10-sinf Kimyo olimpiada №1

0

10-sinf Kimyo olimpiada №1

2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang.

2 / 25

2. Quyida ba’zi reaksiyalarning issiqlik effektlari keltirilgan:

C(grafit) + ½O2 = CO + 110,5 kJ/mol

C(grafit) + O2 = CO2 + 393,5 kJ/mol

Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, {CO + ½O2 = CO2} reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang.

3 / 25

3. Suvda amalga oshuvchi H2O ↔ H+ + OH- reaksiyaning muvozanat konstantasi (Kw) 25°C da 1,0∙10-14 ga, 100°C da esa 5,5∙10-13 ga teng. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, reaksiyaning issiqlik effekti (1) va 100°C dagi neytral suvning pH ko‘rsatkichini (2) aniqlang. (a) – ekzotermik; (b) – endotermik; (c) – 7,0; (d) – 6,1

4 / 25

4. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang.

5 / 25

5. Tarkibida massa bo‘yicha 6,67% vodorod saqlovchi binar tuz qizdirilsa, portlab ketadi va hech qanday qattiq qoldiq qolmaydi. Tuzning kimyoviy formulasini aniqlang.

6 / 25

6. Agar mis(II) sulfat eritmasi misli elektrodlar bilan elektroliz qilinsa, katodda mis to‘planadi. Anodda qanday jarayon amalga oshishini tushuntiring.

7 / 25

7. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak?

8 / 25

8. FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda titrlash uchun 0,1 N K2Cr2O7 eritmasidan 5,7 ml sarflandi. Xuddi shuncha FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda noma’lum konsentratsiyali KMnO4 eritmasi bilan titrlash uchun esa permanganat eritmasidan 6,1 ml sarflangan bo‘lsa, KMnO4 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang.

9 / 25

9. Quyidagi keltirilgan kvant sonlarining qaysi kombinatsiyasi bitta elektronga tegishli bo‘la olmaydi?

10 / 25

10. NO3-+ xH+ + ye- = NH4+ + zH2O yarim-reaksiyadagi x,y,z koeffisientlarni aniqlang. (Barcha koeffisientlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirdagina javob inobatga olinadi)

11 / 25

11. Vodorod – 1H, 2H, 3H, jami 3 ta, xlor esa 35Cl va 37Cl, jami 2 ta izotopdan iborat ekanligini inobatga olib, izotop tarkibi bilan farq qiladigan jami necha xil HCl molekulalarini hosil qilish mumkinligini ayting.

12 / 25

12. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang.

13 / 25

13. Mis sulfatning 90°C dagi to`yingan 200 g eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho`kmaga tushadigan CuSO4∙5H2O ning massasini hisoblang. S (90°C) = 40, S (30°C) = 20. (S – 100 g suvda necha g tuz erishi mumkinligini ko‘rsatadi)

14 / 25

14. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi?

15 / 25

15. {A + B ↔ C + D} reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganida muvozanat konstantasi (K) quyidagicha aniqlansa: ?uni to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari orqali ifodalashga urinib ko‘ring.

16 / 25

16. 0°C dagi muz 0°C dagi suyuq suv bilan muvozanatda turgan paytda bosimni oshirsak, nima sodir bo‘ladi?

17 / 25

17. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish

18 / 25

18. 1,7% 500 g kumush nitrati eritmasi eritma massasi 4,64 g ga kamaygunicha elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.

19 / 25

19. 4,2% 100 g natriy gidrokarbonat eritmasi qilzdirildi. Reaksiya to‘liq yakunlanganidan keyin eritmadagi tuzning massa ulushi necha foiz bo‘ladi? Tajribada suvni bug‘lanmaydi deb qarang.

20 / 25

20. Elektron yuqoriroq orbitadan pastrog‘iga tushsa, energiya kvanti … Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.

21 / 25

21. 0,050 M 10,0 ml sulfat kislota eritmasi 0,025 M NaOH bilan fenolftalein ishtirokida titrlanyapti. Sarflangan titrantning hajmi 35,0 ml ga yetganida eritmaning rangi qanday bo‘ladi?

22 / 25

22. 18,5 g so‘ndirilgan ohak olish uchun necha g ohaktosh kerak bo‘ladi?

23 / 25

23. Lorandit (ZAsSx) va Vrbait (Z4Hg33SbxAs8S20) minerallarida Z elementning og‘ir izotopi uchraydi va ularda ushbu izotopning massa ulushi mos ravishda 60,0% va 28,6%. Agar Z element izotopining atom massasi uning yadro zaryadidan 2,580 marta katta bo‘lsa, Z elementni aniqlang.

24 / 25

24. O‘lchamlari 4,0 m x 3,0 m x 2,5 m, temperaturasi 20°C bo‘lgan xonada 0,5 litr (ρ = 1,6 g/ml) noma’lum X (M = 80 g/mol) suyuqlik qoldirib ketilgan. Agar 20°C da X suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi 5 mm Hg bo‘lsa (suyuqlik ushbu temperaturada hosil qilishi mumkin bo‘lgan bug‘larning eng katta bosimi), muvozanat qaror topganda idishda qancha hajm X suyuqlik qoladi?

25 / 25

25. Yadro reaktorlarida uran-235 yoqilg‘isi neytronlar ta’sirida parchalanadi: 235U + n = 141Ba + X + 3n. Ushbu yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan X izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0