Uy » CHSB » Informatika CHSB » 5-sinf Informatika va AT CHSB » 5-sinf Informatika va AT 4-chorak CHSB №2 5-sinf Informatika va AT CHSB 5-sinf Informatika va AT 4-chorak CHSB №2 InfoMaster May 11, 2026 840 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Informatika va AT 4-chorak CHSB №2 4-chorak uchun CHSB-2 [40 BALL] (Original) 2025-2026 o'quv yili Hali natijalar yo'q. Ismi familiyangizni kriting! 1 / 15 1. [2 ball] Gmail dasturiga kirib yangi xat yozish va jo'natish ketma-ketligida tushirib qoldirilgan amalni toping: A) xat matnini yozish B) xatni yuborish vaqtini belgilash C) yuboruvchi manzilini kiritish D) xat nusxasini "Qoralama"ga saqlash 2 / 15 2. [5 ball] (M) Sizga elektron pochta orqali “Maktab IT bo‘limi” sarlavhasi ostida xabar keldi: “Hurmatli foydalanuvchi, sizning hisobingizda xavfsizlik qoidalari buzilishi aniqlandi. Iltimos, 24 soat ichida orqali parolingizni yangilang. Aks holda, hisobingiz bloklanadi.” Yuqoridagi holatda qanday yo‘l tutish kerak? A) hisobingiz bloklanib qolmasligi uchun havolaga bosish va parolni darrov yangilash B) xatga javob yozish va IT bo'limidan yordam olish C) xatni to'g'ri yoki noto'g'riligini tekshirish uchun do'stlaringizga yuborish D) xat kimdan kelayotganini ehtiyotkorlik bilan tekshirish va notanish manzildan kelgan bo'lsa kattalarga xabar berish 3 / 15 3. [2,4 ball] Alisher internetda "telefonni tez zaryadlash usullari" deb qidiruv berdi. Birinchi havolani ochganda sahifada juda ko'p reklama(Ad) va shubhali tavsiyalar borligini ko'rdi. Shunga qaramay, u tavsiyalarni sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Uning harakati to'g'ri baholangan javobni tanlang. A) qisman to'g'ri, reklama sahifalari ham foydali bo'lishi mumkin B) noto'g'ri, reklama va shubhali manbalarga ishonish xavf tug'diradi C) to'g'ri, internetdagi barcha ma'lumotlar tekshirilgan boʻladi D) to'g'ri, birinchi natijalar eng foydali bo'ladi 4 / 15 4. [2,4 ball] Alisher veb-brauzerning manzil paneliga www.piima.uz ni yozdi. U yangiliklar bo'limida turgan bir xabarni o'qidi, so'ng ← tugmasini bosib orqaga qaytdi. Alisher hozir o'qigan xabarni qayta o'qishi uchun veb-brauzerning qaysi tugmasini bosishi kerak? A) "Uy" tugmasini bir marta B) → tugmasini 1 marta C) ← tugmasini 2 marta D) "Yangilash" tugmasini 2 marta 5 / 15 5. [2,4 ball] Alisher "Eng yaxshi hikoya" tanlovida yovvoyi hayvonlar haqida hikoya tayyorladi. U internetdan olingan rasmlardan foydalandi. Ushbu rasmlar sabab uning ishi yuqori o'rin ololmadi. Alisher rasmlardan foydalanganda qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin? A) rasmlar o'rnatganda uning ostiga rasm nomini yozmagan B) rasmlarning sifati juda yuqori bo'lgan C) rasmlar uchun reference(manbaga havola) qo'shmagan D) rasmlardan juda kam foydaangan 6 / 15 6. [2,4 ball] Rasmdagi hayvonlar soniga quyidagicha o'zgartirish kiritildi: yo'lbars 2 taga kamaydi, fil 1 taga kamaydi, jirafa esa 1 taga ko'paydi. Hayvonlar soni doirasimon diagrammada foiz belgisi bilan berilsa, jirafaning ulushi(%) qanday bo'ladi? A) 25% B) 30% C) 20% D) 35% 7 / 15 7. [2,4 ball] Farhod informatika fani ustozining elektron pochtasi manzilini so‘radi. Ustozi esa manzilni 4 bo‘lak qog‘ozga yozdi va qog‘oz bo‘laklari to‘g‘ri ketma- ketlikda qo‘yilsa, pochta manzili hosil bo‘lishini aytdi. Quyida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Farhodga ustozining elektron pochta manzilini topishga yordam bering(raqamlangan bo‘laklar ketma-ketligini to‘g‘ri toping): A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 3 C) 1, 3, 2, 4 D) 4, 3, 2, 1 8 / 15 8. [2,4 ball] Rasmdagi hayvonlar soniga quyidagicha o'zgartirish kiritildi: jirafa 2 taga ko'paydi, sher esa 1 taga kamaydi va yo'lbars 3 taga kamaydi. Hayvonlar soni doirasimon diagrammada foiz belgisi bilan berilsa, filning ulushi(%) jirafaning ulushi(%)dan qanchaga farq qiladi? A) 20% ga ko'p B) 10% ga kam C) 15% ga ko'p D) bir xil 9 / 15 9. [2 ball] Nuqtalar o'rnini to'ldiring: _______ raqamli axborotni vizual ko'rinishda namoyish etuvchi tasvir. A) Ma'lumot B) Axborot C) Diagramma D) Piktogramma 10 / 15 10. [2,4 ball] Ushbu berilgan diagrammalardan qaysi biri ko'rsatilgan rasmdagi hayvonlar soniga mos keladi: A) C rasm B) B rasm C) D rasm D) A rasm 11 / 15 11. [2,4 ball] (Q) O‘quvchi MS Excel jadvalining A1 katakchasiga 8 raqamini kiritdi. So‘ng, o‘ng tomondagi katakchalarga keyingi sonlarni ketma-ket yoza boshladi(masalan, 9 raqami B1 katakchasiga yozildi). Agar son 2 xonali bo‘lsa, uning har bir raqamini alohida yonma-yon katakchalarga yozdi. O‘quvchi X1 katakchasiga qaysi sonni yozganini aniqlang. A) 2 B) 0 C) 9 D) 1 12 / 15 12. [5 ball] Ushbu Scratch kodi ishga tushirilgach, Spraytning y o'qidagi o'rni(joylashuvi) haqida bildirilgan ushbu fikrlarning qaysi biri rost ekanligini toping: A) eski o'rnidan 80 qadam tepada B) eski o'rnidan 20 qadam pastda C) eski o'rnidan 70 qadam tepada D) eski o'rnidan 120 qadam tepada 13 / 15 13. [2 ball] Noto'g'ri yozilgan elektron pochta(e-mail) manzilini ko'rsatilgan javob variantini belgilang. A) info@yandex.ru B) s@rvinoz@mail.ru C) aziz_karimov@gmail.com D) 12345678@inbox.uz 14 / 15 14. [2,4 ball] Scratch dasturida ushbu blok qanday vazifani bajaradi? A) 90 qadam oldinga siljiydi B) 90 daraja o'ngga buriladi C) x oʻqi boʻyicha 90 pozitsiyasiga borib joylashadi D) 90 daraja chapga buriladi 15 / 15 15. [2,4 ball] O'ktam do'sti Komilning komil.07@gmail.com elektron manziliga xabar jo'natmoqchi. Ushbu berilgan mulohazalardan faqat rost mulohaza(lar) berilgan javob variantini tanlang: 1. gmail.com – elektron pochta provayderi hisoblanadi; 2. O’ktam yozgan elektron pochta manzili xato yozilgan; 3. komil.07 nomli pochta gmail.com pochta provayderida bir nechta bo’lishi mumkin; 4. O’ktam xatni krill yozuvida yoza olmaydi, ya’ni xat matni faqat lotin yozuvida bo’ishi mumkin; A) 2, 3, 4 B) faqat 1 C) 1 va 3 D) 2 va 4 Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi -3 5-sinf Informatika va AT 4-chorak BSB №4
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 5-sinf Informatika va AT 3-chorak BSB №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 5-sinf Informatika va AT 2-chorak CHSB №1