Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf O'zbekiston tarix » 7-sinf O’zbekiston tarix №1 7-sinf O'zbekiston tarix 7-sinf O’zbekiston tarix №1 InfoMaster Aprel 20, 2023 584 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 4 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf O'zbekiston tarix №1 1-4-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. IV asrda Xorazmning Afrig’ shohlari kumush tangalari qanday tasvirlangan? A) old betida shoh va orqasida suvoriy tasviri B) yuza qismida otashparastlik,orqasida ayri tamg’a tasvirlangan C) old tomonida mulkdorlarning surati,orqasida gajak dumli bars yoki qoplon tasviri D) old tomonida hukmdor va malika,orqasida quyosh tasviri 2 / 40 2. Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar bo’lgan siyosiy vaziyat xoqonlikni qaysi davlatlar bilan yaqinlashtirgan? A) Hindiston va Eron B) Vizantiya va Xunlar C) Xitoy va Eron D) Eron va Vizantiya 3 / 40 3. V-asrning o’rtalariga kelib,garchi ekin yerlarininjg ma’lum qismi mulkdor dehqonlar qo’l ostidagi mulklardan iborat bo’lsa ham,ammo obikor yerlarning asosiy qismi……. A) hali yetarlicha o’zlashtirilmagan edi B) ruhoniylar qo’l ostida edi C) ko’chmanchi qabilalar tomonidan bosib olingan edi D) hali ham qishloq jamoalarining qaramog’idaedi 4 / 40 4. Sharqiy turk xоqоnligi tarkibiga qayеrlar kirgan? A) Kavkazоrti, Kichik Оsiyo, Erоn B) Janubiy Sibir, Urхun havzasi (Mo`g`ulistоn), Shimоliy Хitоy C) Yettisuv, Sharqiy Turkistоn, Sirdaryo va Amudaryo havzalari D) Хurоsоn, Shimоliy Irоq, Qrim yarimoroli, Yettisuv 5 / 40 5. Samarqand viloyatining janubiy tumanlarini suv bilan ta'minlaydigan V asrda barpoetilgan kanalni aniqlang. A) Darg'om B) Bo'zsuv C) Zog'ariq D) Murg’ob 6 / 40 6. Qadimgi Turon diyorida yuksalish qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda boshlangan edi? A) Eftallar davlati va Turk xoqonligi B) Xorazm va Qang‘ davlatlari C) Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari D) Qang‘ davlati va Kushon podsholigi 7 / 40 7. Eftaliylar davlati “Buyuk Ipak yo`li” orqali qaysi davlatlar bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi? A) Hindiston, Vizantiya va Franklar qirolligi bilan B) Xitoy, Eron va Bolqon yarimoroli davlatlari bilan C) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan D) Xitoy, Hindiston va O‘rtayer dengiz davlatlari bilan 8 / 40 8. Qachоn Turk xоqоnligi Sharqiy turk xоqоnligi va G`arbiy turk xоqоnligiga bo`linib kеtadi? A) VI asrning 80-yillarida B) VI asrning 50-yillarida C) VI asrning 70-yillarida D) VI asrning 60-yillarida 9 / 40 9. Kimlar o’t va quyoshga topinuvchi otashparast bo’lganlar? A) Eftallar B) Xioniylar C) Toxarlar D) Jung’orlar 10 / 40 10. Ilk o’rta asrlarida O’rta Osiyodagi qaysi davlat boshqaruvda harbiy kuchga tayangan, jinoyat uchun qattiq jazolar belgilangan? A) Kushonlar B) Sosoniylar C) Eftallar D) Xiyoniylar 11 / 40 11. Xorazmshoh unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilganlar? A) afrig'iylar B) ma'muniylar C) siyovushlar D) anushteginiylar 12 / 40 12. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida tashkil topgan davlatlaring qaysi biri Xitoyga o’z elchilarini jo’natgan? A) Afrig’iylar B) Xioniylar C) Kidariylar D) Eftaliylar 13 / 40 13. “Ularning qishloqlarda ekinzor paykallardan tashqari, ko`shk va istehkomli qo`rg`onlar, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo`lardi”. Ushbu so`zlar ilk o`rta asr aholisining qaysi tabaqasiga mansub? A) dehqon B) kashovarzlarlar C) kadivar D) urug‘ va qabila boshliqlari 14 / 40 14. Nima sababdan sosoniylar Eftaliylar davlatiga qarshi yurish qiladi? A) eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero‘zga nisbatan haqoratli maktub yo‘llashi sababli B) eftaliylarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari sababli C) eftaliylarning sosoniylar davlati tasarrufidagi hududni bosib olishlari sababli D) sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar hujumidan havfsirashlari sababli 15 / 40 15. Qo`liga burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor haykali qayerdan topilgan? A) Anqaqal`a B) Jonbosqal`a C) Tuproqqal`a D) Oybo`yirqal`a 16 / 40 16. O`n o’q el sardori qancha suvoriyni safga tortardi? A) 10 ming B) 15 ming C) 20 ming D) 5 ming 17 / 40 17. Kidariylar qachondan boshlab O’rta Osiyoga kirib bostirib kirdilar? A) III asrdan B) IV asr o’rtalaridan C) IV asrning 70- yillaridan D) V asrning 20- yillaridan 18 / 40 18. Kidariylar davlatining poytaxtini aniqlang. A) Marv B) Kat C) Poykand D) Balx 19 / 40 19. Afrig’iylar sulolasi Xorazmda hukmronlik qillgan davrni toping. A) V-X asrlar B) III-IX asrlar C) IV-X asrlar D) V-IX asrlar 20 / 40 20. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan omillarni ko`rsating 1)Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar 2)Turk xoqonligi hududlaridagi hokimlar mustaqil bo`lishga intilganlar 3)Viznatiya, Eron, va Xitoy bilan doimiy raqobatning mavjudligi 4)Bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 21 / 40 21. Eftaliylar hukmronligi davrida sosoniy savdogarlari bilan kimlar raqobat qilardilar? A) toxarlar B) xorazmliklar C) shoshliklar D) sug’diylar 22 / 40 22. Quyidagi davlatlardan qaysi biri 120 yil hukmronlik qilgan? A) eftaliylar B) xioniylar C) kidariylar D) afrig’iylar 23 / 40 23. V-VI asrlarda O’rta Osiyoda tarqalgan yozuvlar qatoriga quyidagilardan qay biri kirmaydi? A) eftaliy yozuvi B) xorazm yozuvi C) sug’diy yozuvi D) turkiy yozuvi 24 / 40 24. Hozirgi vaqtda Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv kanallari suv bilan taʼminlab turgan hududda qadimgi dunyo tarixida Saklarning qaysi guruhi yashagan? A) saka-tigraxauda B) saka-tiay-taradaraya C) yashamagan D) saka-xaumovarka 25 / 40 25. Yettisuv va Farg’ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan tilni aniqlang. A) eftal B) turkiy C) sug’d D) baqtriya 26 / 40 26. Toxarlar kimlarning avlodlari bo’lgan? A) saklar B) xunnlar C) kushonlar D) massagetlar 27 / 40 27. Quyidagi qaysi Erоn shоhi Istamiga kuyov bo`lgan? A) Shоpur II B) Kubоd C) Pеro`z D) Anushеrvоn 28 / 40 28. Qaysi xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi? A) Saksafar B) Afrig’ C) Farasman D) Kayxusrav 29 / 40 29. VI asr o’rtalarida qayerda Turk xoqonligi vujudga keldi? A) Oltoy va Janubiy Sibir B) Bolqon va Shimoliy Eron C) Yettisuv va Sharqiy Ural D) Xitoy va G’arbiy Kavkaz 30 / 40 30. V asr oxiri-VI asr boshlarida quydagi qaysi viloyatlarda hashamatli binolari bo’lgan alohida-alohida qo’rg’onlar yuzaga kelgan? A) Samarqand, Buxoro, Xorazm, Naxshab, Choch B) Buxoro, Poykand, Baqtriya, Samarqand C) Poykand, Vardona, Samarqand, Xorazm D) Xorazm, So’g’diyona, Choch, Toxariston (Baqtriya) 31 / 40 31. Eftaliylar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 38 ta B) 27 ta C) 25 ta D) 22 ta 32 / 40 32. V-VI asrlarda xalqaro savdo tili bo’lgan tilni aniqlang. A) baqtriya B) xorazm C) sug’diy D) turkiy 33 / 40 33. Ilk o'rta asrlarda hozirgi Qozog'istonning janubi va Toshkent viloyatini suv bilanta'minlaydigan kanalni aniqlang. A) Darg'om va Kaykovus B) Zog'ariq va Bo'zsuv C) Bo'zsuv va Darg'om D) Kampiravot va Zog'ariq 34 / 40 34. O’rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan… shishasidan ustun turgan. A) Xitoy B) Eron C) Vizantiya D) Hindiston 35 / 40 35. Ilk o'rta asrlarda chokarlar kimlar? A) erkin jamoachi qo’shchilar B) dehqonlarning qo’riqchilari C) shahardagi savdogar aholi D) qishloqdagi yerga ishlov beruvchilar 36 / 40 36. Eftaliylar davlatida mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo’lgan chaqa tangalar qayerlarda zarb etilgan ? 1) Vardona 2) Kesh 3) Poykand 4) Naxshab 5) Xorazm 6) Samarqand 7) Choch 8) Farg’ona 9) Buxoro A) 4, 6, 8, 2, 5, 7 B) 4, 6, 3, 9, 1, 5 C) 4, 6, 2, 3, 5, 7 D) 4, 6, 2, 1, 5, 8 37 / 40 37. Turklarning g`arbga tоmоn yurishlariga kim bоshchilik qilgan? A) To`nyabg`u B) Istami C) Mihirakula D) Qоracho`rin 38 / 40 38. Ilk o'rta asrlarda Xorazmshohlarning hukmdorlik ramzi nima bo'lgan? A) burgut va arslon B) suvoriy va lochin C) burgut va suvoriy D) burgut va lochin 39 / 40 39. Eftaliylar ichki va tashqi savdoda dastlab kimlarning tangalaridan foydalanganlar? A) turklar B) xorazmshohlar C) sosoniylar D) toxarlar 40 / 40 40. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi qaysi hududda joylashganbo’lgan? A) Qoraqolpog’istonning Qo’ng’irot tumanida B) Qoraqolpog’istonning Ellikqal’atumanida C) Xorazmning Xozarasp tumanida D) Xorazmning Xiva shahri o’rnida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz