Uy » Online olimpiada » Davlat va huquq asoslari olimpiada » 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 Davlat va huquq asoslari olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 InfoMaster Mart 28, 2025 1178 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 8 /30 4 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 2024-yil 22-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Oilaviy huquqiy munosabatlarda qanday elementlarni ko'rish mumkin? A) subyekt, subyektiv huquq va majburiyat B) nikoh, nikoh shartnomasi va oila C) obyekt, subyekt, subyektiv huquq D) subyekt, obyekt va erkinlik 2 / 30 2. Oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo'lmagan kishi kambag'aldir. Ushbu so'zlar muallifi kim? A) Amir Temur B) Muhammad Kamol Pilavov C) Alisher Navoiy D) Majididdin Xavofiy 3 / 30 3. Prokuror nimani nazorat qiladi? A) Tergov ishlarini B) Hukm ijrosini C) Sudlov ishlarini D) Qonunlarning aniq bajarilishini 4 / 30 4. Qaysi manba ayol kishi shaxsiy mulkka ega bo'lishining huquqiy asoslarini ko'rsatib beradi? A) Avesto B) Qobusnoma C) Farzandnoma D) Temur tuzuklari 5 / 30 5. "Aql tarozisida tortib ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir". Ushbu jumla muallifini toping. A) Abu Nasr Forobiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Teodor Ruzvelt D) Abu Ali ibn Sino 6 / 30 6. Shaxsning huquqiy maqomi deganda nima tushuniladi? A) shaxsning majburiyatlari va erkinliklari yig'indisi B) shaxsning huquqlari, erkinliklari, burchlari yig'indisi C) shaxsning majburiyatlari va huquqlari yig'indisi D) shaxsning majburiyatlari yig'indisi 7 / 30 7. Federativ davlatlar to'g'ri berilgan qatorni toping? A) O'zbekiston, Rossiya B) Germaniya, Rossiya C) AQSH, Fransiya D) Germaniya, Yaponiya 8 / 30 8. Fuqarolik huquqi dastlab qayerda vujudga kelgan? A) Qadimgi Yunonistonda B) Qadimgi Bobilda C) Mesopatamiyada D) Qadimgi Rimda 9 / 30 9. Oila sohasida bizning jamiyatimizda mavjud bo'lgan yuksak axloqiy qoidalardan kelib chiquvchi tamoyilni toping. A) Er-xotinning teng huquqliligi B) Ota-ona roziligi C) Nikohda uchinchi shaxsning aralashmasligi D) Yakka nikohlilik 10 / 30 10. Ijtimoiy yordam - bu ... A) aholining barcha qatlamining minimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, tashkilot tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi B) aholining yordamga muhtoj qatlamining minimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi C) aholining yordamga muhtoj qatlamining maksimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, tashkilot tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi D) aholining barcha qatlamining maksimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi 11 / 30 11. Qonun ustuvorligi deganda ... A) Inson huquqlari, uning qadr-qimmati va erkinliklarini himoya qilishga qaratilganligi tushuniladi B) Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini qo'llab-quvvatlaydigan, davlat boshqaruvi o'zboshimchalik bilan amalga oshirilmasligini kafolatlaydigan, umuman olganda, hokimiyatdan o'zboshimchalik bilan foydalanilishining oldini oluvchi mexanizm, jarayon, institut, amaliyot yoki norma tushuniladi C) Qonunni yetakchi tashkilotlar tomonidan tan olinishi tushuniladi D) Barcha qonunosti va huquqni qo'llash hujjatlari qonunga muvofiq bo'lishi va unga zid bo'lmasligi nazarda tutiladi 12 / 30 12. Yurtimizda oilani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan oilalarga beradigan qanday ko'krak nishoni ta'sis etilgan? A) "Faol oila" B) "Oila - muqaddas" C) "Fazilatli oila" D) "Ibratli oila" 13 / 30 13. Gender tenglik deganda ... A) insonning boshqa birovning qadr-qimmati, sha'ni-obro'sini hurmat qilgan holda muomala qilishi tushuniladi B) insonlarga mol-mulkni teng taqsimanishi tushuniladi C) ma'lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an'analari o'xshash bo'lgan hamda o'zaro ehtiyoj va manfaatlari yo'lida birlashgan insonlar tushuniladi D) insonlarga jinsidan qat'i nazar, bir xil huquq, erkinlik va imkoniyatlarning taqdim etilishi, iqtisodiy faoliyatda hamda qarorlar qabul qilishda tenglikning yaratilishi kabilar tushuniladi 14 / 30 14. Tibbiy ko'rikdan o'tish hajmi va to'liq tartibi kim tomonidan belgilanadi? A) Sog'ligni saqlash vazirligi B) Mahalliy hokimiyat organlari C) FHDYO organlari D) Vazirlar Mahkamasi 15 / 30 15. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz? A) qonunlarga moslashish B) qonunlarni joriy etish C) qonunlar bilan alogadorlik D) qonunlarni bilish va hurmat qilish 16 / 30 16. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha nechta xalgaro hujatlarga qo'shilgan? A) 200 dan ortiq B) 100 dan ortiq C) 10 dan ortiq D) 80 dan ortiq 17 / 30 17. "O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar". Ushbu jumla Konsitutusiyaning nechanchi moddasida aks etgan? A) 35-modda B) 64-modda C) 41-modda D) 51-modda 18 / 30 18. Mamlakatimiz konstitutsiyasining nechanchi moddasida gender tenglik mustahkamlab qo'yilgan? A) 34-moddasida B) 21-moddasida C) 58-moddasida D) 101-moddasida 19 / 30 19. Prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri nima? A) Fuqarolarning majburiyatlarini, jamiyatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi B) Fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash hisoblanadi C) Fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini qayta tiklash hisoblanadi D) Fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi 20 / 30 20. Respublika boshqaruvining qanday turlari mavjud? A) Konstitutsiyaviy va parlamentar B) Prezidentlik va parlamentar C) Mutlaq va parlamentar D) Prezidentlik va mutlaq 21 / 30 21. Ma'lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an'analari o'xshash bo'lgan hamda o'zaro ehtiyoj va manfaatlari yo'lida birlashgan insonlar guruhi nima deylladi? A) Ibtidoiy guruh B) Tashkilot C) Jamoa D) Jamiyat 22 / 30 22. Mulk huquqi, erkin kasb tanlash va mehnat qilish huquqlari insonning qaysi huquqlari tarkibiga kiradi? A) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar B) Shaxsiy huquqlar C) Siyosiy huquqlar D) Madaniy huquqlar 23 / 30 23. Bolalarning huquq va qonuniy manfaatlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 1. Ota-ona; 2. Ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota-onasining o‘rnini bosuvchilar; 3. Prokuratura; 4. Vasiylik va homiylik idoralari; 5. Sud A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 5 24 / 30 24. Huquqlarda tenglashish ma'nosini anglatuvchi lotincha so'zni toping? A) Diskriminatsiya B) Imnguratsiya C) Emansipatsiya D) Denonsatsiya 25 / 30 25. Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida qachondan aholining turli qatlamlari o'rtasida nikohdan oldingi kelishuvlar keng targaigan? A) XIII-XV asriarda B) XVI-XIX asriarda C) XV-XVII asriarda D) XVIII-XIX asriarda 26 / 30 26. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida insonning hayoti, erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxisiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi mustahkamlab qo'yilgan? A) 40-moddasida B) 55-moddasida C) 21-moddasida D) 13-moddasida 27 / 30 27. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha referendum qachon o'tkazildi? A) 2023-yil 30-aprel B) 2021-yil 12-yanvar C) 2022-yil 5-dekabr D) 2023-yil 2-may 28 / 30 28. Qaysi qatorda er-xotinning huquq va majburiyatlari berilgan? A) Ijtimoiy, shaxsiy huquq va majburiyatlar B) Iqtisodiy, siyosiy huquq va majburiyatlar C) Madaniy, mulkiy huquq va majburiyatlar D) Shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlar 29 / 30 29. Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish vaqti 15 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga haftasiga qancha soat ishlashga ruxsat etilgan? A) 30 soat B) 35 soat C) 36 soat D) 24 soat 30 / 30 30. Intizomiy jazolar kim tomonidan qo'llaniladi? A) Hokimiyat tomonidan qo'llaniladi B) Sud tomonidan qo'llaniladi C) Prokuror tomonidan qo'llaniladi D) Ishga qabul qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslar (organlar) tomonidan qo'llaniladi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz