Uy » CHSB » Ona tili CHSB » 6-sinf Ona tili CHSB » 6-sinf Ona tili online CHSB-1, 1-variant 2025-2026 6-sinf Ona tili CHSB 6-sinf Ona tili online CHSB-1, 1-variant 2025-2026 InfoMaster Oktabr 24, 2026 15 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 Ona tili fanidan CHSB testi (6-sinf) – info-master.uz Ona tili fanidan CHSB testi (6-sinf) info-master.uz — 40 ballik baholash tizimi 1. Berilgan iboralarni ma’nosiga ko’ra moslashtiring. 1) tilga kirmoqa) mashhur bo’lmoq 2) tilga erk bermoqb) bemalol gapirmoq 3) tilini tushunmoqc) fikr-maqsadini anglab yetmoq 4) tili bormadid) aytolmadi e) gapira boshlamoq 1-e, 2-b, 3-c, 4-d 1-c, 2-d, 3-a, 4-e 1-b, 2-c, 3-d, 4-e 1-e, 2-a, 3-c, 4-b Oldingi Keyingi 2. Asos va qo’shimchalarga bo’linadigan so’zlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.1) afsonaviy; 2) asosiy; 3) oliy; 4) nutqiy; 5) mantiqiy; 6) juz’iy. 2, 3, 4, 6 1, 2, 6 1, 2, 4, 5 1, 3, 5 Oldingi Keyingi 3. Qaysi javobdagi barcha so’zlar bo’g’in ko’chirish qoidalariga ko’ra to’g’ri ajratilgan? ki-tob, qa-lam, mak-tab fikr-iy, ta’-lim, mu-allim ko’-ngil, ba-xtli, may-don tah-rir, da-rs-xona, si-ngil Oldingi Keyingi 4. Qaysi javobda faqat qo’shma so’zlar berilgan? chiroyli, oshko’k, kitobxon oshqovoq, atirgul, qo’ziqorin paxtazor, bo’yintumor, bog’bon do’stlik, mehnatkash, otquloq Oldingi Keyingi 5. Parchada ko’pnuqtaning qo’llanish sababi to’g’ri berilgan javobni aniqlang. Ularning ichi ma’rifatga to’la edi. Bobolaridan faxrlanishar, vatanini jondan sevishar, or-nomusni hamma narsadan ustun qo’yishar, ezgulik va imon bilan yashashar edi. Garchi harf tanimasa-da, ularni o’qimagan deb ham bo’lmas… Matnda ayrim so’zlar tushirib qoldirilganini ko’rsatish maqsadida qo’llangan. Gapda uzoq davom etgan pauzani ifodalash uchun qo’yilgan. So’zlovchining fikrga alohida urg’u berishini ifodalash uchun qo’yilgan. Gap mazmunan tugallanmay qolganini ifodalash uchun qo’yilgan. Oldingi Keyingi 6. Quyidagi parchada qaysi raqamlar o’rniga vergul qo’yilishi kerakligini aniqlang. Ularning ichi ma’rifatga to’la edi(1) Bobolaridan faxrlanishar(2) vatanini jondan sevishar(3) or-nomusni hamma narsadan ustun qo’yishar(4) ezgulik va imon bilan yashashar edi(5) Garchi (6) harf tanimasa-da, ularni o’qimagan deb ham bo’lmas… 2, 3, 4 1, 3, 6 1, 4, 5 2, 4, 6 Oldingi Keyingi 7. Qaysi javobda ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nodoshi qo’llangan?Hamma narsa ishni boshlash uchun taxt holatga keltirib qo’yilgan. Uchuvchilar tarixiy parvozni amalga oshirish uchun tayyor turishgan edi. Hozir ishlarini tugatib, narsalarini yig’ishtirgani ichkariga kirgan edi. Onajonim non yopish uchun taxta bo’laklarini tandirga qalay boshladilar. Podshoh o’zining taxtiga kelib o’tirdi-yu, hammani ko’zdan kechira boshladi. Oldingi Keyingi 8. Undalma qo’llangan gapni aniqlang. Bo’ldi, amirni yengding, endi amir amirga itoat qiladi, – debdi kulib hukmdor. “Vaqt, – deydi donolar, – hech qachon ortga qaytmaydi”. Rahmat, buvijon. Qovurib qo’ygan ekansiz, isitdim. Tiling o’tkir-u, lekin gaplaringda mantiq bor, juda dadil yigit ekansan. Oldingi Keyingi 9. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega emas? Menda qadoqlangani bor, undan kakaoli ichimlik tayyorlab beraman. Agar yanglishmasam, shahriyor katta majlis qurishni ixtiyor qilgan ko’rinadilar. Qishloq atrofidagi past-u baland tepaliklar, bolalar o’rtasida “bo’lishib” olingan. Ayvon to’sinidagi uzun mixga ilig’li lampochka xira nur taratadi. Oldingi Keyingi 10. O’tgan zamon 1-shaxs birlik shaklidagi fe’l qo’llangan gapni aniqlang. Menga boshqa so’zingiz bo’lmasa, hozircha sizga javob, ketishingiz mumkin. Uning oldida nima sababdan girdikapalak bo’layotganini anglaganday bo’ldik. Sharofatxon oq shohi ro’moli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qildi. Hayron bo’lib Adhamga qaradim-u dahshatdan qotib qoldim. Oldingi Keyingi 11. Qaysi gapda to’liqsiz fe’l qo’llangan? Cho’qqidagi yalanglikka chiqishimiz bilan bulutni ham, shamolni ham unutdik. Bugun men senga nima yaxshi-yu, nima yomonligini o’rgatishim kerak. Bir tomonga qiyshayib o’sgan kattakon archa ostida o’tirib non yeb oldik. U boshini changallagancha kiyikolar orasida g’ujanak bo’lib yotar edi. Oldingi Keyingi 12. Tarkibida ibora qo’llangan gapni aniqlang. Qo’shimiz sumalak olib chiqqan edi, kosasini to’ldirib qand solib berdim. Javlon tepa sochini antiqa tarab, tikka qilib keladigan odat chiqaribdi. Kelinoyim ko’zi to’rt bo’lib qarshi olardi, chunki xatni men olib kelardim. Adham qo’lini yuvib qo’ltig’iga artayotganda bobosi koyib berdi. Oldingi Keyingi 13. Qaysi gapda bog’lovchi ikki sodda gapni o’zaro bog’lash uchun qo’llangan? Inson hayotda goh oq katakdan, goh qora katakdan o’tadi. Quvonchli damlarda na onamni, na otamni tushimda ko’ra olaman… Men bu daryoning qaysi daryo ekanini va ismini ham bilmas edim. Nodirmohbegim unga ishora qildi, biroq Unsin shijoat bilan dodxoga qaradi. Oldingi Keyingi 14. Qaysi gapda bilan ko’makchisi vosita ma’nosini ifodalash uchun qo’llangan? U ko’z yoshlarini yengi bilan artib, xonani kuzatishda davom etdi. Ellikboshi ho’kiz bog’langan ustunni diqqat bilan ko’zdan kechirdi. U vaqtini bezorilik bilan emas, foydali ishlar bilan o’tkazar edi. Kasalxonada davolangan kishi ruxsat berilishi bilan uyiga oshiqadi. Oldingi Keyingi 15. Matndagi ma’lumotlarga ko’ra to’g’ri berilgan fikrni aniqlang. Jigar organizmdagi eng yirik bezlardan biri bo’lib, ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvida muhim vazifalarni bajaradi. U yog’ va uglevodlarni zahira sifatida to’playdi hamda organizmga tushgan zararli moddalarni zararsizlantiradi. Jigar ko’plab hujayralardan tashkil topgan bo’lib, ularning asosiy qismini gepatotsitlar tashkil etadi. Har bir gepatotsit kichik “kimyoviy laboratoriya” kabi faoliyat ko’rsatadi. Jigardagi maxsus hujayralar esa organizmni zararli moddalardan himoya qilishda ishtirok etadi. Jigar bir nechta vazifani bajarishi orqali organizmda kechadigan muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Jigar yog’ va uglevodlarni zahiraga to’plagani uchun, ularning organizmdagi miqdorini doimo oshirib boradi. Jigar zararli moddalarni zararsizlantirganligi sababli, organizmdagi barcha zararli moddalarni yo’q qiladi. Gepatotsitlar jigarning asosiy hujayralari bo’lgani sababli uning barcha vazifalarini bajaradi. Oldingi Keyingi 16. Matn asosida berilgan to’g’ri mulohazani aniqlang. Luqmonning xo’jasi qo’yning eng yaxshi a’zolaridan taom tayyorlashni buyuribdi. Luqmon yurak va tildan taom tayyorlabdi. Ertasi kuni xo’jasi eng yomon a’zolarni pishirishni buyuribdi. Luqmon yana yurak va tilni olib kelibdi. Xo’jasi bundan hayron bo’lib, sababini so’rabdi. Luqmon: “Yurak yaxshi fe’l-atvorga yo’l qo’ysa, til yaxshi so’zlarni aytsa, ular eng yaxshi a’zolardir. Aks holda esa ulardan yomon a’zo bo’lmaydi”, deb javob beribdi. Luqmon xo’jasining buyrug’iga bo’ysunmay, ikki kun ham bir xil taom tayyorlagan. Luqmonning xo’jasi ikkinchi kuni taom sifatidan norozi bo’lib, uni jazolamoqchi bo’lgan. Yurak va tilning yaxshi yoki yomon bo’lishi insonning xulqi hamda so’zlariga bog’liq. Qo’yning yuragi va tili har doim boshqa a’zolariga qaraganda sifatliroq hisoblanadi. Oldingi Natijani tekshirish Test tahlili va yechimlari: Testni qayta ishlash Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz