Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 11-sinf Kimyo olimpiada №1 Kimyo olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Kimyo olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 56 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi? A) H₂S₂O₃ B) H₂SO₄ C) H₂S₂O₆ D) H₂S₂O₈ 2 / 25 2. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang. A) HF B) Fe C) O2 D) H2O 3 / 25 3. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang. A) propanal B) butanal C) atsetaldegid D) formaldegid 4 / 25 4. O‘ng tomondagi rasmlarda CH3CH2F → CH2=CH2 + HF reaksiya uchun tegishli ma’lumotlar keltirilgan: R – tegishli yadrolar orasidagi masofa, ∆R – yadrolar orasidagi masofaningboshlang‘ichga qaraganda qanchaga o‘zgarishini bildiradi. RHF, RCM va RCC masofalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini (A, B, C, D) aniqlang. A) RHF – B, RCM – C, RCC - A B) RHF – B, RCM – D, RCC - C C) RHF – D, RCM – A, RCC – C D) RHF – A, RCM – D, RCC - B 5 / 25 5. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) 2 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 6 / 25 6. Etilatsetat (CH3COOC2H5) belgilangan kislorod tutuvchi suv (H218O) bilan gidrolizlansa, qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi? A) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅¹⁸OH B) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅OH C) CH₃COOH va C₂H₅¹⁸OH D) CH₃COOH va C₂H₅OH 7 / 25 7. Qaysi qatorda Cu+ ionining elektron konfiguratsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? ⁴⁵⁷⁸ ¹ A) 1s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° B) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° C) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s¹ D) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s² 8 / 25 8. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi? A) 224 ml B) 112 ml C) 28 ml D) 56 ml 9 / 25 9. AlCl3 suyuqlanmasi 6,4 A tok kuchi bilan 30 minut davomida elektroliz qilinganida katodda hosil bo‘ladigan metallning massasini (g) aniqlang. A) 1.79 B) 3.21 C) 1.07 D) 5.37 10 / 25 10. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring. A) z = x∙y B) z = x²∙y C) z = 2x + y D) z = x + y 11 / 25 11. 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3CO2 Ushbu jarayon qaysi moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi? A) alyuminiy(III) sulfid va kaliy karbonat B) alyuminiy(III) gidroksid va karbonat kislota C) alyuminiy(III) sulfat va natriy karbonat D) alyuminiy(III) xlorid va karbonat kislota 12 / 25 12. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi A) 1-b, 2-a B) 1-c, 2-b C) 1-a, 2-a D) 1-a, 2-b 13 / 25 13. 25°C da 100 g suvda 0,17 mg AgCl erishi ma’lum bo‘lsa, erish reaksiyasining (AgCl ↔ Ag+ + Cl-) muvozanat konstantasini hisoblang. Tuz qo‘shilganida suvning hajmi o‘zgarmaydi deb qarang. A) 3·10⁻¹⁰ B) 1·10⁻¹³ C) 1·10⁻¹⁰ D) 1·10⁻¹⁴ 14 / 25 14. Havodagi azotning sanoatda o‘zlashtirilishi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshadi: N2 → NH3 → NO → NO2 → HNO3 → NH4NO3. Sxemadan ayon bo‘lyabdiki, ammoniy nitrat tarkibidagi ham ammoniy kationi, ham nitrat anioni havo tarkibidagi azotdan hosil bo‘lmoqda. 1 tonna ammoniy nitrat sintez qilish uchun qancha m3 (n.sh.da) havoni qayta ishlash kerak? (Havodagi azotning hajmiy ulushini 80% deb qarang) A) 350 B) 250 C) 450 D) 550 15 / 25 15. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 7/2 B) 1/1 C) 5/2 D) 3/2 16 / 25 16. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang. A) 0.833 B) 3.75 C) 0.625 D) 0.025 17 / 25 17. PZR (Polimerazali Zanjir Reaksiyasi) (COVID-19 pandemiyasida barchaga tanilib ulgurgan!) usulida DNK molekulasidan juda ko‘p marotaba nusxa olinadi. 1-siklda 1 ta DNK dan 1 ta nusxa, 2-siklda 2 ta DNK: har biridan 1 tadan, jami 2 ta nusxa, 3-siklda 4 ta DNK dan jami 4 ta nusxa olinsa, DNK molekulalari soni 100 tadan oshishi uchun nechanchi siklni bajarish kerak? A) 9 B) 7 C) 8 D) 6 18 / 25 18. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J) 235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol A) 3,58 B) 6,26 C) 2,49 D) 4,86 19 / 25 19. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi? A) 13.6 B) 6.8 C) 40.8 D) 10.2 20 / 25 20. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi? A) 2-metilbutan B) 2-brom-3-metilbutan C) 2-brom-2-metilbutan D) 2,3-dibrom-2-metilbutan 21 / 25 21. Quyidagi moddalardan qaysilari natriy bilan ta’sirlashib gaz ajrata oladi: 1) etilen 2) etanol 3) sirka aldegidi 4) fenol 5) sirka kislotasi? A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 5 D) 4, 5 22 / 25 22. Butenning izomerlaridan biriga kislotali sharoitda suv biriktirilganida oksidlovchilar bilan ta’sirlashmaydigan spirt hosil bo‘ladi. Uglevodorodni aniqlang. A) buten-2 B) metilsiklopropan C) 2-metilpropen D) buten-1 23 / 25 23. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang. A) 1001 B) 1000 C) 999 D) 1002 24 / 25 24. 19,2 g kalsiy karbididan qancha hajm (ml) benzol (ρ = 0,876 g/ml) olish mumkin? Har bir bosqichning reaksiya unumi 50%. A) 2,326 ml B) 4,236 ml C) 3,236 ml D) 2,226 ml 25 / 25 25. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang. A) 12 B) 7.2 C) 16 D) 9.6 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz