Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №14 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №14 InfoMaster May 1, 2024 14 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №14 15-20-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 2-variant 1 / 25 Stalingrad ostonalaridagi jangda sovet qo’shinlari Volga daryosiga chiqqan Germaniya qo’shinlarining nechta diviziyasini tor-mor qilishdi? A) 12 ta B) 22 ta C) 20 ta D) 15 ta 2 / 25 Uchinchi reyxning poytaxti o’rab olinib, shturm bilan zabt etilgach, Germaniya reyxstagi ustida qaysi davlat bayrog’i o’rnatiladi? A) AQSh B) SSSR C) Buyuk Britaniya D) Fransiya 3 / 25 Ikkinchi jahon urushidan so’ng tarixda birinchi bor SSSRga yadro qurolini qo’llash bilan tahdid qilgan mamlakatni ko’rsating. A) Yaponiya B) AQSh C) Germaniya D) Buyuk Britaniya 4 / 25 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha fashist rahbarlari ustidan o’tkazilgan sud jarayonlari qayerda bo’lib o’tgan edi? A) Serbiyaning Belgrad shahrida B) Finlyandiyaning Nishtadt shahrida C) Germaniyaning Nyurnberg shahrida D) Fransiyaning Parij shahrida 5 / 25 Quyidagi tarixiy voqealarni ular sodir bo’lgan sanalar bilan mos ravishda joylashtiring. 1) SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi; 2) Italyan-German qo’shinlari Afrikadan to’liq quvib chiqarildi; 3) Polsha hududiga sovet qo’shinlari kiritildi; 4) AQShning urushga qo’shilishi bilan antifashistlk koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi; 5) Yaponiya so’zsiz taslim bo’lish to’g’risida paktni imzoladi; a) 1943-yil may b) 1941-yil dekabr c) 1941-yil sentabr d) 1939-yil sentabr e) 1945-yil sentabr A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-d B) 1-d, 3-a, 3-b, 4-e, 5-c C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e 6 / 25 Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya bosh vaziri vazifasini kim bajarayotgan edi? A) A. Tedder B) N. Chemberlen C) U. Cherchill D) E. Xit 7 / 25 “Urushda g’olib va baxtli podshoh, g’olib va baxtli qo’shin, g’olib va baxtli davlat, g’olib va baxtli tuzum bo’lishi mumkin. Ammo g’olib va baxtli odam bolmaydi” Urush haqidagi ushbu so’zlar qaysi yozuvchining asaridan olingan? A) Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” B) Ernest Xemingueyning “Alvido qurol" C) O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” D) Romen Rollanning “Maftun bo’lgan qalb” 8 / 25 Ikkinchi jahon urushi qaysi davlatning taslim bolishi bilan nihoyasiga yetgan? A) Ruminiya B) Germaniya C) Italiya D) Yaponiya 9 / 25 Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan qaysi davlatlar sovetlar bilan birdamligini e’lon qilishgan edi? A) Bolgariya, Vengriya va Ruminiya B) Yaponiya va Ispaniya C) Fransiya va Belgiya D) Buyuk Britaniya va AQSh 10 / 25 AQSh harbiy havo kuchlari 1945-yil 6-avgustda Yaponiyaning … (a) shahriga, 1945-yil 9-avgustda Yaponiyaning (b) shahriga atom bombalarini tashlashgan. 1) Xakata 2) Xirosima 3) Tokio 4) Nagasaki A) a - 4 , b- 2 ; B) a- 2 , b- 4; C) a - 3 , b- 1 ; D) a - 2 , b- 3; 11 / 25 Atigi 30 yil ichida insoniyat o’z tarixidagi eng dahshatli nechta urushga guvoh bo’!di? A) 4 ta B) 3 ta C) 2ta D) 6ta 12 / 25 Urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini, qurolli qarshilik ko’rsatishni davom ettirishdan voz kechishi qaysi atama bilan izohlanadi? A) separatism B) kontributsiya C) kapitulatsiya D) anneksiya 13 / 25 Germaniyada o’zgacha fikrlovchilarga qarshi kurashish uchun tuzilgan kuch ishlatuvchi tashkilot qanday nomlangan? A) SD B) SS C) bundesver D) gestapo 14 / 25 AQShga “tinchliksevar xalqlarning sovet tajovuziga” qarshi kurashiga boshchilik qilish taklifi kim tomonidan berilgan? A) Germaniya kansleri K.Adenauer B) Yaponiya bosh vaziri Iosuda C) Fransiya prezidenti Shari de Goll D) Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri U.Cherchill 15 / 25 1942-yil bahor-kuzida nemis qo’shinlari … A) sovetlar bilan jangdagi mag’lubiyat natijasida butun Sharqiy frontni zabt etdi B) Sharqiy va Shimoliy Afrikadagi dengiz mustamlakalarini zabt etdi C) O’rta yer dengizi bo’ylab harakat qilib, Gretsiyaga chiqishadi D) Volga daryosiga va Shimoliy Kavkazga chiqdilar 16 / 25 Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lganligi haqidagi aktni Sovet Ittifoqi nomidan kim imzolagan edi? A) В) I. Stalin B) T. Timoshenko C) С) I. Petrov D) G.K.Jukov 17 / 25 Atlantik xartiyaga ko’ra Buyuk Britaniya va AQSh tomonlari qanday majburiyatlarni olishgan? 1) Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo’lgan davlatlarga reparatsiya to’lashga majbur etish; 2) Xalqlarning o’z boshqaruv shaklini erkin tanlash huquqini hurmat qilish; 3) Hududiy va boshqa boyliklarni egallab olishga intilmaslik; 4) Zo’ravonlik yo’li bilan suverenitetidan mahrum qilingan xalqlarning o’z huquqlarini tiklashga intilishini qo’llab-quvvatlash; 5) Asosiy jinoyatchilarni xalqaro harbiy tribunalga berish; A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 5 18 / 25 Urush harakatlari bo’layotgan hududdan odamlar, muassasalar, korxonalar va boshqalarning urush bo’lmayotgan xavfsiz hududlarga ko’chirilishi qaysi atama bilan izohlanadi? A) segregatsiya B) evakuatsiya C) migratsiya D) urbanizatsiya 19 / 25 Berlin operatsiya amaiga oshirilgan davrni aniqlang. A) 1945-yil 30-martdan 2-mayga qadar B) 1945-yil 16-apreldan 2-mayga qadar C) 1944-yil 20-iyndan 8-mayga qadar D) 1945-yil 10-apreldan 2 mayga qadar 20 / 25 Ikkinchi jahon urushi qancha vaqt davom etgan? A) 4 yil B) 7 yil C) 5 yil D) 6 yil 21 / 25 AQShning urushga qo’shilishini va antigitler koalitsiyaning batamom shakllanishini tezlashtirgan omilni ko’rsating. A) Germaniya armiyasining Sharqiy frontda yangi hujum harakatlarini boshlab yuborishi B) Italyan-German qo’shinlari bosib olgan hududlarda qarshilik ko’rsatish markazlarining tuzilishi C) Sovet qo’shinlarining Sharqiy Yevropani va shuningdek, butun Yevropani fashizmdan ozod qilishi oydinlasha boshlashi D) Tinch okeanida Yaponiya boshlagan jangovar harakatlar 22 / 25 Qaysi sana SSSRda “G’alaba kuni” deb e’lon qilingan edi va hozirga qadar nishonlanib kelinmoqda? A) 31-avgust B) 2-sentabr C) 9-may D) 1-may 23 / 25 Yaponiya qo’shinlari Hindiston va Avstraliya bo’sag’asiga yaqinlashishidan avval qaysi hududlarni bosib olishgan? 1) Birma 2) Koreya 3) Malayziya 4) Filippin 5) Indoneziya 6) Gongkong A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6 24 / 25 Yapon agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan iborat bo’lgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukmni qachon va qayerda chiqargan edi? A) 1946-yil sentabrdan 1948-yil noyabrgacha Xitoyning Shanxay shahrida B) 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha Yaponiyaning Tokio shahrida C) 1945-yil noyabrdan 1946- yil oktabrgacha Germaniyaning Nyurenberg shahrida D) 1946-yil noyabrdan 1947-yil martgacha Finlyandiyaning Xelsinki shahrida 25 / 25 Tarixda birinchi marta davlat, hukumat va armiya boshlig’i maqomidagi kishilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmasligi xalqaro miqyosda tan olinishi - bu ... A) Berlindagi Germaniyaning taslim bo’lish shartnomasi bo’ldi B) Gaaga sud jarayonlari bo’ldi C) San-Fransisko shahridagi Ta’sis konferensiyasi bo’ldi D) Tokio va Nyurnberg sud jarayonlari bo’ldi 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz