Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 215 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust A) 1 tur B) 3 tur C) 2 tur D) 5 tur 2 / 25 2. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 2, 6, 8 B) 3, 4, 5, 8 C) 3, 7, 8, 9 D) 1, 3, 5, 9 3 / 25 3. Batsilla hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) endoplazmatik to’r; 4) plastida; 5) go’lji; 6) plazmida; 7) sentriola A) 2, 5 B) 6, 7 C) 1.6 D) 3, 4 4 / 25 4. Emuni embrional rivojlanishiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 2,3,4 B) 1,2,5 C) 1,2,6 D) 3,4,6 5 / 25 5. Osiyo chigirtkasi (a) tunlam(b) kolorado(c) zarar keltiradigan oilalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan juftlab ko`rsating? 1.ostgulkosachasining bo`lishi; 2.gajak to`pgulli; 3.ostki va ustki gul qipig`iga ega; 4.barg navi; 5.barg qini; 6.changchi iplari urug`chini o`rab turishi; 7.o`troq changchili bo`lishi; 8.urug`chi tumshuqchasi patsimon shoxlanganligi. A) a-3,5,8; b-1,6; c-2,7 B) a-3,5,8; b.1,7; c-2,6 C) a-3,4,8; b-1,6; c-2,7 D) a-1,6; b-3,4,8; c-2,7 6 / 25 6. Qaysi javobda qizilto‘sh yuragining o‘ng yurakbo‘lmasida (a), chap yurak bo‘lmasida (b), chapqorinchada (c) va o‘ng qorinchada (d) qanday qon bo‘lishito‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) arterial; 2) venoz; 3) aralash. A) a-1, b-2, c-3, d-1 B) a-2, b-1, c-1, d-3 C) a-2, b-1, c-1, d-2 D) a-1, b-2, c-1, d-2 7 / 25 7. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. . A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1,4, 6, 7, 9 C) 2, 3, 5, 8, 10 D) 2,4, 6, 8, 10 8 / 25 8. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 3.4 B) 2.5 C) 5.6 D) 2.3 9 / 25 9. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari. A) 3,4, 8 B) 5, 6, 7 C) 1, 2, 8 D) 3, 4, 6 10 / 25 10. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi. A) a-1, 2, 4; b-5, 1, 8, 7; c-10, 3, 9, 6 B) a-lv2,4, 10; b-1, 5, 7, 8; c-3, 9, 6 C) a-9, 2, 3, 4; b-9, 5, 7, 8; c-1, 3, 6 D) a-1, 2,4; b-5, 1, 8, 7, 10; c-3, 9, 6 11 / 25 11. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi. A) 1, 4, 6, 8, 9 B) 1,4, 6, 7, 8 C) 2, 4, 5, 8, 9 D) 2, 3, 5, 9, 10 12 / 25 12. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang. A) a-2, b-1080 B) a-8, b-8640 C) a-7, b-5040 D) a-5, b-2700 13 / 25 13. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga. A) a-1, 3, 4,7,8; b-2, 5, 6, 9,10, 11 B) a-1,4, 7, 8,11; b-2, 3, 5, 6, 9, 11 C) a-1, 3,4,7,8, 11; b-2, 5, 6,9, 10 D) )a-1, 3, 7, 8; b-2,4, 5, 6, 9, 10, 11 14 / 25 14. Xo`rozlarning bo`ynida patning bo`lmasligi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-rekombinativ B) fenotipik-ontogenetik C) genotipik-mutatsion D) fenotipik-modifikatsion 15 / 25 15. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i A) 1,3,6,7,9 B) 2,5,4,8,9 C) 1,9,3,2,7 D) barchasi 16 / 25 16. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 1, 2, 6, 10 B) 3, 5, 7, 9 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 5, 8, 9 17 / 25 17. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi? A) a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal B) a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal C) a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal D) a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal 18 / 25 18. Qaysi javobda oshqozoni to‘rt kamerali tuyoqli hayvonlarto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) arxar; 2) maral; 3) zubr; 4) qulon; 5) g‘izol; 6) tapir;7) muflon; 8) tarpan; 9) bizon; 10) xongul; 11) karkidon;12) sayg‘oq. A) 2, 5, 7, 9, 12 B) 1, 3, 6, 8, 11, 12 C) 3, 6, 7, 8, 10 D) 1, 4, 5, 9, 11 19 / 25 19. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 5, 6 C) 2, 5, 7 D) 1, 2, 7 20 / 25 20. Mitozni anafazasi va meyozni anafaza II si uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.bo`linish urchug`ini qisqarishi 2.xromatinlarni mustaqil xromosomaga aylanishi 3.xromosoma va xromatinlar sonini tenglashishi 4.o`ng qutubga tarqalayotgan ota va onani xromosomasini teng bo`lishi 5. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni bittadan bo`lishi 6. qutubga tarqalayotgan xromosomlar barchasi bir-birga nogomologik bo`lishi 7. qutubga tarqalayotgan xromosomalarda xromatinlarni ikkitadan bo`lishi 8.2n2c bo`lishi 9.bir-birga o`xshash xromosomalarni 4 tadan bo`lishi A) 6,8,4,9 B) 8,9,2,4 C) 7,6,3,4 D) 4,5,7,9 21 / 25 21. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang. A) 2 B) 8 C) 4 D) 6 22 / 25 22. Xorda butun umri davomida saqlanadigan umurtqalilarni toping? 1.beluga; 2.latcha; 3.oq amur; 4.qizilquyruq; 5.agama; 6.gekkon; 7.lansetnik; 8.oqbiqin; 9.strelyad A) 1,4,3,7 B) 7 C) 1,7,9 D) 8,9,7,1 23 / 25 23. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi A) a-3,4,5 b-1,2,6 B) a-3,2,6 b-1,4,5 C) a-1,2,5 b-3,4,6 D) a-4,5,6 b-1,2,3 24 / 25 24. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 128 B) 512 C) 256 D) 64 25 / 25 25. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 2; b - 1; с - 5 B) a - 4; b - 5; с – 2 C) a - 4; b - 6; с – 5 D) a - 3; b - 4; с - 1 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6