6-sinf AHA Matematika №3

Mavzu: Algebraik ifodalarning qiymatini topish. Tenglamalarni yechish

27

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

6-sinf AHA Matematika №3

1-BOB. ALGEBRA

Mavzu: Algebraik ifodalarning qiymatini topish. Tenglamalarni yechish

1 / 25

1. Maryam xola 45 yoshda. Saida opa p yoshda. Maryam xolaning yoshi Saida opaning yoshidan 3 baravar katta. 6 yildan so‘ng Saida opa nechida bo‘ladi?

2 / 25

2. Jamshidning puli Alishernikidan 3 barobar ko‘p. Rahimning puli Alishernikidan 2400 so‘m ortiq. Uchtada jami 27 400 so‘m bor. Har birida qancha pul bor?

3 / 25

3. 100 000 so‘m pul Ali, Bobur, Kamolga bo‘lib berildi. Bobur Alidan ikki barobar ko‘p pul oldi. Kamol Boburdan 10 000 so‘m kam oldi. Har bir bola qancha olgan?

4 / 25

4. Jamila dushanba kuni y ta tort pishirdi. Seshanba kuni dushanbadagiga qaraganda 5 ta ko‘p tort pishirdi. Agar ikki kunda u jami 25 ta tort pishirgan bo‘lsa, dushanba kuni nechta tort pishirgan?

5 / 25

5. Shahlonning vazni 40 kg. U Loladan ikki barobar og‘ir. Ikki qizning umumiy vaznini toping.

6 / 25

6. Kitob narxi 12000 so‘m, daftar undan 2000 so‘m arzon bo’lsa daftar necha so‘m bo‘ladi?

7 / 25

7. Kitob narxi k so‘m, daftar undan 2000 so‘m arzon. Daftar narxini ifodalang.

8 / 25

8. Bir qutida 6 ta shisha ichimlik bor. Agar Anvar 5 ta quti ichimlik olsa, jami nechta shisha ichimlik bo‘ladi?

9 / 25

9. Bir qutida 6 ta shisha ichimlik bor. Anvar y ta quti ichimlik sotib olsa, jami shisha soni.

10 / 25

10. Munira singlisidan 3 yosh katta. Agar Munira 12 yoshda bo‘lsa, singlisi necha yoshda?

11 / 25

11. Munira t yoshda. U singlisidan 3 yosh katta. Singlisining yoshini t orqali ifodalang.

12 / 25

12. Xolasining yoshi Odilning yoshidan 5 marta katta. Tog‘asi xolasidan 6 yosh katta. Agar Odil 10 yoshda bo‘lsa, tog‘asining yoshi nechaga teng?

13 / 25

13. Xolasining yoshi Odilning yoshidan 5 marta katta. Tog‘asi xolasidan 6 yosh katta. Tog‘asining yoshini m orqali ifodalang.

14 / 25

14. Sitorada 7x ta marka, Jamilada 2x ta, Pokizada 4x ta marka bor. Agar x = 6 bo‘lsa, Sitoraning markalari soni Jamilanikidan nechta ortiq?

15 / 25

15. Sitorada 7x ta marka, Jamilada 2x ta, Pokizada 4x ta marka bor. Ularning markalar sonini toping.

16 / 25

16. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi 72 cm², bo‘yi 12 cm bo‘lsa, konvertning eni nechaga teng?

17 / 25

17. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi konvertning yuzi p cm², bo‘yi 12 cm. Enini topish uchun ifoda.

18 / 25

18. To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 9 cm, bo‘yi enidan 4 marta uzun bo‘lsa, perimetrini toping.

19 / 25

19. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi enidan 4 marta uzun. Enini k orqali ifodalang.

20 / 25

20. Ravshan 2000 so‘mdan 8 ta ruchka sotib oldi. Sotuvchiga 50 000 so‘m berdi. Ravshan qancha qaytim oladi?

21 / 25

21. Ravshan 3000 so‘mdan 8 ta ruchka sotib oldi. Sotuvchiga 50 000 so‘m berdi. Qaytimni ifodalang.

22 / 25

22. Agar Anoraning albomi 7 sahifali bo‘lsa, unda jami stikerlar soni nechta? Har bir sahifaga 5 ta stiker yopishtirgan.

23 / 25

23. Anoraning x sahifali albomi bor. Har bir sahifaga 5 ta stiker yopishtirganidan so‘ng 3 ta stikeri qoldi. Stikerlar sonini x orqali ifodalang.

24 / 25

24. Munira 8 yoshda. U opasidan 4 yosh kichik. 7 yildan so‘ng opasining yoshi necha bo‘ladi?

25 / 25

25. Munira t yoshda. U opasidan 4 yosh kichik. Opasining yoshini t orqali ifodalang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0