Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №15 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №15 InfoMaster Aprel 6, 2022 122 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №15 SOF VA VAZIFADOSH YUKLAMALAR SO’ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALAR AYIRUV VA CHEGARALOV YUKLAMALAR KUCHAYTIRUV VA TA’KID YUKLAMALAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 44 1) kav…sh, 2) kib…r, 3) kir…m, 4) lut…f, 5)moy Ilmo qoidasiga ko’ra nuqtalar o’rnida i unlisi qo’shilishi kerak bo’lgan so’zlarni belgilang.. A) 3,5 B) 1.4 C) 1,2,3,5 D) 1,4,5 2 / 44 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin D) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . 3 / 44 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi B) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi C) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak D) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi 4 / 44 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi B) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi C) Bir no’noqni bir epchil eplaydi D) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas 5 / 44 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! B) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? C) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . D) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. 6 / 44 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 7 / 44 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . B) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. C) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . D) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang 8 / 44 Olmoshnng qaysi turi sodda, qo’shma, juft va takroriy shakllarga ega ? A) kishilik va o’zlik olmoshlaridan tashqari olmoshlarning barchasi. B) ko’rsatish olmoshlari. C) bo’lishsizlik va belgilash. D) so’roq, bo’lishsizlik, belgilash. 9 / 44 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 7 B) 5 C) 4 D) 6 10 / 44 Sof ko’makchilarning xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilagan javobni toping. A) o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi B) bunday ko’makchilar utg’u olmaydi C) ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi. D) bunday ko’makchilar atash ma’nosini tamoman yo’qotgan bo’ladi. 11 / 44 Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan? A) Kitob ustida uzoq ishladi. B) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin. D) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi. 12 / 44 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) 3 ta B) 2ta C) 1 ta D) Ko‘makchi qo’llanmagan. 13 / 44 Na …,na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi ? A) bo’lishsiz shaklda B) barcha javob to’g’ri C) bo’lishli shaklda D) o’rni bilan bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda 14 / 44 Yuklamalar gapda qanday gap bo’lagi vazifasiga kela oladi? A) ega, aniqlovchi B) Faqat aniqlovchi va to’ldiruvchi C) gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi D) kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi 15 / 44 Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan? A) Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da,jo’ra. B) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo’llangan. C) O’zi balo tog’ining boshida o’tirarmish kun-u tun, yoz ham qish. D) Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da, qadrdon! 16 / 44 Qaysi yuklamalar tlakrorlanib qo’llanganda bog’lovchi vazilasida qo’llanishi mumkin. A) dir B) faqat C) ba’zan D) ham 17 / 44 Vazifadosh yuklamalar qatorini aniqlang. A) -u(-yu), -da B) ham,-dir,-gina C) balki,-a(-ya) D) -mi, -chi,-a, -ya 18 / 44 So’roq yuklamasi ishtirok etgan gap qatorini toping. A) Vatannifaqat boyligi uchun sevish soxta muhabbatdir. B) Aslida tuproqni odil tabiat taqsim aylagan-ku yer yuziga teng C) O’zbekiston isliqlolini ardoqlang. D) O qashqar tuprog’i qashshoqmiding sen? 19 / 44 Qaysi gapdagi yuklama iltimos ma'nosini anglatadi. A) Ertaga biznikiga bir kelsang-chi. B) Kecha kechqurun qirga chiqqnimiz esingda bormi? C) Naqadar go’zal bir gul-a! D) Qanday yaxshi edi-ya? 20 / 44 -mi. -chi. -a. -ya yuklamalari yordamida asosan qanday gaplar tuziladi? A) darak B) buyruq C) undov D) so’roq 21 / 44 Kuchaytiruv –ta’kid yuklamalari ko’rsatilgan qatorni belgilang A) -oq(yoq) ,-mi,-a B) –mi ,gina,g’irt C) nahotki,hatto,-chi D) g’irt,-u(-yu),-da 22 / 44 So’roq va taajjub yuklamalari qaysi gap tarkibida qo’llangan. A) Axir biz do’st edik-ku. B) Endi ortga ham yo’l yo’q. C) Yomg’ir yoqqan bo’lsa-da, havo sovumadi. D) Shu yerda seni kutaylikmi? 23 / 44 Ayiruv-chegaralov yuklamasi berilgan qatorni toping ? A) xolos B) -da C) –ku D) xuddi 24 / 44 So’roq-taajjub yuklamalaridan qaysi biri so’zga qo’shib yoziladi? A) -mi B) barchasi chiziqcha bilan yoziladi C) –a(-ya) D) –chi 25 / 44 So’roq-taajjub yuklamasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Yomg’irda qolibdi, shekilli, hamma joyi jiqqa xo’lmi ? B) Nahotki qirq yillab mehnat qilgan odamning taqdiri shu bo’lsa ! C) Haqiqatni, faqat haqiqatni aytaman deb ont iching ! D) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol. 26 / 44 Mehmon esa “buning o’zi nima-yu, muomalasi nima bo’lardi” degan ma’noda kulib qo’ydi xolos.Ushbu gapdagi ayiruv - chegaralov yuklamasini ko’rsating. A) xolos B) esa C) -yu D) ayiruv - chegaralov yuklamasi qo’llanmagan 27 / 44 Qaysi qatorda faqat kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan? A) hatto, -ku, ham, nahotki B) -ki, -chi, -a, sira C) -da, -u, -yu, axir, faqat D) -oq, (-yoq,), -dir, ham, xuddi 28 / 44 Kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Na martaba, na boyligi bor edi uning. B) U hammani g’irt yolg’on gaplari bilan laqillatdi. C) Faqat bir iltimos ko’rkam chamanda Ochib gul g’unchalar etganda xanda D) Sizni yo’qlab kelgandir? 29 / 44 Ayiruv-chegaralov yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) Terak go’yo mungli qo’shiqni kuyga solgan sozandadek bir maromda tebranib shivirlar ekan. B) Bu haqda Shahnozagina biladi. C) Sekinroq yuring , uka ,men charchaganman.Ikki kundan beri uxlayman-a. D) Nega yo’q bo’larkan? Muattar Zokirovna-chi ? Lobarxon-chi ? 30 / 44 Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari qatnashgan gapni aniqlang. A) Bizning faryodimiz hatto ota-onalarimizning ham qulog’iga kirmas edi! B) Bugungi yig’ilishga faqat Turg’un kechikib keldi. C) B, C D) Axir, tug’ilib o’sgan joyingiz Fayzobod-ku! 31 / 44 1) na; 2) hatto; 3) g’irt; 4) hech; 5) sira; 6) -oq(-yoq); 7) -u(-yu); 8) ham; 9) — a( — ya); 10) nahotkiBerilgan yuklamalardan kuchaytiruv —ta’kid yuklamalarini belgilang. A) 1,2,6,7,10 B) 2,4,5,8,10 C) 2,3,6,7,8,10 D) 2,5,6,7,8 32 / 44 Kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi berilgan qatorni toping. A) -oq (-yoq) B) g'irt C) -ya D) A, B. 33 / 44 Qysi qatorda ayiruv chegaralov yuklamasi berilgan ? A) -a. B) -gina. C) ham. D) -ku, -da. 34 / 44 Qaysi gapda vazifadosh yuklama mavjud? A) Muhtaramning faqat o’zi qoldi. B) Shu ondayoq o’zini chetga oldi. C) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. D) Axir,bir to’p g’o’za–xalq boyligi. 35 / 44 Ayiruv va chegaralov yuklamalari qo’llangan gapni toping A) Bunga qiziqmayam qo’ydim. B) O’g’li otasining huddi o’zi. C) Ancha yerni sug’oribsizlar-ku, azamatlar. D) U faqat o’zini ovutishga uringanday ko’rinardi. 36 / 44 1 Sen ham men xatni yozdik 2 Karim ham xatni yozdi Gaplar tarkibidagi ham so’zi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan ? A) birinchisi bog’lovchi ,ikkinchisi ko’makchi B) yuklama C) bog’lovchi D) birinchisi bog’lovchi, ikkinchisi yuklama 37 / 44 Yuklamaning qaysi turlari vazifadosh bog’lovchi bo’lib kelishi mumkin ? A) ta’kid,ayiruv chegaralov ,inkor B) ta’kid va ayiruv chegaralov C) ta’kid D) ta’kid va inkor 38 / 44 Ayiruv-chegaralash yuklamasi qo’llangan gapni toping A) U sinfdagina ernas, butun maktabda eng yaxshi o’quvchi edi B) UIar pastakkina eshik peshtoqida to’qnash kclishdi C) O’zi ham ko’rkamgina D) Polkovnik Klark tomonidan yaxshigina o’lilgan Qo’pkmbekka shu kerak edi 39 / 44 So’roq va taajjub yuklamalari berilgan qatorni toping. A) -mi, -chi, -a, -ya. B) -u, -yu, -mi, -ya. C) -chi, a, ya, da. D) -oq, -yoq, -ku. 40 / 44 Quyidagi qaysi gapda –da yordamchisi o’rnida ham yuklamasini qo’llash mumkin ? A) Namiqqan shuvoqlar oldin tutab ,yaxshi yonmasa ham ,keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da ,axiyri gurullab ketdi B) Birov kirdi-da,chiqib ketdi C) Yoshgina bir qiz atlas ko’ylagini hilpiratib sahnaning o’rtasiga keldi-da ,nimanidir e’lon qildi D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi . 41 / 44 Ta’kid-kuchaytiruv yuklamasi qo'llangan gapni aniqlang. A) Uning chaqnoq ko'zlari doimgiday odamni naq sehrlab qo'yardi B) Mening tanishim kepkali, uzoq vaqt shaharga kclmagan. qbqasi odamovi bir nusxa edi. C) Suv - bu dunyodagi eng yumshoq modda, lekin qattiq narsalarn yengishda unga teng keladigani yo'q. D) Nahotki qishloqdagi mish-mishlar borgan sari chuqurlaslnt ketaversa. 42 / 44 Taajjub, hayrat ma'nolarini ifodalovchi yuklama qaysi gapda mavjud. A) Men dalada ishlashim kerakmishmi? B) Yopiray shuning hammasi yerga tusharmikin? C) A, C. D) Lekin keyinchalik bundan-da voz kechdi. 43 / 44 Qaysi qatorda kuchaytiruv yuklamasi ishtirok etgan? A) Otasining xuddi o’zi . B) So’z naq quroldir, bilki shu quro bilan jarohatlangan bo’lsa. uni davolash qiyin. C) Ba’zi insonlar birovdan foyda etmasa, hatto unday kishilarni odam sanamaydilar. D) Hayosi yo’q po’sti archilgan yog’och va xudi pili tugagan chiroqqa o’xshaydi. 44 / 44 Qaysi javobda kuchaytiruv -ta’kid yuklamalari berilgan? A) ham, a(ya), hatto. B) hatto, faqat, ku. C) gina, axir, u(yu). D) hatto, oq(yoq), axir. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz