Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 10-sinf Jahon tarix » 10-sinf Jahon tarixi №10 10-sinf Jahon tarix 10-sinf Jahon tarixi №10 InfoMaster May 1, 2024 93 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Jahon tarixi №10 11-14-MAVZULAR YUZASIDAN TESTLAR 2-variant 1 / 25 Xitoydagi “Buyuk milliy inqilob”ga yetakchilik qilgan kuchni aniqlang. A) Gomindan partiyasi B) Shanxay burjuaziyasi C) Antanta kuchlari D) Xitoy kommunistik partiyasi 2 / 25 Mahatma Gandi tomonidan ishlab chiqilgan zo’ravonliklarsiz qarshilik ko’rsatish usuli tarixda qanday nom olgan? A) Svadeshi B) Gandizm C) Jaynizm D) Induizm 3 / 25 Yaponiyani Shandun viloyatini Xitoyga qaytarib berishga majbur qilgan konferensiya qayerda bo’lib o’tgan? A) Parij B) Vashington C) London D) Lozanna 4 / 25 Xitoy kommunistlari tomonidan Xitoy Sovet Respublikasi tuzilgan vaqtda uning raisi qilib kim saylangan edi? A) Sun Yat Sen B) U Peyfu C) Mao Szedun D) Yuan Shikay 5 / 25 Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda … ga to’liq qaram bo’lib qolgan davlat edi. A) Yaponiya B) Rossiya C) Germaniya D) Buyuk Britaniya 6 / 25 XX asrning 20-40-yillarida hindlarning zo’ravonsizlik ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda beqiyos rol o’ynagan hind xalqining buyuk farzandini toping. A) Javaharla’I Neru B) Bal Gangadhara Tilak C) Muzaffar Ahmad D) Mahatma Gandi 7 / 25 Buyuk Britaniya mustamlaka hukumati birinchi jahon urushi yillarida qaysi mustamlakasiga o’zini-o’zi boshqarish huquqini va’da qilgan edi? A) Janubiy Afrika Ittifoqi B) Kanada C) Avstraiiya D) Hindiston 8 / 25 Quyidagi tarixiy sanalarni ularda sodir bo’lgan voqeliklar bilan muvofiqlashtiring.1) 1921-yil fevral 2) 1918-yil avgust 3) 1922-yil oktabr 4) 1923-yil 29-oktabr 5) 1925-yil dekabr a) Turkiya-Gretsiya urushida M.Kamol qo’shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi; b) Eronda kazaklar polka sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag‘darib tashladi; c) Turkiya Respublika deb e’lon qilindi; d) Eron Ta’sis majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e’lon qilindi; e) Ingliz qo’shinlari butun Eronni o’z nazoratiga oladi; A) 1-b, 2-e, 3-c, 4-a, 5-d B) 1-a, 2-e, 3-b, 4-c, 5-d C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e D) 1-b, 2-e, 3-a, 4-c, 5-d 9 / 25 Qaysi voqeadan so’ng Xitoyni tinch yo’l bilan birlashtirish imkoniyati yo’qqa chiqqadi? A) 1925-yilgi “Buyuk milliy inqilob” yengilganidan so’ng B) Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan kuchlari kommunistlarga qarshi harbiy harakatlar boshlaganidan so’ng C) 1925-yilda Sun Yat Sen vafot etganidan so’ng D) Yaponlar Xitoyga qarashli Manchjuriyani bosib olishganidan so’ng 10 / 25 1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag'darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan qo’llab- quvvatlangan …. keldi. A) U Peyfu B) Mao Szedun C) Yuan Shikay D) Sun Yat Sen 11 / 25 General Chan Kayshi boshchiligidagi Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishi natijasida... A) Mo’g'uliston va Manchjuriya hududlari kommunistlardan tozalanadi B) mamlakatdagi kommunistiar tazyiqiga barham beriladi C) yapon armiyasi mamlakat hududidan butunlay surib chiqiladi D) Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi shaharlar gomindanchilar qo’liga o’tadi 12 / 25 1919-yiigi Parij konferensiyasi qarorlariga ko’ra, Usmoniylar imperiyasi o’z hududidan tashqaridagi barcha yerlari anneksiya qilinib, .... A) i Millatlar Ligasi mandati ostiga o’tadi B) biroz fursatdan so’ng ozodlik beriladi C) Fransiya mandati ostiga o’tadi D) Buyuk Britaniya mandati ostiga o’tad 13 / 25 Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb e’lon qilgan yilni aniqlang. A) 1942-yil B) 1940-yil C) 1939-yil D) 1938-yil 14 / 25 “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o’tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida, eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib, xonadonimni ag'dar-to’ntar qilib, o’zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Ushbu fikrlar qaysi tarixiy shaxs tomonidan aytilgan? A) Sun Yat Sen B) Mustafo Kamol Otaturk C) Bal Gangadxara Tilak D) Mahatma Gandi 15 / 25 Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Xitoydagi kommunistiar Xitoy Sovet Respublikasi tuziiganligini e’lon qildilar; 2) Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi; 3) Manchjou-Go davlati tuzilganiigi e’lon qilindi; 4) Shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari inglizlarga qarshi harakat boshladilar; 5) Sun Yat Sen Xitoy Respublikasi preizidenti etib saylandi; A) 2, 5, 4, 3, 1 B) 5, 4, 2, 1, 3 C) 5, 4, 2, 3, 1 D) 5, 2, 4, 1, 3 16 / 25 Quyidagi variantlardan qay biri Parij konferensiyasida Xitoy tomonidan ilgari surilgan talablarga qatoriga kirmaydi? A) Yapon qo’shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to’xtatish B) Port-Artur va Janubiy Manchjuriyani Yaponiya ta’siridan Xitoyga o’tkazish C) Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olish D) Shandun orolini ozod qilish 17 / 25 Yaponiya armiyasi qancha vaqt ichida Xitoyning barcha yirik viloyatlarini egallab oladi? A) bir kun B) o’n kun C) bir hafta D) bir oy 18 / 25 Parij konferensiyasida Xitoy tomonidan ilgari surilgan talablar G'arb davlatlari tomonidan rad etilishiga nima sabab bo’lgan? A) Bu talablar Yaponiya hukumatining keskin kamsitilishiga sabab bo’ladi B) Dunyoning yetakchi mamlakati AQSh tomonidan bu talablar ratifikatsiya qilinmaydi C) Xitoy davlati talablari ilgari G'arb davlatlari bilan imzolangan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutar edi D) Bu talablar Osiyo qit’asida yangi bir kuchning shakllanishiga olib kelar edi 19 / 25 Xitoy davlatining suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatlagan xalqaro konferensiya qaysi yillarda bo’lib o’tgan? A) 1931-1932-yillar B) 1925-1926-yillar C) 1921-1922-yillar D) 1919-1920-yillar 20 / 25 Shanxay shahridagi talabalar namoyishi kimlar tomonidan o’qqa tutilgan? A) yapon harbiylari B) ingliz politsiyachilar C) mahalliy askarlar D) kommunistiar 21 / 25 1919-yil 4-may kuni…. A) M.Kamol boshchiligidagi turk qo’shinlari butun Turkiya hududini ozod qilishdi B) Parij konferensiyasi qarorlaridan g'azablangan xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar C) Brest-Litovsk shahrida Germaniya va Rossiya o’rtasida tinchlik sulhi tuzildi D) Antanta davlatlari Sovet ittifoqiga qarshi intervensiya harakatiarini boshlab yuborishdi 22 / 25 Turkiya respublikasining birinchi prezidentini toping. A) Salim Poshsho B) Anvar Poshsho C) I. Inenyu D) M. Kamol 23 / 25 Ikki jahon urushlari oralig'ida Hindistondagi milliy ozodlik harakatining asosiy kuchini ... tashkil qilgan. A) talabalar B) matroslar C) ishchilar D) dehqonlar 24 / 25 XX asrning 20-yillarida Xitoyda bo’lib o’tgan xalq harakati tarixda qanday nom olgan? A) “30-may harakati” B) “Shanxayliklar harakati” C) “4-may harakati” D) “Talabalar isyoni” 25 / 25 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko’ra… A) Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o’rtasida bo’lib olinishi ko’zda tutiladi B) Dardanell va Bosfor bo’g'ozlari va Istanbul shahri Rossiya imperiyasi tarkibiga o’tkaziladi C) Usmoniylar imperiyasi Antanta davlatlariga 2,5 mlrd frank tovon to’lash majburiyatini oladi D) Turkiya hududida umumiy harbiy majburiyat bekor qilinadi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz