Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №31 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №31 InfoMaster May 1, 2024 59 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122 7-sinf Biologiya №31 X bob. REPRODUKSIYA, O‘SISH VA RIVOJLANISH 10.1 Organizmlarning ko‘payishi 1 / 22 Xlamidomonada noqulay sharoitda____ va qulay sharoitda ____ usulda ko‘payadi. A) Jinssiz, jinssiz B) Jinssiz, jinsiy C) Jinsiy, jinssiz D) Jinsiy, jinsiy 2 / 22 Zamburug’larning ko’payishi haqidagi xato jumlani toping. A) Qulay muhitga tushgan sporalardan yangi zamburug‘ gifalari rivoj lanadi B) Bir hujayrali achitqi zamburug‘i jinssiz – kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Kurtaklanish jarayonida ona hujayrada bo‘rtma paydo bo‘ladi, ajraldi,kattalashadi va yangi orga nizmga aylanadi. C) Zamburug‘lar jinsiy usulda ham ko‘payadi. D) Ko‘p hujayrali zamburug‘lar mevatanasida hosil bo‘ladigan sporangiylarda yetiladigan spora lar orqali ham ko‘payadi. 3 / 22 Noto’g’ri bo’lgan jumlani toping? A) Ko‘payish jarayonida avlodlarga uzatiladigan irsiy materi al hujayra yadrosidagi DNK molekulasida joylashgan. B) DNK irsiyatning moddiy asosi bo‘lib, unda shu organizm tuzilishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi dastur – irsiy axborot saqlanadi C) Barcha jumla to’g’ri D) DNK molekulasi maxsus uglevodlar bilan birikib, xromosomalarni hosil qiladi. 4 / 22 O’zgaruvchanlik nima? A) Yangi avlodning ko’pgina belgilari bilan ota-onadan farq qilishi B) Ota-ona belgi va xususiyatlarining avlodlarda namoyon bo‘masligi C) Ota-ona belgi va xususiyatlarining avlodlarda namoyon bo‘lishi D) Yangi avlodning ayrim belgilari bilan ota-onadan farq qilishi 5 / 22 Ko’p hujayrali suvo’tning ko’payishi bilan bog’liq to’g’ri jumlani toping? A) Ko‘p hujayrali suv’tlar mevatanasida hosil bo‘ladigan sporangiylarda yetiladigan spora lar orqali ham ko‘payadi. B) Xlamidomonada noqulay sharoitda jinsiy usulda ko‘payadi. Bunda xlamidomanada hujayrasida 2 xivchinli gametalar hosil bo‘ladi. C) Bir hujayrali achitqi zamburug‘i jinssiz – kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. D) Ko‘p hujayrali suvo‘tlar ham jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish suvo‘t tanasi – tallomning bo‘lak larga bo‘linishi va zoosporalar orqali amalga oshadi. 6 / 22 To’gri jumlani toping. A) Barchasi to’g’ri B) Sun’iy changlatishda o‘simlikning yetilgan changi yig‘ib olinib, shu yoki boshqa o‘simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o‘tkaziladi. C) Sun’iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda yaratishda foydalaniladi. D) Sun’iy changlatish usulidan asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi. 7 / 22 Ko‘payish natijasida hosil bo‘lgan yangi avlod belgi-xususiyatlari bilan ota-ona organizmga aynan o‘xshash bo‘ladi. Ushbu ta’rifga mos keluvchi ko’payish xillarini belgilang. A) Jinsiy ko’payish B) Sporalar, vegetativ,bo’linish C) Arxegoniy,spermatazoid,gametofet D) Zigota, gameta, gametofit 8 / 22 Qanday ko‘payish natijasida hosil bo‘lgan avlod ota-onaga nisbatan tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvchan hamda yashovchan bo‘ladi? A) Zigota hosil qilib B) Bo’linish orqali C) Sporalar orqali D) Jinssiz orqali 9 / 22 Meva eti qayerdan hosil bo’ladi? A) Meva eti va urug’ B) Murtak, endosperm, urug’ po’sti C) Urug’kurtak D) Tuguncha 10 / 22 Zoospora hosil qilish hamda tallomning bo‘laklarga bo‘linishi orqali ko’payadigan organizmlarga xos xususiyat A) Sporalar orqali ko’paymaymaydi B) Jinsiy usulda ham ko’payadi C) Avval yadroning so’ng hujayraning ikkiga bo’linishi orqali ko’payadi D) Hujayrasining teng ikkiga bo’linish orqali ko’payadi 11 / 22 Avval yadroning so’ng hujayraning ikkiga bo’linishi orqali ko’payadigan hayvonlar qaysi dunyo vakili hisoblanadi? A) Bakteriyalar B) A va C javoblar to’g’ri C) Protoktistalar D) Oddiy amyoba, yashil evglena, infu zoriya tufelkasi 12 / 22 Hashorotlar yordamida changlanadigan o’simlilarga xos xususiyat? A) Changchi va urug‘chi har xil vaqtda yetiladigan o‘simliklarda B) To’gri javob yo’q C) Bunday changlanadigan o‘simliklarning gullari mayda, hidsiz, ko‘rimsiz, chang donachalari yengil bo‘ladi. D) Changchi va urug‘chi bir vaqtda yetiladigan o‘simliklarda 13 / 22 Urug’ qayerdan hosil bo’ladi? A) Murtak, endosperm, urug’ po’sti B) Meva eti va urug’ C) Tuguncha D) Urug’kurtak 14 / 22 Ularning biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib, ____hosil qiladi, undan ____rivojlanadi. Ikkinchi spermiy ___hujayra bilan qo‘shiladi, undan _____rivojlanadi. A) zigota, endosperm, markaziy, murtak B) markaziy, murtak, zigota, endosperm C) zigota, murtak, markaziy, endosperm D) zigota, tuxum,markaziy,endosperm 15 / 22 Irsiyat nima? A) Ota-ona belgi va xususiyatlarining avlodlarda namoyon bo‘lishi B) Yangi avlodning ko’pgina belgilari bilan ota-onadan farq qilishi C) Yangi avlodning ayrim belgilari bilan ota-onadan farq qilishi D) Ota-ona belgi va xususiyatlarining avlodlarda namoyon bo‘masligi 16 / 22 Gametalarning qo‘shilishi bu– ? A) Chang hosil bo’ish jarayoni B) Urug’ hosil bo’lish jarayoni C) Urug‘lanish D) Changlanish 17 / 22 O‘simliklarning jinssiz ko‘payishi qanday usullarda amalga oshadi? A) Sporalar orqali B) Mog‘or zamburug‘ining ko’payish usuli orqali C) Vegetativ usulda D) Barchasi to’g’ri 18 / 22 _____ hujayra o‘sib, chang naychasini hosil qiladi. ____ hujayra bo‘linib, ikkita _____hosil qiladi. A) Generative, vegetativ, spermatazoid B) Vegetativ, generativ, spermatazoid C) Vegetativ, generativ, spermiy D) Generative, vegetativ, spermiy 19 / 22 Urug‘langan ___hujayra ___deyiladi va undan yangi avlod rivojlanadi A) Erkak, zigota B) Tuxum, zigota C) Markaziy, zoospora D) Markaziy, zigota 20 / 22 Meva qayerdan hosil bo’ladi? A) Urug’kurtak B) Murtak, endosperm, urug’ po’sti C) Tuguncha D) Meva eti va urug’ 21 / 22 Shamol yordamida changlanadigan o’simlilarga xos xususiyat? A) Bunday changlanadigan o‘simliklarning gullari chiroyli, xushbo‘y hidli, nektarli bo‘ladi. B) Changchi va urug‘chi bir vaqtda yetiladigan o‘simliklarda C) Changchi va urug‘chi har xil vaqtda yetiladigan o‘simliklarda D) To’gri javob yo’q 22 / 22 Urug’ po’sti qayerdan hosil bo’ladi? A) Urug’kurtak B) Meva eti va urug’ C) Tuguncha D) Murtak, endosperm, urug’ po’sti 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz