Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №6 Tarix olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №6 InfoMaster Oktabr 22, 2024 928 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 7 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №6 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Buyuk ipak yo‘lining tashkil topishi Xitoyning qaysi sulolasi davriga to‘g‘ri keladi? A) Xan sulolasi B) Sin sulolasi C) Xun sulolasi 4 2 / 30 Turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan “Manoqib al-atroq” asarida qaysi xalq hunarmandchilikda ustun bo‘lgan? A) sug‘diylar B) turklar C) xitoyliklar 4 3 / 30 Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1)Xettlar davlati vujudga keldi; 2)Old Osiyoda ilk davlatlar vujudga keldi; 3)Urartu gullab-yashnagan; 4)Misrda so‘nggi podsholik vujudga keldi; 5)Ahamoniylar davlati tuzildi; 6)Hindistonda Moxenjadoro shahri vujudga keldi A) 2, 1, 3, 4, 5, 6 B) 6, 4, 3, 1, 2, 5 C) 6, 2, 1, 4, 5, 3 1 4 / 30 Quyidagilardan Shan davlati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1)Xitoy hududidagi ilk davlat bo‘lib, Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo bo‘lgan; 2)Davlat nomi uning bosh shahri nomidan kelib chiqqan; 3)Davlat yerlari ulkanligi bois hukmdorlari uni “Osmon ostidagi podsholik”, o‘zlarini esa “Osmon o‘g‘illari” deb atagan; 4)Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Xitoy hududida mavjud bo‘lgan; 5)Chjou qabilasi tomonidan tugatilgan. A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 2 5 / 30 Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping? 1)Napaleon Muqaddas Yelena orolida surgunda halok bo‘ldi; 2)Hindistonda sipohiylar qo‘zg‘oloni bostirildi; 3)Afg‘on amiri Do‘stmuhammadxon vafot etdi; 4)Efiopiyada Kassa hokimiyati ag‘darildi; 5)Germaniyada 30 yillik urush tugadi; 6)Daniel Defo vafot etdi; 8)Afgʻoniston amiri Doʻst Muhammadxon Buyuk Britaniya bilan afgʻon-ingliz harbiy bitimini imzoladi; A) 5, 6, 2, 4, 3, 7, 1 B) 6, 5, 2, 1, 3, 7, 4 C) 5, 6, 1, 7, 2, 3, 4 2 6 / 30 Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga harakat qilgan ittifoqchi davlatlarni toping. A) Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya B) Avstriya, Germaniya, Italiya C) Belgiya, Gollandiya, Prussiya 1 7 / 30 Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi namoyondalaridan qaysi biri qishloq ruhoniysi bo‘lgan? A) Simon Bolivar B) Xose San-Marti C) Migel Idalgo 4 8 / 30 Qaysi Boburiy hukmdor davrida mamlakatda Mirzo Ulug‘bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilingan? A) Bobur Mirzo B) Avrangzeb Olamgir C) Akbarshoh 2 9 / 30 Mashhur fizik va kimyogar olimlardan Andre-Mari Amper qaysi davlat fuqarosi edi? A) Fransiya B) Italiya C) AQSH 3 10 / 30 Yunon-Baqtriya davlatining kuchsizlanishi qaysi tarixiy jarayon ortida yuz bergan? A) Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytirishi B) Ko‘chmanchi qabilalar hujumlari, bo‘sundirilgan xalqlarning g‘alayonlari C) Ichki kurashlar, dehqonlar qo‘zg‘oloni va taxt uchun kurashlar 2 11 / 30 Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaldi. O‘z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning qanday an’analarini o‘zlashtirdilar? A) Binokorlik va hunarmandchilik B) Dehqonchilik va savdo-sotiq C) Chorvachilik va me’morchilik 2 12 / 30 Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari hamda buddizm ushbu davlat orqali kirib kelgan. Bu davlat III-IV asrlarda Koreya yarim orolining janubida tashkil topadi. Mamlakatdan chiqqan olimlardan biri Yaponiya taxt vorisini o‘qitadi. Ma’lumotda qaysi davlat haqida aytilmoqda? A) Pekche B) Choson C) Koryo 3 13 / 30 Qachon misrliklar mo‘g‘ullar qo‘shini ustidan g‘alaba qozonib, ularning Yaqin Sharq va Afrikaga yurishlarini to‘xtatib qoladilar? A) 1221-yil B) 1252-yil C) 1260-yil 2 14 / 30 O‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘rto Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari edi. Chet ellik savdogarlar qayerning qog‘oz va gazlamalarini yuqori baholaganlar? A) G‘ijduvon B) Toshkent C) Sheroz 1 15 / 30 “Avesto”da yovuz kuchlar ziyon yetkazmasligi uchun nimaga da’vat etilgan? A) Bergan va’dalarini ustidan chiqishlari B) Insonlarga faqat yaxshilik qilishlari C) Yer haydab dehqonchilik qilishga 2 16 / 30 Suriyadagi shamol tegirmonlariga o‘xshash tegirmonlar qachondan boshlab Yevropada ham qurila boshlanadi? A) XVII asrdan B) IX asrdan C) XII asrdan 3 17 / 30 Quyidagi rivoyat qaysi davlatga oid ekanligini aniqlang. Quyosh ma’budi har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi. A) Hindiston B) Xitoy C) Qadimgi Misr 3 18 / 30 Qaysi davrga kelib insonlar hayotida o‘zlashrituvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – chorvachilik va dehqonchilikka o‘ta boshladi? A) Neolit B) Mezolit C) Bronza 3 19 / 30 806-yilda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Movarounnahr viloyatlariga tarqalgan. Quyida keltirilganlardan ushbu gapda qayd etilgan viloyatlarni aniqlang.1)Miyonqol; 2) Samarqand; 3) Shosh; 4) Farg‘ona; 5)Buxoro; 6) Naxshab; 7) Xorazm; 8) Shahrisabz; 9) Urgut. A) 1, 3, 4, 6, 8, 9 B) 2, 3, 5, 7, 8, 9 C) 2, 3, 4, 5, 6, 7 3 20 / 30 Patriarxat davri boshlangan davrga taalluqli kashfiyotni aniqlang. A) Taqinchoq B) Mikrolit C) Sopol o‘choq 1 21 / 30 Angliyada 1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hududining qancha qismi qirol hukmronligi ostida edi? A) 2/3 qismi B) 3/4 qismi C) 2/4 qismi 4 22 / 30 Braziliya qaysi Yevropa davlatining mustamlakasi bo‘lgan? A) Fransiya B) Ispaniya C) Portugaliya 2 23 / 30 Polsha davlatiga qachon asos solingan? A) XII asr oxirlarida B) XI asr oxirlarida C) XI asr o‘rtalarida 1 24 / 30 O‘rta asrlarda Hindistonda Xarsha tomonidan qaysi shahar madaniy markazga aylantiriladi? A) Udjay B) Goa C) Jafna 3 25 / 30 Qaysi javobda quyidagi voqealarni xronologik vaqti to‘g‘ri berilgan? 1)Urartu davlati gullab-yashnadi; 2)Finikiyada alifbo yaratildi; 3)Hindistonda Magadha, Koshalla, Malla kabi davlatlar tashkil topdi; 4)Chjouda markaziy hokimiyat zaiflashdi. a)mil.avv. VIII-VII asr; b) mil.avv. X asr; c) mil.avv. VII-VI asrlar; d) mil.avv. IX-VIII asrlar A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 4 26 / 30 Kichik Osiyoda XI asr oxiridan o‘g‘uz turklari bilan turklashgan qaysi xalqlarning qoʻshilishidan turk millati shakllana boshlaydi? A) hindlar, armanlar B) gruzinlar, arablar C) xitoyliklar, yunonlar 1 27 / 30 Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar. Ularning dastlabkisi qanday atalgan? A) Rasmli yozuv B) Eslatuvchi belgilar C) So‘z yozuvi 3 28 / 30 Yapon syogunlaridan qaysi biri yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqargan? A) Tokugava B) Nobunaga C) Xidoyosi 1 29 / 30 Birinchi jahon urushiga 1917-yil qo‘shilgan va qarz berish evaziga katta boylik orttirgan davlatni aniqlang. A) Italiya B) AQSH C) Angliya 4 30 / 30 Kimning maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi? A) Daniyel Defo B) Volfgang Amadey Motsart C) Iogann Volfgang Gyote 1 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6