Uy » Online olimpiada » Davlat va huquq asoslari olimpiada » 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 Davlat va huquq asoslari olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 InfoMaster Mart 28, 2025 2074 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 /30 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 2024-yil 22-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug'iladi. Ushbu jumla kimga tegishli? A) Mark Tuliy B) Sitseron C) Ali ibn Abu Tolib D) Monteskiyo 2 / 30 2. Demokratik tartibot belgilarini aniqlang. 1. Shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; 2. Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafolatlanishi; 3. Davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi; 4. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 5. Ijtimoiy hayotda fikrlar xilmaxilligi, ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko‘pligi; 6. Qonun ustuvorligi; 7. Davlat boshqaruvida ko‘pchilikning ozchilikka bo‘ysunishi tamoli asosida amalga oshirilishi A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6 3 / 30 3. Davlat shakllari qaysi javob variantida to'g'ri ko'rsatilgan? A) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi B) Boshqaruv shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi C) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, siyosiy tartibot D) Unitar, federatsiya, konfederatsiya 4 / 30 4. "Davlat" tushunchasiga to'g'ri berilgan ta'rifni aniqlang? A) Majbur qilish kuchiga, ya'ni hokimiyatiga ega bo'lgan, o'z fuqarolari, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi, boshqa insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy alogalarining amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot B) Majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, o'z fuqarolariga ega bo'lgan boshqa davlatlar bilan siyosiy, ibtidoiy, madaniy alogalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot C) Majbur qilish kuchiga ya'ni hokimiyatiga, o'z fuqarolariga ega bo'lgan, boshqa davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy va ma'naviy alogalarni, amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot D) Majbur qilish kuchiga o'z fuqarolariga, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan siyosiy tashkilot 5 / 30 5. Mamlakatning ichki huquq tizimi tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? A) Xususiy va xalqaro B) Moddiy va ijtimoiy C) Moddiy va protsessual D) Ichki va tashqi 6 / 30 6. Davlat organiga to'g'ri berilgan ta'rifni toping. A) qonunga muvofiq ravishda o'z tizimiga, ijtimoiy hayotining muayyan sohasini boshqarish bo'yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo'lgan davlat idorasi yoki muassasasi B) jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi C) majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan tashkilot D) komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega fuqarolardan iborat jamiyat 7 / 30 7. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo'lgan. Shu sud tizimining sohalarini aniqlang. 1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi); 2. Harbiy sud (lashkar qozisi); 3. Shariat sudi (islom qozisi); 4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi); 5. Oliy sud; 6. Tuman sudlari A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 8 / 30 8. Qonun osti hujjatlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping. A) Kodeks, farmon, sud hujjati B) Qonun, kodeks, farmon C) Farmon, qaror, buyruq D) Ijroiya organi qarori, xat, tilxat 9 / 30 9. Amir Temur davlatida qozilar kimga hisobot berishgan? A) Shayxulislonga B) Qo'sbegiga C) Vazirga D) Hukmdorga 10 / 30 10. "Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi". Ushbu so'zlar muallifini aniqlang. A) Amir Temur B) Abu Nasr Farobiy C) Ulug'bek D) Abu Ali ibn Sino 11 / 30 11. Gipoteza - bu ...? A) lotin tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi B) yunoncha so'z bo'lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma'noni anglatadi C) yunon tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi D) lotin tilidan olingan bo'lib, majburiy chora degan ma'noni anglatadi 12 / 30 12. Lotinchadan tarjima qilinganda "qoida", "namuna" ma'nosini anglatuvchi atama ... A) Sanksiya B) Norma C) Dispozitsiya D) Obyekt 13 / 30 13. Insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tamon burilishi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang? A) Jamiyatning shakllanishi B) Huquqiy davlatning tuzulishi C) Davlatning paydo bo'lishi D) Ijtimoiy hokimiyatning vujudga kelishi 14 / 30 14. O'zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Sud qarorlarining qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi B) Sud qarorlarining umummajburiyligi C) Ishlarning oshkora ko'rib chiqilishi D) Aybsizlik prezumpsiyasi qoidasining qonunda aks ettirilganligi 15 / 30 15. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi? A) Iqtisodiy huquqlari B) Shaxsiy huquqlari C) Ijtimoiy huquqlari D) Siyosiy huquqlari 16 / 30 16. Huquqbuzarlik xususiyati va belgilariga qarab nechta guruhga bo'linadi? A) 2 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 8 ta 17 / 30 17. Aflotunning aytishicha eng mushkul ish nima? A) xalq ehtiyojlarini qondirish B) qonun joriy qilish C) jamiyatda tartib o'matish D) hokimiyatni boshqarish 18 / 30 18. Unitar davlatga xos bo'lgan belgilarni aniqlang? 1. yagona pul birligining amal qilishi; 2. tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga bo‘linish; 3. mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi; 4. barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun turli shakldagi soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi; 5. yagona fuqarolikning mavjudligi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 4 19 / 30 19. Huquqiy davlatga xos bo'lgan belgilarni toping? 1) Sud mustaqilligining ta’minlanganligi; 2) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruqlar egallaydi; 3) Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi; 4) Mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi; 5) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. A) 1, 2, 3 B) 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5 20 / 30 20. Ekologiya huquqi sohasi orqali qanday munosabat tartibga solinadi? A) tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar B) korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o'rtasidagi mehnat munosabatlari C) qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar D) mulk bilan alogador hamda nomulkiy munosabatlar 21 / 30 21. Qaysi hujjat amaldagi qonunlar uchun yuridik asos bo'ladi? A) Konstitutsiya B) Xalqaro shartnoma C) Xalqaro norma D) Prezident qarori 22 / 30 22. Notarial idoralarning qay tartibda tashkil etiladi va tugatiladi? A) Prezident tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi B) Notariuslarni tashkil etish va tugatishga hech qaysi davlat organi vakolatli emas C) Notariuslar o'z faoliyatini mustaqil tashkil etadi va tugatadi D) Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi 23 / 30 23. Intizomiy jazo turlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) Jarima va ozodlikdan cheklash B) Hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish C) Ishdan chetlatish, axloq tuzatish ishlari D) Jarima, ogohlantirish, mehnat shartnomasini to'xtatib turish 24 / 30 24. Davlatning mavjudligi, uning zarurligi nimada o'z aksini topadi? A) davlat qonunlarida B) huquqiy madaniyatida C) davlat mustaqilligida D) davlat funksiyalarida 25 / 30 25. Qaysi hollarda fuqaro istisno tarizida to'liq muomala layoqatiga ega bo'ladi? A) Fuqarolik pasportini olishi bilan B) Maktabni tugatishi bilan C) Jinoyat sodir etganda D) Nikohdan o'tgan vaqtdan boshlab 26 / 30 26. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimga nima deyiladi? A) Davlatning tuzulishi B) Demokratiya C) Davlatni boshqarish D) Siyosiy tartibot 27 / 30 27. Hozirgi kunda jahonda nechta federativ davlatlar mavjud? A) 30 tadan ortiq B) 60 tadan ortiq C) 20 tadan ortiq D) 40 tadan ortiq 28 / 30 28. "Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshi." Ushbu fikrlar muallifini aniqlang. A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Abdulloh Muqni 29 / 30 29. Quyida berilgan javoblar orasidan federativ davlatga xos bo'lmagan belgini aniqlang? A) federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo'ladi B) oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo'ladi C) federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig'indisidan iborat bo'ladi D) federatsiya subyektlari umumiy yagona konstitutsiyaga ega bo'lib, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo'ladi 30 / 30 30. Qaysi alloma har qanday jamiyat, davlat ma'lum adolatni himoya etuvchi, qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo'l qo'yilmaydigan qonun ustuvor bo'lgan adolatli jamiyat ta'limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan? A) Abu Nasr Farobiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Al-Xorazmiy D) Abu Ali ibn Sino 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz