Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Matematika mavzulashtirilgan » AHA Matematika 6-sinf » 6-sinf AHA Matematika №3 AHA Matematika 6-sinf 6-sinf AHA Matematika №3 InfoMaster Sentabr 23, 2025 333 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 Mavzu: Algebraik ifodalarning qiymatini topish. Tenglamalarni yechish 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf AHA Matematika №3 1-BOB. ALGEBRA Mavzu: Algebraik ifodalarning qiymatini topish. Tenglamalarni yechish 1 / 25 1. Maryam xola 45 yoshda. Saida opa p yoshda. Maryam xolaning yoshi Saida opaning yoshidan 3 baravar katta. 6 yildan so‘ng Saida opa nechida bo‘ladi? A) 24 B) 18 C) 2 D) 21 2 / 25 2. Jamshidning puli Alishernikidan 3 barobar ko‘p. Rahimning puli Alishernikidan 2400 so‘m ortiq. Uchtada jami 27 400 so‘m bor. Har birida qancha pul bor? A) Alisher 5000; Jamshid 15000; Rahim 7400 B) Alisher 4000; Jamshid 12000; Rahim 6400 C) Alisher 6000; Jamshid 18000; Rahim 8400 D) Alisher 4500; Jamshid 13500; Rahim 6900 3 / 25 3. 100 000 so‘m pul Ali, Bobur, Kamolga bo‘lib berildi. Bobur Alidan ikki barobar ko‘p pul oldi. Kamol Boburdan 10 000 so‘m kam oldi. Har bir bola qancha olgan? A) Ali 15 000; Bobur 30 000; Kamol 55 000 B) Ali 20 000; Bobur 40 000; Kamol 40 000 C) Ali 25 000; Bobur 50 000; Kamol 25 000 D) Ali 22 000; Bobur 44 000; Kamol 34 000 4 / 25 4. Jamila dushanba kuni y ta tort pishirdi. Seshanba kuni dushanbadagiga qaraganda 5 ta ko‘p tort pishirdi. Agar ikki kunda u jami 25 ta tort pishirgan bo‘lsa, dushanba kuni nechta tort pishirgan? A) 8 B) 10 C) 12 D) 15 5 / 25 5. Shahlonning vazni 40 kg. U Loladan ikki barobar og‘ir. Ikki qizning umumiy vaznini toping. A) 50 kg B) 40 kg C) 80 kg D) 60 kg 6 / 25 6. Kitob narxi 12000 so‘m, daftar undan 2000 so‘m arzon bo’lsa daftar necha so‘m bo‘ladi? A) 11000 B) 10000 C) 12000 D) 9000 7 / 25 7. Kitob narxi k so‘m, daftar undan 2000 so‘m arzon. Daftar narxini ifodalang. A) k + 2000 B) k - 2000 C) 2000 - k D) k / 2000 8 / 25 8. Bir qutida 6 ta shisha ichimlik bor. Agar Anvar 5 ta quti ichimlik olsa, jami nechta shisha ichimlik bo‘ladi? A) 40 B) 30 C) 25 D) 35 9 / 25 9. Bir qutida 6 ta shisha ichimlik bor. Anvar y ta quti ichimlik sotib olsa, jami shisha soni. A) y/6 B) y - 6 C) 6y D) 6 + y 10 / 25 10. Munira singlisidan 3 yosh katta. Agar Munira 12 yoshda bo‘lsa, singlisi necha yoshda? A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 11 / 25 11. Munira t yoshda. U singlisidan 3 yosh katta. Singlisining yoshini t orqali ifodalang. A) t - 3 B) 3t C) t + 3 D) t / 3 12 / 25 12. Xolasining yoshi Odilning yoshidan 5 marta katta. Tog‘asi xolasidan 6 yosh katta. Agar Odil 10 yoshda bo‘lsa, tog‘asining yoshi nechaga teng? A) 56 B) 54 C) 50 D) 52 13 / 25 13. Xolasining yoshi Odilning yoshidan 5 marta katta. Tog‘asi xolasidan 6 yosh katta. Tog‘asining yoshini m orqali ifodalang. A) 5m + 6 B) m * 6 C) m + 6 D) 5m - 6 14 / 25 14. Sitorada 7x ta marka, Jamilada 2x ta, Pokizada 4x ta marka bor. Agar x = 6 bo‘lsa, Sitoraning markalari soni Jamilanikidan nechta ortiq? A) 24 B) 12 C) 30 D) 36 15 / 25 15. Sitorada 7x ta marka, Jamilada 2x ta, Pokizada 4x ta marka bor. Ularning markalar sonini toping. A) 7x / 2 B) 9x C) 13x D) 13x / 3 16 / 25 16. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi 72 cm², bo‘yi 12 cm bo‘lsa, konvertning eni nechaga teng? A) 6 B) 7 C) 8 D) 5 17 / 25 17. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi konvertning yuzi p cm², bo‘yi 12 cm. Enini topish uchun ifoda. A) p/12 B) 12 + p C) 12p D) p - 12 18 / 25 18. To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 9 cm, bo‘yi enidan 4 marta uzun bo‘lsa, perimetrini toping. A) 84 B) 72 C) 90 D) 63 19 / 25 19. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi enidan 4 marta uzun. Enini k orqali ifodalang. A) k/4 B) 4k C) k - 4 D) 4 + k 20 / 25 20. Ravshan 2000 so‘mdan 8 ta ruchka sotib oldi. Sotuvchiga 50 000 so‘m berdi. Ravshan qancha qaytim oladi? A) 38000 B) 36000 C) 34000 D) 32000 21 / 25 21. Ravshan 3000 so‘mdan 8 ta ruchka sotib oldi. Sotuvchiga 50 000 so‘m berdi. Qaytimni ifodalang. A) 50000 - 8q B) 50000 - q C) 50000 - 3000 D) 50000 - 24000 22 / 25 22. Agar Anoraning albomi 7 sahifali bo‘lsa, unda jami stikerlar soni nechta? Har bir sahifaga 5 ta stiker yopishtirgan. A) 38 B) 40 C) 32 D) 35 23 / 25 23. Anoraning x sahifali albomi bor. Har bir sahifaga 5 ta stiker yopishtirganidan so‘ng 3 ta stikeri qoldi. Stikerlar sonini x orqali ifodalang. A) 5x B) 5x - 3 C) 5x + 3 D) 5x + 2 24 / 25 24. Munira 8 yoshda. U opasidan 4 yosh kichik. 7 yildan so‘ng opasining yoshi necha bo‘ladi? A) 15 B) 19 C) 21 D) 23 25 / 25 25. Munira t yoshda. U opasidan 4 yosh kichik. Opasining yoshini t orqali ifodalang. A) t / 4 B) t - 4 C) t + 4 D) t * 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz