10-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 7-noyabr:

2023-2024 o’quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

2

10-sinf Biologiya olimpiada №7

2023-yil 7-noyabr:

2023-2024 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Ushbu shajarada dominant belgining (bo‘yalgan individlar) irsiylanishi ko‘rsatilgan. Quyidagi chatishtirishlarda hosil bo‘ladigan avlodlarda ushbu belgining namoyon bo‘lish ehtimolini toping.

а) III-1 × III-3

b)III-2 × III-4

(Javobni quyidagicha kriting: 1;2,5)

2 / 30

2. Bir xil og‘irlikdagi 15 ta quyonlarning umumiy og‘irligi 39 kg bo‘lib, bir oy davomida har bir quyon o‘z tana massasidan 5 barobor ko‘p ovqat iste’mol qildi. Shu quyonlarning 1/3 qismini yegan tulkining og‘irligi qanchaga ortishini (kg) aniqlang.

(Javobni quyidagicha kriting: 2,5)

3 / 30

3. Bir bemor genetik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra unda, silga moyillik, shizofreniya va qandli diabet aniqlangan bo‘lsa, u holda bu bemorning o‘rganilgan belgilari bo‘yicha genotipini mos ravishda aniqlang.

4 / 30

4. X xromosomaga birikkan dominant (a) va X xromosomaga birikkan resessiv (b) genning irsiylanishi bilan bog‘liq belgilarni to‘g‘ri juftlang. 1) gemofiliya; 2) namozshomko‘rlik; 3) qandsiz diabet; 4) D vitamin bilan davolanmaydigan raxit; 5) daltonizm; 6) albinizm; 7) ikkinchi kurak tishining yo‘qligi; 8) tish emalining qo‘ng‘ir bo‘lishi; 9) ixtioz.

5 / 30

5. Sportchining mashq jarayonida yurakning bir ish sikli 0,3 sekundga teng bo‘lib, aortaga maksimal hajmdagi qon haydashi ma’lum. Mazkur jarayondagi sportchi yuragining minutlik sistolik hajmini (ml) toping?

6 / 30

6. Oqcha baliq va moybaliqlar Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida uchraydi. Mazkur suv havzalarida umumiy nechta populyatsiya (a), nechta tur (b) mavjud ekanligini aniqlang.

(Javobni quyidagicha kriting: 1;2)

7 / 30

7. Qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan?
1) xolesterin, fosfolipid, lipoprotein va glikolipidlar plastik funksiya bajaradi;
2) hujayralararo suyuqlik va qon plazmasidagi buferlikni HCO−3 anioni ta’minlaydi;
3) odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar deyiladi;
4) ATF molekulasi adenin, riboza va uchta fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan;
5) saxaroza bir molekula glukoza va bir molekula galaktozadan tashkil topgan;
6) natriy nerv impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi va hujayraning osmotik bosimini ta’minlaydi.

8 / 30

8. Faqat qayrag‘och (a) va faqat qarag‘ay (b) o‘simliklari uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) urug‘kurtakning tuguncha devori bilan o‘ralganligi; 2) tuxum hujayraning arxegoniy ichida yetilishi; 3) chang hujayrasining mavjudligi; 4) urug‘kurtakdan urug‘ rivojlanishi; 5) tuxum hujayraning murtak xaltasida yetilishi; 6) o‘tkazuvchi sistemaning rivojlanganligi; 7) urug‘ining qanotchalar yordamida tarqalishi

9 / 30

9. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javoblarni ko‘rsating Kolorado qo‘ng‘izi oq kapalak singari . . . . .1) to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi; 2) tangachaqanotlilar turkumida kiradi; 3) o‘simlik bargi ostiga tuxum qo‘yadi; 4) karamdoshlar oilasini bargi bilan oziqlanadi; 5) og‘iz apparati kemiruvchi; 6) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi

10 / 30

10. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javoblarni ko‘rsating Timozin garmoni melatonin singari . . . . . 1) ichki sekretsiya bezlari maxsuloti; 2) bolani vaqtdan oldin balog‘atga yetishiga to‘sqinlik qiladi; 3) tashqi sekretsiya bezlari maxsuloti; 4) bolani o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

11 / 30

11. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharot turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang.

12 / 30

12. Ikki zanjirli DNK molekulasida 1200 ta nukleotid mavjud bo‘lib, timin nukleotidlari 100 ta. Molekuladagi vodarod bog‘lar sonini toping.

13 / 30

13. Fikotsian (a) va fitonsid (b) uchun mos keluvchi javoblarni aniqlang. 1) qarag‘aydan ajralib chiqadi; 2) xrokokk tarkibida uchraydi; 3) mikroorganizmlarni nobud qiladi; 4) ko‘k rangli pigment; 5) bosh piyozda ko‘p uchraydi.

14 / 30

14. Qalampir o‘simligida meyoz I jarayoni buzilishi natijasida birinchi va oltinchi juft xromosomalar hujayraning har xil qutblariga tarqalmay, bitta qutbga to‘plandi. Shu hujayradan hosil bo‘lgan spermiylar ishtirokida urug‘langan tuxum hujayradan rivojlangan murtak hujayralaridagi xromosomalar sonini aniqlang.

15 / 30

15. Braxidaktiliya dominant holda irsiylanadi. Agar erkak 1genotipi geterozigota bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi o‘rganilayotgan belgining retsessiv geniga ega bo‘ladi.

16 / 30

16. Qon plazmasida antigemofil omil, agglyutinin β, eritrositlarida faqat gemoglobin, agglyutinogen A bo‘lgan ayol qaysi qon guruhli odamlar uchun retsipiyent hisoblanadi?

17 / 30

17. Odamlarda iyakning shakli ikki juft nokomulativ polimer genlarga bog‘liq. Genotipda 1, 2, 3, 4 ta dominant gen bo‘lsa, iyak shakli uchburchak bo‘ladi. Genotipda umuman dominant gen bo‘lmasa iyak silliq shaklda bo‘ladi. Lekin uchburchak iyaklilar orasida dominant digomozigotali genotip letallik xususiyatini namoyon qiladi hamda organizm embrional rivojlanish davrida halok bo‘ladi. Agar digeterozigotali ota-onalar turmush qursa, digeterozigotali farzandlarni tug‘ilish ehtimolini (%) aniqlang.

18 / 30

18. DNK tarkibida umumiy 650 ta vodarod bog‘i mavjud bo‘lib, DNK ning uzunligi 93,5 nm ga teng bo‘lsa, quyidagi qaysi tenglik mazkur DNK ga mos kelishini aniqlang.a

19 / 30

19. Arpa, banan va kofe daraxtining vatanini aniqlang.

20 / 30

20. Energiya almashinuvida sebarga o‘simligida bedaga qaraganda 4 ta kam va moshga qaraganda 8 ta ko‘p ATF molekulasi hosil bo‘ldi. Uchta o‘simlikda hosil bo‘lgan jami ATF molekulalar soni 161 ta. Sebarga o‘simligida hosil bo‘lgan ATF da to‘plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.

21 / 30

21. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javoblarni aniqlang. Uzangi sandoncha singari . . . . . 1) embrionning ektoderma qavatidan shakllanadi; 2) embrionning mezoderma qavatidan shakllanadi; 3) o‘rta quloqda joylashgan; 4) ichki quloqda joylashgan

22 / 30

22. O‘simliklardagi tirik (a) va o‘lik (b) mexanik to‘qima hujayralarini aniqlang. 1) skleroid; 2) yo‘g‘ochlik tolalari; 3) ksilema naylari; 4) floema naylari; 5) kollenxima; 6) sklerenxima

23 / 30

23. 15 mol glukoza chala va to‘liq parchalanganda jami 210 mol ATF hosil bo‘ldi. To‘liq parchalangan glukoza molekulalarini hosil qilish uchun o‘simlik qancha ATF energiyasini (kJ) sarflaydi?

24 / 30

24. So‘g‘lom odam jigari uchun xos bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1) vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladi; 2) jigar oqsil almashinuvida ham ishtirok etadi; 3) tashqi muhit harorati jigar faoliyatiga ta’sir qilmaydi; 4) jigarda ortiqcha karbon suv to‘planadi; 5) jigarning o‘ng bo‘lagi to‘sh suyagining ostida joylashgan; 6) spirtli ichimlik qonga so‘riladi, jigarga borib parchalanishdan sirka kislota hosil bo‘ladi

25 / 30

25. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)batsidiya; b) sekvoya

26 / 30

26. DNK fragmentida fosfat kislota va dezoksiriboza molekulalari yig‘indisi 912 ta bo`lsa, mazkur DNK ning bitta zanjiridagi nukleotidlar sonini aniqlang.

27 / 30

27. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang.

28 / 30

28. Qarg‘a (a) va qilquyruq (b) organizmida qon harakati yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) o‘pkadan o‘pka arteriyasiga;
2) o‘pka arteriyasidan yurak bo‘lmachasiga;
3) venadan yurak bo‘lmachasiga;
4) yurak qorinchasidan arteriyaga;
5) o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasiga;
6) o‘pkadan o‘pka venasiga;
7) yurak bo‘lmachasidan yurak qorinchasiga;
8) orqa aortadan jabralarga;
9) jabralardan orqa aortaga;
10) jabra arteriyasidan qorin aortasiga;
11) o‘pka venasidan chap bo‘lmachaga;
12) chap qorinchadan aortaga.

29 / 30

29. Termitlar (a), asalari (b) va chumolilar (c) oilasi bilan bog‘liq to‘g‘ri fikrlarni juftlang.

30 / 30

30. Axaltaka va Shortgorn zotlarining o‘zaro o‘xshash (a) va farqli (b) jixatlarini aniqlang. 1) toq tuyoqlilar turkumiga mansub; 2) yuragi to‘rt kamerali; 3) ixtisoslashgan tishlarga ega; 4) oshqozoni to‘rt bo‘lmali; 5) ko‘richak o‘simtasi juda uzun; 6) juft tuyoqlilarga mansub; 7) qoziq tishlari kuchli rivojlangan; 8) karkidon bilan bitta turkumga mansub; 9) oshqozonida mayda mikroskopik bakteriyalar va infuzoriyalar yashaydi; 10) ikkita siydik yo‘lining qovuqqa ochilishi.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0