Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №11 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №11 InfoMaster May 1, 2024 61 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №11 11-14-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 3-variant 1 / 25 Eron shohi SSSR va Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzolagan yilni aniqlang. A) 1938-yil B) 1941-yil C) 1942-yil D) 1940-yil 2 / 25 Afrikada birinchi siyosiy partiyasi - Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topgan yilni toping. A) 1920-yil B) 1912-yil C) 1922-yil D) 1930-yil 3 / 25 Musulmon mamlakatlarida ayollar yopinib yuradigan diniy libos qanday nomlanadi? A) chodra B) kuloh C) savkeli D) paranji 4 / 25 Eron davlatida ta’lim sohasida islohotlar amalga oshirilgan yillar oralig‘ida sodir bo’lgan voqealarni belgilang. 1) Yaponiya Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yuboradi; 2) Millatlar Ligasi a’zoligiga Turkiya qabul qilinadi; 3) Angliya-Eron shartnomasi imzolanib, Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantiriladi; 4) Eronda yevropacha libos joriy qilindi; 5) Xitoyda “Buyuk milliy inqilob” bo’lib o’tadi; 6) Italiya fashistlaridan o’rnak olgan o’ng partiyalar ispan falangasini tashkil qiladi; 6) Sovet ittifoqida majburiy boshlang'ich ta’lim joriy qilindi; 7) Nyu-Yorkda birinchi ovozli kino namoyish etiladi; A) 2, 4, 6, 7 B) 1 , 3 , 4, 5 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 7 5 / 25 Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar va Mustafo Kamol hukumati o’rtasida imzolangan Turkiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolishga qaror qilingan shartnomani belgilang. A) 1923-yilgi Lozanna shartnomasi B) 1936-yilgi Montryo shartnomasi C) 1924-yilgi London shartnomasi D) 1920-yilgi Sevr shartnomasi 6 / 25 Eronda ta’lim sohasidagi islohotlar davomida qanday qonun qabul qilinadi? A) Bepul majburiy boshlang'ich ta’lim va pullik o’rta va oliy ta’lim to’g‘risida B) Oliy o’quv yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish to’g‘risida C) Oliy va o’rta ta’limda maxsus davlat dasturlaridan foydalanish to’g'risida D) Xotin-qizlarga maktablarda, oliy o’quv yurtlarida o’qish, davlat tashkilotlarida ishlash huquqi berilishi haqida 7 / 25 Yevropaning mustamlakachi davlatlaridan qay binning mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikaga va Sahroyi Kabirga to’g‘ri keladi? A) Portugaliya B) Fransiya C) Belgiya D) Buyuk Britaniya 8 / 25 Birinchi jahon urushidan so’ng G'arb davlatlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan qaysi davlat armiyasi Turkiya hududiga bostirib kiradi? A) Eron B) Gretsiya C) Italiya D) Misr 9 / 25 Turkiya Buyuk Millat majlisi Mustafo Kamolga qanday nasabni bergan edi? A) “Turon yo’lbarsi” B) “Usmon o’g'li” C) “Xalq homiysi” D) “Otaturk” 10 / 25 Muhammad Rizo Pahlaviy Eronda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida qaysi davlat bilan hamkorlikni kuchaytirdi? A) AQSh B) SSSR C) Fransiya D) Germaniya 11 / 25 Eronni amalda Buyuk Britaniya protektoratiga aylantirgan shartnoma qachon imzolangan? A) 1922-yil B) 1919-yil C) 1918-yil D) 1925-yil 12 / 25 Germaniya va Turkiya o’rtasida do’stlik shartnomasi imzolangan yilni aniqlang. A) 1941-yil B) 1937-yil C) 1939-yil D) 1940-yil 13 / 25 Ma’lumki, Turkiyada Parij va Sevr shartnomalari qarorlariga qarshi harakat boshlanadi. Bu harakatlarga kim rahbarlik qiladi? A) Mustafo Kamol B) Tal’at C) Mahmud Rishod D) Anvar Poshsho 14 / 25 XX asrning 30-yillarida Osiyoning qaysi mamlakatida Oliy o’quv yurtlarining butun boshli tizimi yaratiladi? A) Turkiya B) Afg'oniston C) Eron D) Yaponiya 15 / 25 Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to’g‘risida qaror qabul qilgan sanani aniqlang. A) 1921-yil 22-oktabr B) 1923-yil 29-oktabr C) 1922-yil 1-noyabr D) 1920-yil 24-aprel 16 / 25 Quyidagi tarixiy voqealar orasidan bir yilda sodir bolganlarini ko’rsating. 1) Tehran universiteti ochiladi; 2) Eronda mamlakat nomi o’zgartirilib, avvalgi Fors o’rniga Eron deb ataladigan bo’ldi; 3) Eronda chodra o’rab yurishni bekor qilish to’g‘risida qonun qabul qilindi; 4) Turkiya Millatlar Ligasiga a’zo bo’ladi; A) 1 , 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 17 / 25 Usmonlilar sulolasining so’nggi sultoni kim bo’lgan? A) Murod II B) Mehmed VI C) Abdulhamid III D) Mahmud V Rishod 18 / 25 Mustafo Kamol Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi nima bo’lgan? A) Parij konferensiyasi qarorlari asosida qo’ldan ketgan hududlarni qaytarish B) Fashistik mamlakatlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash C) Turkiya yangi hukumatining buyuk davlatlar tomonidan tan olinishiga erishish D) Turkiyaning xalqaro obro’sini oshirish 19 / 25 Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan qay biri haqiqatga mos emas? A) M.Kamol davrida arab alifbosidan voz kechib, lotin alifbosi joriy qilinadi B) Pahlaviylar sulolasi hukmronligi davrida Eronga ko’plab nemis mutaxassislari va texnikasi kirib keldi C) Ursuhdan so’ng Turkiya hukumati oldida turgan islohotlarning bosh maqsadi mamlakatni modernizatsiya qilish deb e’lon qilindi D) Turkiya Ikkinchi jahon urushi davrida xuddi birinchi jahon urushida bo’lgani kabi Germaniya tarafida turib ishtirok etadi 20 / 25 Birinch jahon urushidan keyingi yillarda Osiyoning qaysi davlatlarida nasab joriy qilinadi? A) Yaponiya va Xitoy B) Afg'oniston va Eron C) Hindiston va Turkiya D) Eron va Turkiya 21 / 25 Eron hukumati M.Kamoldan o’rnak olgan holda qanday tadbirlarni amalga oshiriladi? 1) Yevropacha libos joriy qilindi; 2) Lotin alifbosi joriy qilindi; 3) Feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi; 4) Mahsulot solig'i pul ko’rinishidagi soliq bilan almashtirildi; 5) Nasab joriy qilindi A) 1,3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4 22 / 25 Quyidagi davlatlardan qay biri Ikkinchi jahon urushida rasman betaraf qolgan bo’lsada, hukmron doiraiarning katta qismi Germaniyaga xayrixoh bo’lgan? A) Afg'onisfon B) Turkiya C) Eron D) Xitoy 23 / 25 Har yili yoshlarni chet ellarga, dunyoning eng yaxshi universitetlariga o’qishga yuborgan mamlakat hududiga 1941-yil avgustda qaysi mamlakat qo’shinlari kiritiladi? A) Germaniya va Italiya B) Germaniya va Yaponiya C) Buyuk Britaniya va AQSh D) SSSR va Buyuk Britaniya 24 / 25 Ma’lum muddatga belgilangan faoliyat turi bilan shug‘uilanish uchun beriladigan huquqni tasdiqlovchi rasmiy hujjat qaysi atama bilan izohlanadi? A) dekret B) patent C) bill D) litsenziya 25 / 25 XX asrning 20-yillaridagi iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari chet ellik mulkdorlardan sanoat korxonalari, infratuzlima obyektlari, temir yo’llami sotib olish, milliy sanoatni yaratishga qaratgan Osiyo mintaqasidagi davlatni toping. A) Xitoy B) Eron C) Yaponiya D) Turkiya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz