Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №5 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №5 InfoMaster May 4, 2023 180 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf O'zbekiston tarixi №5 22-26-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) dastlab qaysi viloyatning hokimi qilib tayinlagan edi? A) Kobul B) Andijon C) Xo'jand D) Farg'ona 2 / 40 2. Quyidagi tarixiy shaxslarni ularning vafot etgan davriga qarab xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Abulxayrxon 2) Abu Said 3) Abulqosim Bobur 4) Davlatshayx A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 1, 3, 2 C) 2, 3, 1, 4 D) 4, 3, 1, 2 3 / 40 3. Buxoro xonligida Bosh vazir qanday atalgan? A) devonbegi B) naqib C) mehtar D) qo'shbegi 4 / 40 4. Buxoro taxtiga akasidan keyin kelgan hukmdorlarni aniqlang. 1) Vali Muhammad 2) Subhonqulixon 3) Abulfayzxon 4) Imomqulixon 5) Ubaydullaxon II 6) Nodir Muhammad A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 2, 4, 5, 6 5 / 40 5. Qaysi asar Dashti Qipchoq va Movarounnahming XV asr o‘rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo‘lgan davr voqealarini o‘z ichiga oladi ? A) M.Haydar “ Tarixi Rashidiy” B) M.Solih “ Shayboniynoma “ C) K.Binoiy “ Shayboniynoma “ D) Buxoriy “ Abdullanoma “ 6 / 40 6. Qaysi hukmdor (a) Eronni yo`q qilish taklifini , qaysi biri (b) Eronga yordam berish taklifini bergan ? A) a-Ubaydullaxon,b-Avrangzeb B) a-Abdullaxon II, b-Akbarshoh C) a-Ko`chkunchixon,b-Bobur D) a-Navro`z Ahmadxon,b-Murodbaxsh 7 / 40 7. Subhonqulixon davrida tibbiyot rivojlanib qayerda “ Dor-ush-shifo “ qurildi ? A) Toshkent B) Buxoro C) Karmana D) Samarqand 8 / 40 8. Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining Buxoro xonligini boshqargan vakillarini to`g`ri ketma- ketlikda belgilang 1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Subhonqulixon A) 1,4,3,2 B) 2,3,1,4 C) 3,1,4,2 D) 4,2,1,3 9 / 40 9. Quyidagi me`moray inshoot qaysi yili va kim tomonidan qurilgan ? A) Abdullaxon, 1577-yil B) Ubaydullaxon 1533-1536-yillar davomida C) Yalangto`sh Bahodir, 1619-yil D) Shayboniyxon,1507-yil 10 / 40 10. Quyida berilganlardan qaysi javob ashtaxoniy hukmdor Subhonqulixon o`g`lining boshqaruv davriga oid ? A) Mahmudbiy otaliqqa Balx hokimligini topshirdi B) Siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tufayli taxtdan voz kechadi C) Poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi D) Ibrohimbiy va Rajab Sulton qo`zg`aloni kuzatildi 11 / 40 11. Qaysi hukmdorlar davrida Ichanqal`ada ken ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi ? 1)Muhammad Amin inoq 2)Muhammad Rahimxon 3)Olloqulixon 4)Muhammad Aminxon A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4 12 / 40 12. Ma`lumki, qozi lavozimiga nomzodlar imtihon o`tkazish yo`li bilan saralanib olingan. G`olibning qozi etib tayinlangani to`g`risida xon yorlig`i qanday atalgan? A) sohibi shurat B) sohibi devoni a`lo C) B,C to`g`ri D) yorlig`i xumoyun-u ali 13 / 40 13. Arab Muhammadxon davriga oid bo`lmaganini aniqlang? A) parokandalik yuqori nuqtasiga yetadi B) Xorazm davlati endilikda Xiva xonligi deb ataladigan bo`ladi C) poytaxt Urganchdan Xivaga ko`chiriladi D) Xiva xonligining parokandaligi,ayniqsa uning davrida yaqqol namoyon bo`ldi 14 / 40 14. Buxoro va Xiva xonligi munosabatlarining sovuqligi asosiy sababi birinchi sababi nima edi ? A) xonliklarning bosqinchilik urushlari hisobiga o`z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga urinishlari B) ikki davlatning ham Rossiya bilan bo`lgan munosabatlardagi raqobati C) etnik mojarolar D) g`anim bo`lgan xondonlarga mansubligi 15 / 40 15. Atrek daryosi qaysi davlatlar hududiga to`g`ri keladi ? A) Eron va Turkmaniston B) Turkiya va Iroq C) Turkmaniston va Afg`oniston D) Tojikiston va Qirg`iziston 16 / 40 16. Muhammad Rahimxon I davrida qaysi mansablar bekor qilindi ? A) parvonachi,devonbegi,qo`shbegi B) qutvol,shug`ovul,rais C) yasovulboshi,inoq,devonbegi D) inoq,otaliq,biy 17 / 40 17. Anushaxon taxtdan ag`darilgach tez orada Xiva xonligi uchun qaysi davlat manfaatlari to`qnashdi ? 1) Rossiya 2) Eron 3) Buxoro 4) Buyuk Britaniya 5) Qo`qon xonligi A) 2,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 1,2,4 18 / 40 18. Xorazm bosqinga uchragan yillarni aniqlang A) 1505-yil Shayboniyxon/ 1512-yil Taxmasp II B) 1505-yil Abbos / 1510-yil Ismoil C) 1505-yil Shayboniyxon/ 1510-yil Ismoil D) 1505-yil Shayboniyxon/ 1512-yil Bobur 19 / 40 19. Asfandiyorxon bilan munosabatlar yomonlashgan Abulg`oziyxon qaysi shaharlarda qochib yurishga majbur bo`ladi ? 1) Turkiston 2) Taroz 3 ) Toshkent 4) Buxoro 5) Samarqand A) 3,4,5 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5 20 / 40 20. Qaysi yili Buxoro birinchi marta Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo`ysundirdi ? A) 1537-1539-yillar B) 1515-yil C) 1537-1538-yillar D) 1525-1537-yillar 21 / 40 21. Quyidagi qaysi voqealar orasida bir yillik farq mavjud ? A) Buxoro-Xiva tinchlik sulhi imzolanishi; Abulg`oziyxon hokimyatni o`g`li Anushaxonga topshirishi B) Asfandiyorxon vafoti;Abulg`oziyxonning hokimyatni egallashi C) Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining Xivaga jo`natilishi ; Shergo`ziyxon hukmronligi boshlanishi D) barcha javoblar to`g`ri keltirilgan 22 / 40 22. Arab Muhammadxon davrida tashqi hujumlar kimlar tomonidan va qaysi shaharga yo`naltirilgan ? 1) ataman Nechay 2) Abbos I Ismoil Safaviy 4) ataman Shamay Urganch b) Xiva c) Xorazm A) 1,2-b B) 1,3,a C) 1,4-a D) 3,4-c 23 / 40 23. Quyidagi qaysi Xiva xoni davrida davlat iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi ? A) Avaz Muhammad inoq B) Muhammad Rahimxon I C) Eltuzarxon D) Muhammad Amin inoq 24 / 40 24. Xiva xonligi qo`ng`irotlar sulolasi davrida bosh vazir qaysi amaldor hisoblangan va u yana qanday nomlar bilan ulug`langan ? A) devonbegi/ vaziri a`zam,dasturi mukarram,qozi xoss B) naqib/ vaziri a`zam,dasturi mukarram,nizom al- mulk C) qutvol/ vaziri a`zam,sohibi devoni a`lo,nizom al- mulk D) mehtar/ vaziri a`zam,dasturi mukarram,nizom al- mulk 25 / 40 25. Muhammad Rahimxon I davrida qaysi sabablar tufayli xonlikni siyosiy jihatdan birlashtirish hayot- mamot masalasi edi ? A) Xonlikka turkmanlarnning hujumlari tinmasligi; Rossiya tomondan mustahkamlangan Orenburg Liniyasi B) Buxoro amirligi hujumlariga qarshi tura olish; qoraqalpoqlar va turkmanlarni yana xonlik fuqaroligiga qo`shib olish C) Rossiya tomondan mustahkamlangan Orenburg liniyasi;Ocharchilik va vabo, Amudaryoning o`z o`zanini o`zgartirishi D) Rossiya tomondan mustahkamlangan Orenburg liniyasi;Buxoro amirligi hujumlariga qarshi tura olish 26 / 40 26. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida …? A) ikkita xon saroyi,o`n yetti masjid, yigirmata madrasa B) o`n yetti xon saroyi,ikki masjid, yigirma ikki madrasa C) ikki xon saroyi,o`n yetti masjid, yigirma ikki madrasa D) uch xon saroyi,o`n yetti masjid, yigirma ikki madrasa 27 / 40 27. Asfandiyorxon amri va ba`zida majbur bo`lishi natijasida Abulg`oziyxon qaysi shaharlarda hokimlik qilgan ? A) Urganch va Xorazm B) Urganch va Xiva C) Xonqa va Kegeyli D) Hazorasp va Xiva 28 / 40 28. Quyida berilganlardan qaysi ma`lumotlar yasovulboshiga tegishli ? 1)xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan 2)maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishiga javobgar bo`lgan 3)xonning qo`riqlanishiga javobgar 4)qo`shinga qo`mondonlik qilgan 5)qo`shinning holati uchun javobgar bo`lgan 6)turkman qabilalaridan tuzilgan qo`shinni boshqargan A) 1,2,3,4,6 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,5,6 29 / 40 29. Xorazm taxtiga quyidagi qaysi shaxs taklif etildi? A) Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodlaridan bo`lmish Jonibek Sulton o`g`li Elbarsxon B) Hojitarxondagi Shaybon avlodlaridan bo`lmish Berka Sulton o`g`li Elbarsxon C) Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodlaridan bo`lmish Berka Sulton o`g`li Eltuzarxon D) Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodlaridan bo`lmish Berka Sulton o`g`li Elbarsxon 30 / 40 30. Xiva xonligida muntazam qo`shin qaysi xon davrida tuzildi va uning umumiy soni qanchadan iborat edi ? A) Eltuzarxon, 2ming B) Olloqulixon, 3ming C) Muhammad Rahimxon I , 2 ming D) Muhammad Amin inoq, 3 ming 31 / 40 31. Xorazm xalqini mustaqilllik uchun kurashga ko`tarishda yana qaysi shaxs muhim rol o`ynadi ? A) ChinSo`fi B) Musulmonqul C) Xiva parvonachisi Niyozbek D) Sayid Hisomiddin qattol 32 / 40 32. Quyida berilgan qaysi hukmdorlar (a) Yangi Uranch shahrini qurdirdi va (b) Yangi Urganch yaqinida Shohobod kanalini qazitdi? A) a-Muhammad Amin inoq,b-Eltuzarxon B) a-Abulg`oziyxon,b-Olloqulixon C) a-Abulg`oziyxon,b-Anushaxon D) a-Arab Muhamadxon,b-Anushaxon 33 / 40 33. Qaysi asrga kelib Xiva xonligi iqtisodiy inirozga duchor bo`ldi ? A) XIV asr boshi B) XV asr oxirida C) XVI asr 70-yillarida D) XVII asr 34 / 40 34. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi qaysi yillarda bo`lib o`tgan ? A) 1510-1770-yillar B) 1512-1700-yillar C) 1500-1770-yillar D) 1512-1770-yillar 35 / 40 35. Quyidagi qaysi lavozim xon tomonidan tayinlanmagan? A) bek B) noib C) oqsoqol D) hokim 36 / 40 36. Xiva xonligi qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo`lgan ? A) Qozoq juzlari,Eron va Buxoro amirligi B) Iroq,Eron va Buxoro amirligi C) Rossiya,Eron va Sharqiy Turkiston D) Qozoq juzlari,Eron va Sharqiy Turkiston 37 / 40 37. Xorazm Shayboniyxon bosqini arafasida kimga va qaysi davlatga tegishli edi ? A) Sulton Abu Said/Movarounnahr B) Bobur Mirzo/Farg`ona C) Sulton Husayn Boyqaro/Xuroson D) Shohrux Mirzo/Xuroson 38 / 40 38. Xiva xonligini chegaralang 1) Orol dengizi havzasi 2) Kaspiy dengizi Atrek va Saraxs a)g`arb b) janub c) shimol A) 1-c,2-a,3-b B) 1-b,2-a,3-c C) 1-a,2-c,3-b D) 1-c,2-b,3-a 39 / 40 39. Qaysi yili va kimning yordami bilan Asfandiyorxon Xiva xonligi taxtini egallaydi ? A) 1623-yil / Imomqulixon B) 1621-yil / Abbos I C) 1623-yil / Ismoil I Safaviy D) 1623-yil / Abbos I 40 / 40 40. Abulg`oziyxonga tegishli ma`lumotlarni aniqlang 1)Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi 2)davlatning boshqaruv tuzilmasini o`zgartirdi 3)o`zaro nizo qiluvchi urug`lar boshliqlari o`rtasidagi to`qnashuvlarning oldini olish uchun Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to`rtta birlashmaga bo`ldi 4)ayrim viloyatning hokimligiga urug` boshliqlarini tayinladi 5)Yoyiq kazaklari hujumlarini qaytarishga erishdi A) 1,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4,5 D) 1,2,5 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz