5-sinf AHA Matematika №7.7

0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

5-sinf AHA Matematika №7.7

7-BOB. O'nli kasblar

 7-Mavzu: Matnli masalalar

Hali natijalar yo'q.

Ismi familiyangiz

1 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

1. Ishchi 6 soatlik ish uchun 87 000 so'm oladi. Uning bir soatlik ish haqi qancha?

2 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

2. Ikkita sonning yig'indisi 112,5 ga teng. Agar katta son kichigidan 5 marta katta bo'lsa, shu ikki sonni toping.

3 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

3. Nusxalovchi apparat 3 minutda 45 ta sahifani nusxalaydi. Uning nusxalash tezligi minutiga qancha?

4 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

4. To'g'ri to'rtburchakning bo'yi 42,8 m va eni 23 m ga teng. Uning yuzini toping.

5 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

5. Temur aka mashinasini savdo markazi oldidagi avtoturargohga 3 soat qo'ygani uchun 25 500 so'm to'ladi. Avtoturargoh xizmatining bir soatlik narxini toping.

6 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

6. Sardor multfilm qahramonlarining rasmini yig'adi. Bitta rasmning narxi 0,75 ming so'm. Sardor 34 ta shunday rasm sotib olishi uchun jami qancha to'lashi kerak?

7 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

7. Sumkaning narxi 35,60 ming so'm, ryukzakning narxi esa 42,70 ming so'm. 3 ta sumka va 8 ta ryukzakning jami narxi qancha?

8 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

8. Poyezd 3,5 soatda 280 km yo'l yurdi. Poyezdning tezligini toping.

9 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

9. Mashina 280 km masofani bosib o'tish uchun 25 ℓ benzin sarflagan bo'lsa, 1 ℓ benzin bilan u qancha masofaga yura oladi?

10 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

10. Ra'no kompyuterda 5 minutda 75 ta so'z teradi. U bir minutda nechta so'z teradi?

11 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

11. 20 ta idishning har birida 5,25 kg dan shakar bor edi. Zilola opa jami shakarni har biri 3 kg dan bo'lgan kichik idishlarga joyladi. Zilola opa shakarni nechta kichik idishga joylagan?

12 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

12. Dastlab birinchi idishda ikkinchi idishdagiga qaraganda 4 marta ko'p suv bor edi. Birinchi idishdan 1,05 ℓ suv ikkinchi idishga quyilganidan so'ng ikkala idishdagi suv miqdori teng bo'ldi. Ikkinchi idishdagi suvning hajmi qancha bo'ldi?

13 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

13. Uchta bir xil daftarning umumiy narxi 13 500 so'm. Bitta daftarning narxi qancha?

14 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

14. 5 ta bir xil qalam 17 500 so'm turadi. Bitta qalamning narxi qancha?

15 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

15. Idishda dastlab 14525 ml suv bor edi. Suvning bir qismi 19 ta bir xil shisha idishga teng miqdorda quyilganidan so'ng idishda 0,75 ℓ suv qoldi. Har bir shisha idishdagi suvning hajmi qancha? Javobni litrda ifodalang.

16 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

16. 24 ta bir xil kitobning umumiy massasi 7,2 kg. Bitta kitobning massasi qancha?

17 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

17. Yuzi 20 m² bo'lgan polni qoplaydigan gilam sotib olish uchun 3 800 000 so'm kerak bo'ldi. Bir kvadrat metr gilamning narxi qancha?

18 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

18. Avtomobil 4,5 soatda 360 km yo'l bosdi. Avtomobilning tezligini toping.

19 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

19. 439614 so'm pul 28 nafar kishiga teng taqsimlandi. Har bir kishi qanchadan pul olgan?

20 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

20. Dono 2,1 m uzunlikdagi simdan to'g'ri to'rtburchak yasadi. Agar to'g'ri to'rtburchakning bo'yi 45 cm bo'lsa, eni necha santimetrga teng?

21 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

21. 18 ta bir xil quti shakarning umumiy massasi 12,6 kg. Bitta qutining massasi qancha?

22 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

22. Birinchi tasma 2,4 m. Ikkinchi tasma esa birinchi tasmaga qaraganda 0,85 m uzunroq. Ikkinchi tasmaning uzunligi necha metr?

23 / 23

Bo'lim: Aha Matematika 5-sinf 7.7

23. Bir taxlam qog'ozsochiqning massasi 14,5 g. 168 taxlam qog'ozsochiqning massasi qancha? Javobni kilogrammda ifodalang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0