Uy » Abituriyent » Blok testlar » Matematika va Ona tili yo’nalishi №1 Blok testlar Matematika va Ona tili yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 368 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Matematika va Ona tili yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Matematika (3.1 ball) ? Ona tili (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 x² + y² - 12x + 6y + 9 = 0 tenglama bilan berilgan aylananing markazini toping A) (-3;6) B) (6;-3) C) (-6;3) D) (3;-6) 2 / 90 Hasan, Husan va ularning 3 nafar oʻrtoqlari orasidan ixtiyoriy tanlangan 3 kishining orasida Hasan va Husan boʻlishi ehtimolligini toping. A) 0,4 B) 0,2 C) 0,25 D) 0,3 3 / 90 a va b orqali ifodalangan m ning qanday qiymatida ifoda to’la kvadrat bo’ladi? A) 4a² b² B) To’g’ri javob keltirilmagan C) ±ab/3 D) ±3ab 4 / 90 x² + ax = 1 tenglamaning x1 va x2 ildizlari tenglikni qanoatlantirsa, a² - 2 ning qiymatini toping. A) 2 B) 34 C) 7 D) 14 5 / 90 Tengsizliklar sistemasini yeching. A) [2 ; 11) B) (-11 ; 2] C) (-7 ; -2] D) [-2;7) 6 / 90 cosx + sinx/2 = 1 tenglama [0; 2π] da nechta ildizga ega? A) 4 B) 3 C) 5 D) 6 7 / 90 Soddalashtiring A) 0 B) 1/2 C) 1 D) -1 8 / 90 Ifodani soddalashtiring: A) sinα B) 0 C) cosα D) 1 9 / 90 Funksiyaning eng kichik qiymatini toping. A) 6⁴ B) 16⁴ C) 7⁴ D) 8⁴ 10 / 90 (x + 1) · (|x| - 1) ≥ 2 tengsizlikni yeching. A) (-∞ ; 0] ∪ [√3 ; +∞) B) (-∞ ; -√3] ∪ [√3 ; +∞) C) (-∞ ; -√3] D) [√3 ; +∞) 11 / 90 ABCD teng yonli trapetsiyaga radiusi 2 ga teng boʻlgan aylana ichki chizilgan. Agar trapetsiya asoslarining nisbati 4:9 kabi boʻlsa, kichik asos uzunligini toping. A) 8/3 B) 8/5 C) 3/8 D) 5/8 12 / 90 f ( x)=x² funksiyaning (0;0) va (1;1) nuqtalaridan oʻtuvchi toʻgʻri chiziqqa parallel boʻlgan urinma tenglamasini tuzing. A) y = x - 0, 2 B) y = x - 0,225 C) y = x - 0,25 D) y = x - 0,125 13 / 90 Agar ifodaning qiymatini toping. A) 8 B) -14 C) -8 D) 14 14 / 90 Integralni hisoblang: A) 2√5-4 B) 2-√5 C) √5-2 D) 4-√5 15 / 90 Funksiyaning qiymatlar to’plamini toping. A) (-2;2) B) (-3;1) C) [-2;0) ∪ (0;2] D) (-1;1) 16 / 90 AB kesmani A uchidan boshlab hisoblanganda C nuqta 3:4 nisbatda, D nuqta esa AC kesmani 4:3 nisbatda boʻladi. Agar AB kesmaning uzunligi 49 cm boʻlsa, u holda AD kesmaning uzunligini (cm) toping. A) 21 B) 12 C) 16 D) 9 17 / 90 ABC uchburchakning A uchidan BC tomoniga AD mediana tushirildi, bunda AD = BD = AC bo’ladi. BC tomonning AB tomonga nisbatini toping. A) 1/2 B) 3√3/2 C) 2√3/3 D) √3 18 / 90 a va b ning qanday qiymatlarida tenglamalar sistemasi yechimlarga ega emas? A) a ≠ 10; b = 18 B) a ≠ 10; b ≠ 18 C) a = 10; b ≠18 D) a = 10; b = 18 19 / 90 a va b raqamlar yig’indisi 7 ga qoldiqsiz bo’linadi. Agar aba ko’rinishidagi uch xonali sonlarni 7 ga bo’lganda bir xil qoldiq qolsa, shu qoldiqni toping. A) 3 B) 4 C) 0 D) 6 20 / 90 Hadlari xn = 4n2 + cn + 2 formula bilan berilgan ketma – ketlikda x4 - x2 = 52 boʻlsa, bu ketma – ketlikning uchinchi hadini toping. A) 52 B) 50 C) 56 D) 44 21 / 90 Arifmetik progressiyaning oltinchi hadi 17 ga teng, dastlabki 16 ta hadning yig’indisi esa 392 ga teng. Ushbu progressiyaning 9-hadini toping. A) 13 B) 16 C) 24 D) 26 22 / 90 3·92x+2·9x-1≤0 tengsizlikni yeching A) (-∞;2] ∪ [3; +∞) B) (-∞;-1,5] C) (-∞;2] D) [0,5; +∞) 23 / 90 O’ziga qo’shni burchakning 4/5 qismiga teng bo’lgan burchakning yarimini toping. A) 40° B) 45° C) 55° D) 50° 24 / 90 Hisoblang: A) 1 B) 0 C) -2 D) 2 25 / 90 Funksiyaning aniqlanish sohasiga tegishli natural sonlar nechta? A) 3 B) 6 C) 5 D) 4 26 / 90 Tenglamaning ildizlari ʻ ko paytmasini toping. A) 1/4 B) 4 C) 1/8 D) 2 27 / 90 Hisoblang: A) 3 B) 2 C) 0 D) 1 28 / 90 Barcha ikki xonali sonlar ko’paytmasi tub sonlar ko’paytmasi shaklida yozilganda, bu ko’paytmada 7 soni necha marta qatnashadi? A) 13 B) 14 C) 15 D) 16 29 / 90 0; 1; 2; 3; 4; 5 raqamlardan jami nechta raqamlari takrorlanmaydigan 3 xonali sonlar tuzish mumkin? A) 125 B) 100 C) 180 D) 216 30 / 90 vektorlar uchun bo'lsa, x ni toping. A) 2 B) -1 C) 1 D) -2 31 / 90 Tong otmoqda. Tong o’qlar otar, Ton otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Ushbu misralar muallifini toping. A) Rauf Parfi B) Usmon Nosir C) Mirtemir D) Cho’lpon 32 / 90 Jarangli jufti yo‘q jarangsiz undosh tovush bilan tugagan yopiq bo‘g‘inli so‘zlar qatorini toping. A) dehqon, chaqqon, xohlamoq B) tavfiq, sohib, otaliq C) xushaxloq, shukur, xontaxta D) xumcha, tashbeh, tal’at 33 / 90 O‘zakka qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz beradigan shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) -chi, -soz B) -vchi, C) -dosh, -boz D) -kor, -soz 34 / 90 Tog‘ay Murodning qaysi asariga Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berilgan? A) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi B) Ot kishnagan oqshom” qissasi C) “Otamdan qolgan dalalar” romani D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasi 35 / 90 Hisob so‘z berilmagan gapni toping. A) Umri xola bir qo‘li bilan uniqqan chit ko‘ylagining etagini mahkam ushlab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-pishmagan aralash qulupnaylar ko‘rinib turar edi. B) Men kosadan olib ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. C) Ko‘rsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa mobaynida bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. D) Bir og‘iz gapingiz bilan bu ishlar o‘z yechimini topishi mumkin 36 / 90 Asosi fe’l so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldosh ega qatnashgan murakkab kesimli gapni aniqlang. A) Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. B) Yer yuzida qancha millat, xalq bo‘lsa, shuncha til bor. C) Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o‘zimni urdim. D) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi 37 / 90 Qaysi javobda bir ma’no turiga oid ikkita ravish qatnashgan? A) Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni maqtab, ko‘klarga ko‘tarar edi. B) Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa bemalol. C) U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. D) Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. 38 / 90 “Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga... “ Ushbu parcha «Alpomish dostonida kimning tilidan aytilgan? A) Qayqubod B) Qultoy C) Yortiboy D) Qorajon 39 / 90 Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, aniqlovchi, ega va kesim shartli belgilarga to‘liq mos keladigan murakkab ot kesimli gapni aniqlang. A) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi B) Til - millatning ruhi, deyiladi. C) Norning nordon anori narida. D) Faqat boshidagi do‘ppisining kashtasigina oq edi, xolos. 40 / 90 Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur «, gapdagi “matavoliy” so‘zining ma’nosini toping. A) chegarasiz B) suhbatdoshi C) hayratlanarli D) manmanlik 41 / 90 Berilgan so‘z birikmalaridan qaysilari harakat-holatning belgisini bildirgan? Tonggi shabada, sekin yurmoq, quvonchli xabar, tez o‘qimoq, a’lo kayfiyat, atayin gapirmoq. A) 2 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 4 ta 42 / 90 Bayrog‘ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg‘iz qolsangiz ham bayroq tik bo‘lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!” – dеb Nido aylang. Parvardigor kuch ato etgay. Ushbu parcha qaysi adib ijodidan? A) A. Oripov B) Sh. Boshbekov C) H. Xudoyberdiyeva D) O. Matjon 43 / 90 Qaysi javobda holat fe’llari berilgan? A) gapirdi, qichqirdi B) chopdi, sug‘ordi, C) to‘xtadi, tashladi D) qizardi, ulg‘aydi 44 / 90 Hokim qismi ham, tobe qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Ular xalqning va millatning birligi, yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini jo‘shib kuyladilar. B) O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir C) Hukmdor saroyidagi bu xazinada qadimgi yunon tabibi Gippokratdan tortib Arastu va Aflotun asarlarining asl nusxalari, arab tilidagi tarjimalari saqlangan. D) Bugun dalalar uzra bolakay larning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. 45 / 90 Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni toping. A) arava, ashula, ilgari B) g‘o‘za, baraka, ibora C) ilova, olim, andisha D) ijod, izza, rubob 46 / 90 Xususiyat bildiruvchi sifat qatnashmagan gapni toping. A) U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o‘qiydi. B) Yozgi harakat – kuzgi barakat. C) Donishmand chol... naq yuz qovun pishig‘ini ko‘rgan bo‘lsa-da, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. D) Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. 47 / 90 Torgina xonani xotin-xalajning qiy-chuvi tutdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalariga oid to‘g‘ri hukmni belgilang. A) Ushbu gapda tub so‘zning qo‘shma so‘zga tobelanishi kuzatiladi. B) Ushbu gapda faqat tobe so‘z vazifasini bajargan so‘zlar soni uchta. C) Ushbu gapda faqat hokim qism vazifasini bajargan so‘zning asosi ot so‘z turkumidagi so‘z bilan shakldoshlik hosil qiladi. D) Ushbu gapda faqat tobe qism vazifasini bajargan so‘zlarning barchasi bir so‘z turkumga oid so‘zlar hisoblanadi. 48 / 90 Yuzning kulib turishi bunchalik qiyin ish emas. Ushbu gapdagi so‘zlarning yetakchi morfemalarida shakldoshlik necha o‘rinda kuzatiladi? A) 2 o‘rinda; B) 3 o‘rinda; C) 4 o‘rinda; D) 5 o‘rindar. 49 / 90 Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. B) O‘zbek Navoivni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. C) Buni eshitgan quloq nima deydi? D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. 50 / 90 Zamon shaklidagi chiqar fe’lidan nisbat ma’nosidagi chiqar fe’li qanday farqlanadi? A) buyurish ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. B) II shaxsga ishora qilishi bilan farqlanadi. C) gumon-taxmin ma’nosi bo‘lishi bilan farqlanadi D) kelasi zamon ma’nosi mavjudligi bilan farqlanadi. 51 / 90 Belgilash olmoshi qatnashgan gapni toping. A) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. B) Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. C) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi D) Siz hayotda qanday kishilarga ergashasiz? 52 / 90 X Salohning ”Yulduzlar afsonasi ” she’rida qaysi yulduzning qizini yetti qaroqchi yulduzi o’g’irlab ketadi? A) Hulkar B) Zuhro C) Zuhal D) Surayyo 53 / 90 Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan? A) «Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam», – dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi. B) Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi. C) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. D) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi. 54 / 90 Berilgan so‘zlarning qaysilarida nuqtalar o‘rnida u unlisi yoziladi? 1) junj...kish; 2) juld...r; 3) zug‘...m; 4) ibratom...z. A) 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 4 55 / 90 Tobe qismi ham, hokim qismi ham tub so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalarini aniqlang. 1.qat’iy ishonch; 2.aytilgan so‘z 3.o‘qish yaxshi; 4.aniq tushuntirmoq; 5.bachkana odam; 6.ko‘ngliga olmoq 7.bunyod etmoq A) 3, 5, 6, 7 B) 3, 4, 7 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6 56 / 90 Payt otlariga qo‘shilib paytga xos belgini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi qatorda mavjud? A) Qishki hujrada Boburning yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. B) Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. D) Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. 57 / 90 Dona sonni hosil qiluvchi quyidagi hisob so‘zlardan qay biri hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi? A) nafar, B) tup, C) dona, D) bosh, 58 / 90 Maxtumqulining “Shoir bo’lsang xabar ber” she’rida “U nimadir, darvozasiz qal’adir?” deganda nimani aytgan? A) qabr B) ko’ngil C) qora yer D) kafan 59 / 90 Qaysi javobdagi hukm xato berilgan? A) Gumon olmoshini hosil qiladigan qo‘shimchalar doim so‘roq olmoshlaridan so‘ng qo‘shiladi. B) Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. C) Gumon olmoshi qo‘shimchasi kelishik, egalik va boshqa qo‘shimchalardan keyin qo‘llana oladi D) Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. 60 / 90 Erka o’g’il Hamidullaning ko’knori iste’mol qilib,qimor o’yin oqibatida singlisini boy berishi qaysi asarda keltiriladi? A) ”Urush farzandi” B) ”Odam bo’lish qiyin” C) ”Qiyomat qarz” D) ”Fotima va Zuhra” 61 / 90 Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 50 B) -150 C) 150 D) 60 62 / 90 Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 150 B) 110 C) 120 D) 100 63 / 90 EKUK(15,45,21) ni toping. A) 315 B) 215 C) 210 D) 115 64 / 90 Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 180 B) 240 C) 120 D) 300 65 / 90 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 6 B) 8 C) 7 D) 9 66 / 90 Ayriluvchi 171, ayirma esa 86 ga teng bo‘lsa, kamayuvchini toping. A) 85 B) 141 C) 254 D) 257 67 / 90 Bog‘da 150 tup olma va 450 tup o‘rik meva daraxtlari mavjud. Olma daraxti jami bog‘dagi mevalarning necha foizini tashkil etadi? A) 40% B) 25% C) 60% D) 75% 68 / 90 Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 5 mln 400 ming B) 6 mln 600 ming C) 6 mln 400 ming D) 6 mln 500 ming 69 / 90 Hisoblang. A) 44/5 B) 60/8 C) 8 D) 27/4 70 / 90 Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 900 ming B) 980 ming C) 950 ming D) 1 mln 71 / 90 Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) ilmiy uslub B) ommabop uslub C) so‘zlashuv uslubi D) rasmiy uslub 72 / 90 Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) Bsof fe’l B) sifatdosh C) harakat nomi D) ravishdosh 73 / 90 Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi B) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi C) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi D) to‘g‘ri javob yo‘q 74 / 90 Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 75 / 90 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -t, -ir, -n, -i B) -gach, -guncha, -gani, -ib C) -in, -t, -ir, -ish, -il D) -guncha, -la, -in, -il, -gan 76 / 90 Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) i, u, q B) a, i, o‘ C) sh, k, t D) t, k, y 77 / 90 Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 8 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 78 / 90 Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. D) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. 79 / 90 Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 80 / 90 Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -kash, -eh, -la B) -qi, -choq, -in C) -li, -kash, -im D) -lik, -zor, -ar 81 / 90 XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 2500 B) 1500 C) 3000 D) 5000 82 / 90 G‘aribxona, musofirxona so‘zlari qanday manoni bildiradi? A) madrasa B) maqbara C) sardoba D) xonaqoh 83 / 90 O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1922-yil B) 1927-yil C) 1925-yil D) 1924-yil 84 / 90 Quyidagi qaysi alloma 1123-yilda Rishtonda tug‘ilgan? A) Ahmad ibn Umar Xivaqiy. B) Burhonuddin al-Marg‘inoniy. C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy. 85 / 90 Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Haydar B) Olimxon C) Nasrullo D) Shohmurod 86 / 90 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2016-yil, 11-fevral B) 2017-yil, 7-fevral C) 2016- yiul,15-yanvar D) 2017-yil, 24-iuyn 87 / 90 “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) arabcha, “daryoning narigi tomoni” B) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” C) forscha, “daryoning quyi qismi” D) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” 88 / 90 Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Qoratepa B) Zartepa C) Dalvarzintepa D) Xolchayon 89 / 90 Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Xatib” B) “Hojib” C) B“Naqib” D) “Ustod” 90 / 90 MAN Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi qachon ishga tushirilgan? A) 2009-yil B) 2005-yil C) 2007-yil D) 2002-yil Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1