Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №5 Geografiya olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №5 InfoMaster Noyabr 22, 2024 860 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 13 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. /30 42 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №5 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Quyidagi qaysi shahar Andijon viloyatining Qirg‘izistonga chegara qismida joylashmagan? A) Xonobod sh. B) Bo‘z sh. C) Paxtaobod sh. D) Qorasuv sh. 2 / 30 2. Sharqiy Yevropa platformasi bilan yosh Turon platformasi chegarasi O‘rta Osiyoning qaysi qismiga to‘g‘ri keladi? A) shimoli-sharqiga B) shimoli-g‘arbiga C) g‘arbiga D) shimoliga 3 / 30 3. Quyidagi xarita-sxemada 2 raqami bilan ko‘rsatilgan davlatning hududini relyef jihatdan qaysi daryolar ikkiga ajratadi? A) Senegal va Volta B) Zambezi va Oranj C) Shari va Limpopo D) Niger va Benue 4 / 30 4. Parrandalar soniga ko‘ra respublikamizda eng so‘nggi o‘rinlarda turuvchi viloyatlarni aniqlang. A) Toshkent, Samarqand, Andijon B) Jizzax, Namangan, Navoiy C) Sirdaryo, Navoiy, Jizzax D) Samarqand, Buxoro, Surxondaryo 5 / 30 5. Quyidagilar orasidan ham yirik shoxli qoramollar soniga, ham qo‘y va echkilar soniga ko‘ra respublikamizda bir xil o‘rinda turuvchi viloyatlarni ajrating. 1. Andijon; 2. Buxoro; 3. Qoraqalpog‘iston; 4. Toshkent; 5. Namangan; 6. Navoiy; 7. Qashqadaryo. 8. Surxondaryo; 9. Jizzax; 10. Sirdaryo; 11. Xorazm; 12. Farg‘ona; 13. Samarqand. A) 2, 4 B) 5, 10 C) 7, 9 D) 8, 12 6 / 30 6. Quyidagi xarita-sxemada 1 va 2 raqamlari bilan ko‘rsatilgan daryolar oralig‘idagi tekislikda aholi zichligi qancha? A) 1000-1500 kishi/kv.km B) 800-1000 kishi/kv.km C) 545-750 kishi/kv.km D) 100-200 kishi/kv.km 7 / 30 7. Shimoliy Afrikadagi qaysi mamlakatlar neft-gaz zaxiralariga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rinda turadi? A) Jazoir va Liviya B) Chad va Jazoir C) Marokash va Misr D) Misr va Tunis 8 / 30 8. Mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 11%i quyidagi qaysi sohada faoliyat yuritadi? A) Sog‘liqni saqlashda B) Sanoatda C) Qurilishda D) Savdoda 9 / 30 9. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarining havosi qaysi gazlar va zararli birikmalar bilan ifloslangan? A) uglerod, azod oksidlari, uglevodorod va qattiq birikmalar B) oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod oksidi, uglevodorod C) vodorod ftorid, ammiak, azot oksidi, qattiq brikmalar D) oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid 10 / 30 10. Qoratov tog‘lari quyidagi qaysi tabiiy geografik okrugning shimolida joylashgan? A) Qizilqum B) Qashqadaryo C) Mirzacho‘l D) O‘rta Zarafshon 11 / 30 11. Quyidagi rasmda harf bilan ko‘rsatilgan chiziqlarning qaysilari daryoni ifodalamaydi? A) A, B, D B) B, D, C C) C, A, B D) A, D, C 12 / 30 12. O‘rta Osiyo daryolari va ularga qurilgan suv omborlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) 1-c, 2-b, 3-f, 4-e, 5-a, 6-d B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f C) 1-c, 2-e, 3-f, 4-b, 5-a, 6-d D) 1-c, 2- b, 3-d, 4-e, 5-a, 6-f 13 / 30 13. 13. Quyidagi rasmda alohida rang bilan belgilangan hududlar qaysi tabiat zonasida joylashgan? A) Balandlik mintaqalari B) Savanna va siyrak o‘rmonlar C) Chalacho‘l va cho‘llar D) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar 14 / 30 14. G‘alaba cho‘qqisi qaysi mamlakatlar chegarasida joylashgan? A) Qozog‘iston va Xitoy B) Xitoy va Qirg‘iziston C) Mongoliya va Xitoy D) Tojikiston va Qirg‘iziston 15 / 30 15. Sangzor-Nurota tog‘ oraliq botig‘ini qaysi tog‘lar o‘rab turadi? A) shimolda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor B) shimolda Morguzar va Nurota, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota C) shimolda Shimoliy Nurota, shimoli-g‘arbda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor D) shimoli-g‘arbda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota 16 / 30 16. Quyidagi qaysi geografik obyekt Oybo‘g‘ir do‘ngligidan shimolda joylashgan? A) Asakaovdon B) Qoplonqir C) Borsakelmas D) Dovutko‘l 17 / 30 17. Amudaryo va Ili daryolarining deltalarida qanday tuproq turi tarqalgan? A) bo‘z tuproq B) taqirli tuproq C) o‘tloq-allyuvial tuproq D) sur-qo‘ng‘ir tuproq 18 / 30 18. Tog‘ tizmasi ........... ga yaqin vabo‘lsa, unda balandlik mintaqalari soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni qo‘ying. A) ekvator, baland B) bosh meridian, tik yonbag‘irli C) yonbag‘irlari nishab, shamolga ro‘para D) qutblar, qadimgi 19 / 30 19. Tropik Afrikada quyidagi qaysi primitiv dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘p yashaydi? A) buddizm B) feteshizm C) totemizm D) shamanizm 20 / 30 20. Berilgan ma’lumotlar asosida bir biriga to‘g‘ri keladigan javobni belgilang. A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5 21 / 30 21. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos tushadigan to‘g‘ri javobni toping. A) C B) B C) D D) A 22 / 30 22. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. AQSH, II. Kanada, III. Braziliya a) Shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori.b)Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi.c)Yalpi sanoat mahsulotlarining hajmi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. d)Jahondagi eng baland teleminora joylashgan. f)Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan davlatlar qatoriga kiradi. e)Yirik neft, temir, uran, nikel konlari mavjud. g)Go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri. A) D B) B C) C D) A 23 / 30 23. Samolyot bosh meridiandan ekvator bo‘ylab g‘arbga qarab uchdi va 520 km masofani bosib o‘tdi. U quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qaysi zonaga yetganligini aniqlang. A) D zonaga B) A zonaga C) B zonaga D) C zonaga 24 / 30 24. Baffin Yeri oroli va Labrador yarimoroli oralig‘idagi bo‘g‘iz nomini aniqlang. A) Elsmir bo‘g‘izi B) Labrador bo‘g‘izi C) Gudzon bo‘g‘izi D) Deyvis bo‘g‘izi 25 / 30 25. Quyidagi xarita-sxemada Balear va Ioniya dengizlari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 8 va 2 B) 3 va 7 C) 1 va 4 D) 3 va 5 26 / 30 26. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Havo haroratiga B) Relyefga C) Yog‘in miqdoriga D) Albedoga 27 / 30 27. Quyidagi xarita fragmentida strelkalar bilan ko‘rsatilgan sayohatni amalga oshirgan dengizchi va u o‘rgangan okean nomini aniqlang. A) J.Kuk, Tinch okean B) G.Shelixov, Shimoliy Muz okeani C) A.Chirikov, Tinch okean D) V.Bering, Atlantika okeani 28 / 30 28. Quyidagilar orasidan Farg‘ona tizmasidan boshlanuvchi daryolar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Kosonsoy; 2) Ko‘gart; 3) Isfara; 4) Norin; 5) Yassi; 6) Aravansoy; 7) Moylisuv; 8) Qorao‘ngur; 9) Oqbura; 10) Chodaksoy. A) 3, 5, 6, 9 B) 1, 2, 7, 8 C) 1, 4, 6, 8 D) 2, 5, 7, 8 29 / 30 29. Aholi tabiiy ko‘payishining manfiy holati nima deb ataladi? A) Urbanizatsiya B) Depopulyatsiya C) Mexanik ko‘payish D) Demografik portlash 30 / 30 30. Quyidagi qaysi rasm Avstraliya materigi (iyul oyida) uchun xos? A) D B) A C) B D) C 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6