 / 30 Shaxs yoki narsalarni bir- biri bilan qiyoslash ma`nosini qaysi kelishik shakli ifodalashi mumkin? A) qaratqich kelishigi B) jo`nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) chiqish kelishigi 6 / 30 Qaysi ko`makchilar yo`nalish ma`nosini ifodalaydi? A) bo`ylab, sari B) uchun, sababli C) tufayli, uchun D) qadar, tomon 7 / 30 Bir asrcha muqaddam yozilgan bo`lsa-da, mustaqil O`zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan “Boshlar uzra soya salqin, Humo yetkur” misralari qaysi shoir she’ridan o`rin olgan? A) Zavqiy B) Hamza C) Avloniy D) Cho`lpon 8 / 30 Qaysi javobda Cho`lponning “Kecha va kunduz” romani qahramonlari to`g`ri ko`rsatilgan? A) Ostonaqul, Anvarbek, Xadicha B) Zebi, Miryoqub, Hasanali C) Enaxon, Xolmat, Sultonxon D) Akbarali mingboshi, Miryoqub, Ra’no 9 / 30 Navoiy "Xamsa"ning qaysi qahramonini "bir yilda Qur`oni karimni yod oldi", deydi? A) Farhodni B) Shayx Roziyni C) Shayx San`onni D) Qaysni 10 / 30 "Alpomish" dostonida Alpomish tomonidan Barchinga sovchi bo`lib borgan kim edi? A) Alpomishning onasi B) Alpomishning o`zi C) Qorajon D) Qaldirg`och oyim 11 / 30 Qaysi maqoldagi so`zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok etmagan? A) Sinamagan otning sirtidan o`tma! B) Ayibsiz do`st axtargan do`stsiz qolar. C) Maqtanma g`oz, hunaring oz! D) O`ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. 12 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta4 ta D) 1 ta 13 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) faqat, o`zga, boshqa B) boshqa, tashqari, bo`lak C) so`ng, keyin, nari D) buyon, beri, burun 14 / 30 Nutq tovushlari tizimini tilshunoslikning qaysi bo`limi o`rganadi? A) fonetika B) orfografiya C) grafika D) orfoepiya 15 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 16 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Hayrat ul-abror" B) "Saddi Iskandariy" C) "Mahbub ul-qulub" D) "Mezon ul-avzon" 17 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi B) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi C) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi D) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar 18 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Tunyuquq bitiktoshidan B) “Devonu lug`atit-turk” asaridan C) Kul Tigin bitiktoshidan D) “Qutadg`u bilig” dostonidan 19 / 30 Qaysi javobda omonim asosga omonim qo`shimcha qo`shilishidan hosil bo`lgan shakldoshlik xususiyatiga ega bo`la oladigan so`z(lar) berilgan? 1) tilim; 2) bo`g`ma; 3) kechik; 4) oqar A) 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4 20 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`z qanday bo`lak vazifasida kelgan? Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog`i yo`q. A) qaratqich aniqlovchi B) murakkab ot kesim C) ega D) sifatlovchi aniqlovchi 21 / 30 Uslubiy betaraf so`zlarni belgilang. A) futbol, kurash, shaxmat B) traktor, plug, mufta C) go`sht, gap, choyxona D) ega, gap, undosh 22 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. B) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. C) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. D) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. 23 / 30 So`zning yumshog`i g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`i esa odamni o`ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinishi hodisasi so`zga qanday qo`shimcha(lar) qo`shilishi natijasida yuz bergan? 1) so`z yasovchi qo`shimcha; 2) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha 3) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 2,3 24 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) O`tkir Hoshimov B) Tohir Malik C) Ozod Sharafiddinov D) Shukur Xolmirzayev 25 / 30 Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o`zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuv so`z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 26 / 30 Berilgan qaysi gap tarkibida fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud? A) Barcha javoblara fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud B) O`g`lim, unutmaginki, yoqimli do`st suhbati olis yo`lni yaqin qiladi. C) Barmog`ida sarg`ish, ko`kimtir bo`yoq izlari bor ediwd D) Uning chaqnoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi. 27 / 30 Qayidagi misrada qo`llanilgan san`at turini aniqlang G`uncha sevunub to`niga sig`mas, O`xshatsam o`qung boshoqi birla. A) tajnis B) talmeh C) tazod D) tashxis 28 / 30 Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. A) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan B) aniqlovchi ibora bilan ifodalangan C) barcha aniqlovchilar sodda yasamadir D) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan 29 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi B) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi C) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi D) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar 30 / 30 Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan? A) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar B) oynayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar C) oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar D) oynai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2