9-sinf Biologiya olimpiada №2

2

9-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan?

2 / 25

2. Nastarin qaysi jihatlari bilan tokdan farq qiladi?

1) urug‘lanishdan so‘ng meva hosil qilishi; 2) gullarining qiyshiqligi; 3) ro‘vak to‘pgul hosil qilishi;    4)barglarining novdada joylashuvi; 5) poyasining yog‘ochlashganligi

3 / 25

3. Hidni yaxshi ajrata olmaydigan,jish bolalaydigan yirtqichlarni ajrating 1) lochin; 2) korsak; 3) yaguar; 4) qarchig`ay; 5) latcha; 6) silovsin; 7) sarisor; 8) bo`rsiq.

4 / 25

4. Qaysi javobda hasharotlarga mansub bo‘lgan entomofaglar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) ninachi; 2) falanga; 3) zlatka; 4) tugmacha qo‘ng‘iz;5) tillako‘z; 6) chigirtka

5 / 25

5. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang. 1) 1 gr yog‘ paj-chalanganda 9,3 kj energiya ajraldi; 2) shartli refleks hosil bo‘lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi bo‘lishi kerak; 3) oqimtir yadro targ‘il tana ishi boshqaradi; 4) gipogiz funksiyasi o‘rta miyadagi gipotalamusdan ajralgan neyrogormon-lar ta’sirida boshqariladi; 5) qo‘l kafti suyaklari 15-16 yoshda suyaklanib bo‘ladi; 6) vazopressin garmoni yurak ishi tezlatib qon bosimini tushiradi; 7) bir sutkada 1200-1500 ml limfa hosil bo‘ladi; 8) terining derma qavatida yog* bezlari bo'ladi; 9) hid bilish retseptorlari soni 30-40 mln. atrofida; langergans orolchalarida insulin fermenti sinezlanadi.

6 / 25

6. Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.

7 / 25

7. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi?

8 / 25

8. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

9 / 25

9. Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz

10 / 25

10. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating?

11 / 25

11. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya

12 / 25

12. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi

13 / 25

13. i-RNK da U-25% va A-15% bo`lsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.

14 / 25

14. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6) qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

15 / 25

15. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?

16 / 25

16. Dengiz mushugi (a) va tulen (b) bolalari uchun xosxususiyatlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) qishda tug‘iladi; 2) terisi oq jun bilan qoplangan; 3) terisiqora jun bilan qoplangan; 4) yoz boshlarida tug‘iladi;5) momiq juni dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng suzaboshlaydi; 6) suza boshlagandan so‘ng dag‘al juni momiq junbilan almashinadi

17 / 25

17. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon

18 / 25

18. To‘g‘ri rivojlanuvchi germafrodit (a) va noto‘g‘ri (b) rivojlanuvchi ayrim jinsli organizmlarni aniqlang. 1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) qizil chuvalchang; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsiya; 7) triton; 8) rishta

19 / 25

19. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi?

20 / 25

20. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq.

21 / 25

21. Mitoxondrada kechuvchi energiya almashinuviga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang

22 / 25

22. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar.

23 / 25

23. Sekvoyadendronda struktura, xolmonda energetik, qashqaldoqda quvvat, vertitsillda struktura vazifasini bajaradigan gomopolimerlar qaysi javobda to`g`ri tartibda berilgan?

24 / 25

24. To`pguli shoxlangan gulpoyaga ega bo`lmagan o`simliklar qatorini tanglang? 1) nastarin; 2) qurttana; 3) bodiyon; 4) zubturum; 5) olcha; 6) oqqayin; 7) bo`tako`z; 8) qashqarbeda.

25 / 25

25. Faqat o‘ng yarim sharda (a), chap yarimsharda (b) va ikkala yarim sharda ham uchraydigan nerv markazlari juftlang. hid bilish; 2) siypalash (o‘ng qo‘l); 3) o‘qish; 4) eshitish; 5) moljal olish (o‘zi turgan joyni aniqlash); 6) hisoblash; 7) yozuv(o‘ng qo‘l); 8) ko‘rish; 9) siypalash (chap qoi); ohang, intonatsiya; 11) gapirish; 12) geometrik shakllarni aniqlash markazi.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0