6-sinf AHA Matematika online 3-CHSB 2-variant

6

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

6-sinf AHA Matematika online 3-CHSB 2-variant

Online 3-CHSB 2-variant

11.02.2026

Foydalanuvchi NomiBoshlashMuddatiHisob
Temurbek16:40:23 Mar 31, 202613 daqiqa 9 soniya6.25%
ruxshona15:06:25 Mar 31, 20261 daqiqa 21 soniya25%
zilola15:06:14 Mar 31, 202654 soniya31.25%
Shukurlayev Asadbek14:58:11 Mar 31, 20264 daqiqa 51 soniya31.25%
zilola15:01:22 Mar 31, 20261 daqiqa 12 soniya18.75%
Nematjon10:52:21 Mar 28, 20261 daqiqa 13 soniya18.75%

Ismi familiyangiz

1 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

1. Rasmda tasvirlangan bo‘yalgan soha perimetrini toping. Bunda kichik yarim aylanalarining radiuslari mos holda 5 cm, 9 cm va 7 cm ga teng. π = 3,14 deb oling.

2 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

2. A kubning hajmi 64 cm³. B kubning qirrasi A kub qirrasidan 3 marta uzun. B kubning hajmini toping.

3 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

3. Dilshod mashinasida yo‘lning 4/5 qismini 80 km/h tezlikda bosib o‘tdi. Qolgan 96 km masofani 2 soatda bosib o‘tdi. Dilshod yo‘lni bosib o‘tish uchun jami necha soat vaqt sarflagan?

4 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

4. A va B shaharlar orasidagi masofa 455 km.

  • Diyor avtomobilda A shahardan B shaharga 70 km/h o‘zgarmas tezlik bilan yo‘lga chiqdi.
  • Bekzod avtomobilda B shahardan A shaharga 60 km/h o‘zgarmas tezlik bilan yo‘lga chiqdi.
  • Diyor va Bekzod bir vaqtda ya’ni soat 8:45 da yo‘lga chiqishdi.

Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi tasdiqlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.

  • Diyor va Bekzod soat 12:15 da uchrashadi.
  • Diyor uchrashguncha 245 km masofa bosib o‘tadi

5 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

5. Rasmda kvadrat va uning ichiga chizilgan ikkita bir xil chorak doira va bitta yarim doira tasvirlangan.

Agar yarim doira radiusi 12 cm bo‘lsa, bo‘yalgan soha yuzini toping. π = 3 deb oling.

6 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

6. Usti yopiq bo‘lgan kuboid shaklidagi idishning bo‘yi 30 cm, eni 20 cm, balandligi 50 cm bo‘lib, unda 38 cm balandlikda suv bor. Bu idish ag‘darilib, 50 cm va 30 cm o‘lchamli yog‘i asos bo‘ladigan qilib joylashtirildi (rasmga qarang). Bu holda, idishdagi suvning balandligi necha cm bo‘ladi?

7 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

7. Rasmda ikkita bir xil yarim doira va bitta chorak doira tasvirlangan. Agar yarim doira diametri 28 cm ga teng bo‘lsa, bo‘yalgan soha yuzini toping. π = 22/7 deb oling.

8 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

8. Ikki shahar orasidagi masofa 480 km. Avtobus yo‘lning 300 km ini 6 soatda bosib o‘tdi. Qolgan masofani 90 km/h tezlik bilan bosib o‘tdi. Avtobusning o‘rtacha tezligi nechaga teng?

9 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

9. Ikki avtomobil A shahardan B shaharga yo‘l oldi. Birinchi avtomobil 50 km/h tezlik bilan harakatlanib, 12 soatda yetib bordi. Ikkinchi avtomobilning tezligi 75 km/h. Ikkinchi avtomobil B shahriga necha soatda yetib borgan?

10 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

10. Rasmda tasvirlangan kuboidning hajmi 1875 cm³ ga teng. Kuboidning bo‘yalgan yog‘i yuzini toping.

11 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

11. Kuboid shaklidagi idishning bo‘yi 50 cm, eni esa 40 cm. Avvaliga u suv bilan to‘la edi. Idish tagidagi jo‘mrak ochilib, suv minutiga 10 litrdan oqib chiqa boshladi. Agar idishdagi suv 15 minutda to‘liq chiqib ketgan bo‘lsa, idishning balandligini toping.

12 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

12. Piyoda odam 5 km/h tezlik bilan yurmoqda. U 25 kilometr masofani necha soatda bosib o‘tadi?

13 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

13. Kuboidning hajmi 480 cm³. Uning eni 8 cm, balandligi 10 cm. Kuboidning bo‘yini aniqlang.

14 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

14. Radiusi 20 cm ga teng bo‘lgan doira yuzini toping. π = 3,14 deb oling.

15 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

15. Kubning hajmi 216 cm³ ga teng bo‘lsa, uning bir yog‘i yuzini toping.

16 / 16

Turkum: AHA matematika 6-sinf 3-chorak CHSB 2-variant

16. Akmal va Bekzod A shahardan B shaharga qarab o‘z avtomobillarida yo‘lga chiqishdi:

  • Akmal soat 6:00 da o‘zgarmas tezlik bilan yo‘lga chiqdi.
  • Bekzod soat 8:00 da o‘zgarmas 75 km/h tezlik bilan yo‘lga chiqdi.
  • Bekzod 12:00 da B shaharga yetib kelganida, Akmalning B shaharga yetishiga 30 km qolgan edi.

Akmalning harakat tezligini aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0