Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika mavzulashtirilgan » 9-sinf Informatika » 9-sinf Informatika №18 9-sinf Informatika 9-sinf Informatika №18 InfoMaster Dekabr 21, 2022 151 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №18 IV BOB. DASTURLASH ASOSLARI 28-dars. PYTHONDA O‘ZGARUVCHILARNI TAVSIFLASH 1 / 25 1. Mantiqiy o‘zgaruvchi deganda nimani tushunasiz? A) “Rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi B) Faqat “yolg‘on” qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi C) Bir nechta sodda mulohazalardan tuzilgan mulohazalar tushuniladi D) Faqat “rost” qiymatni qabul qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar tushuniladi 2 / 25 2. A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi mulohaza.......diyiladi. A) Mantiqiy inkor amali deyiladi. B) Mantiqiy implikatsiyasi amali deyiladi. C) Mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi. D) Mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi. 3 / 25 3. Quyidagi mantiqiy bog‘lovchi nomini toping. “∨” A) Dizyunksiya B) Implikatsiya C) Ekvivalensiya D) Konyunksiya 4 / 25 4. Quyidagi rasmdan Invertor va Konyunktor sxеmasi toping. A) 3,4 va 1,6 B) 2,4 va 1,6 C) 3,5 va 1,6 D) 3,4 va 2,6 5 / 25 5. Quyidagi sxemadan foydalanib natijani aniqlang. A=1, B=0, C=0, D=0 A) Yolg'on B) Rost 6 / 25 6. Qaysi bosqichda: Dasturlash tili yordamida tuzilgan dastur kompyuter xotirasiga kiritiladi. A) 4-bosqichda B) 6-bosqichda C) 3-bosqichda D) 5-bosqichda 7 / 25 7. Model so’zi qanday ma’noni anglatadi? A) Grekcha – takrorlovchi B) Lotincha – modules – o’lchov, meyor C) Yunoncha – ijrochi ma’nosi D) Inglizcha – modules – o’lchov, meyor 8 / 25 8. Algoritimning “Aniqlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart. B) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. C) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. D) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. 9 / 25 9. Quyidagi blokning nomi toping. A) O‘zlashtirish bloki B) Xabarlarni chop etish bloki C) Sikl bloki D) Qism dastur bloki 10 / 25 10. Sodda mulohazalarning inkori deb qanday mulohazaga aytiladi? A) Bеrilgаn А mulоhаzаga “emas” shaklidagi to‘liqsiz fe’lni qo‘shish orqali hosil qilingan yangi mulohazaga B) Ikkita sodda mulohazaning “va” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga C) Ikkita sodda mulohazaning “yoki” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga D) implikatsiyasi 11 / 25 11. Chiziqli algoritm deb... A) shart bajarilgungacha takrorlanadigan jarayonlarga aytiladi. B) barcha ko‘rsatmalari 10 martta bajariladigan jarayonlarga aytiladi. C) Batcha javob to’g’ri D) barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi. 12 / 25 12. Quyidagi algoritm natijasini toping. A) 13 B) -3 C) -34 D) 11 Ushbu blok-sxema qanday natija chiqarishini aniqlaymiz. Boshlang‘ich qiymatlar: S = 0 A = -6 Takrorlanuvchi jarayon: S = A - S A = A + 2 A > 9 shart tekshiriladi. Agar Yo‘q, jarayon yana davom etadi. Agar Ha, S chiqariladi. Hisob-kitobni bajaramiz: A S = A - S A = A + 2 -6 -6 - 0 = -6 -6 + 2 = -4 -4 -4 - (-6) = 2 -4 + 2 = -2 -2 -2 - 2 = -4 -2 + 2 = 0 0 0 - (-4) = 4 0 + 2 = 2 2 2 - 4 = -2 2 + 2 = 4 4 4 - (-2) = 6 4 + 2 = 6 6 6 - 6 = 0 6 + 2 = 8 8 8 - 0 = 8 8 + 2 = 10 Endi A > 9 sharti haqiqat bo‘ldi (10 > 9).Shu paytda S ning qiymati: 8. Natija: 8 ✅ 13 / 25 13. Quyidagi algoritm natijasini toping. A) 8 B) 0 C) 4 D) -6 14 / 25 14. Kompyuter dasturi –... A) biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami. B) dastur tuzuvchi shaxs. C) kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni. D) biror maqsadga erishish yo’lida bajariladigan ketma-ketliklar 15 / 25 15. Interfaol web-saytlarni yozish uchun mo‘ljallangan tilni toping. A) С B) SCRATCH C) JAVASCRIPT D) JAVA 16 / 25 16. Paython dasturida quyidagi kod natijasini toping: print(‘Salom’) A) Salom B) salom C) Xatolik chiqadi D) SALOM 17 / 25 17. Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilarga ta’rif bering. A) o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi. B) faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. C) To’g’ri jabov yo’q D) o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. 18 / 25 18. Python dasturlash tilida o‘zgaruvchining nomida qaysi belgilarni ishlatish mumkin emas. A) / B) # C) @ D) – 19 / 25 19. Pythonda quyidagi kod natijasini toping: a = 6 b = a a = 10 c = a - b print(c) A) 4 B) 10 C) 6 D) 16 20 / 25 20. Python dasturlash tilida Doimiy (o‘zgarmas)larga ta’rif bering. A) To’g’ri jabov yo’q B) o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi. C) o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. D) faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. 21 / 25 21. Python dasturlash tilining alifbosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. (Bir nechta javob belgilash mumkin.) A) Arab raqamlari B) Maxsus belgilar C) Xizmatchi so‘zlar D) Katta va kichik lotin harflari 22 / 25 22. Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilarni e’lon qilishda katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadimi? A) Ha B) Yo’q 23 / 25 23. Pythonda quyidagi kod natijasini toping: a = 6 b = a a = 10 c = a + b print(c) A) 16 B) 10 C) 4 D) 6 24 / 25 24. Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilarni nomi raqamdan boshlanishi mumkinmi? A) Yo’q B) Ha 25 / 25 25. Python dasturlash tilida o‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkinmi? A) Yo’q B) Ha 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-sinf “Kiritish qurilmalari va ularning qo‘llanishi”