Uy » Patronaj hamshalar » Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 Patronaj hamshalar Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 InfoMaster Iyun 14, 2025 22212 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 265 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950515253 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №2 Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan test savollari 486 talik bazadan, 1-200 savollar 1 / 53 1. Kislorodni namlashda qaysi apparatdan foydalaniladi: A) “Poten” B) “Dinamometr” C) “Spirometr” D) “Bobrov” 2 / 53 2. Diareyasi bor emizikli bolaga (6 oygachhali qo’shimcha ovqatlar berilmayotgan bo’lsa, suvsizlanishning oldini olish uchun nima qilasiz: A) ko’krak suti berishni to’xtatib, regidron eritmasi, qaynatilgan iliq suv ichiramiz B) faqat ko’krak suti, regidron eritmasi, qaynatilgan iliq suv ichiramiz C) ko’krak sutidan ajratilib, sun’iy ovqatlanishga o’tkazamiz, qaynatilgan iliq suv ichiramiz D) tozalovchi ho’qna qilish, ichni yuvish 3 / 53 3. Koronavirus qanday belgilar bilan kechadigan kasallik: A) koronavirus bu – covid -19, nam va to’xtovsiz yo’tal tutadi, bir haftadan keyin nafas olish yengillashadi va ayrimlar kasalxonaga yotishi kerak bo’ladi, bosh va mushaklar tonusi oshib ketadi, bu holatlar tezlik bilan o’tib ketadi B) koronavirus bu – zamburug’lar keltirib chiqradigan kasallik bo’lib, varaja bilan boshlanadi va nam yo’tal tutadi, bosh va mushaklar og’riydi, odam o’zini charchagandek his qiladi, lekin bu holat tez o’tib ketadi C) koronavirus bu – respirator infeksiya, gipertemiya bilan boshlanadi va quruq yo’tal tutadi, bir haftadan keyin nafas olish qiyinlashadi va ayrimlar kasalxonaga yotishi kerak bo’ladi, bosh va mushaklar og’riydi, odam o’zini charchagandek his qiladi, e’tiborli jihati - koronavirus yuqtirgan odam juda kam hollarda burni oqadi D) koronavirus bu – bakteriya keltirib chiqradigan kasallik bo’lib, quruq yo’tal tutadi, bir haftadan keyin nafas olish ancha yengillashadi, bosh va mushaklar tonusi oshadi, odam o’zini yomon xis qiladi 4 / 53 4. Isituvchi kompressni qo’yishda ketma-ketlik to’g’ri berilgan javobni toping: A) furatsillin eritmasi, dokali turunda, bint, isitgich B) mum qog’oz, qalin paxta bo’lagi, 6-8 qavat doka salfetka C) steril bint, kleyonka, paxta sharchalar, turunda, xantal D) 6-8 qavat doka salfetka, mum qog’oz, qalin paxta bo’lagi, bint 5 / 53 5. Sog’lom turmush tarzi – bu: A) salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan inson xatti-harakatlarining individual tizimi B) insonning ruxiy salomatligi haqidagi bilimlaridan tashkil topgan dunyoqarashi C) jismoniy tizimli mashqlarni bajarish D) insonning salomatlik haqidagi bilimlaridan tashkil topgan dunyoqarashi 6 / 53 6. “Shifokor koʼrik oldi” xonasida hamshiraning bajaradigan ish faoliyati boʼyicha standartning maqsadi nima: A) shifokor qabuliga boʼladigan sababsiz navbatlarni kamaytirish, davolash, navbatlarni tartibga solish B) -shifokorlarga tushadigan yuklamani yengillashtirish C) -murojaat qilgan bemorning birlamchi koʼrigi va aholini tibbiy-profilaktik koʼrik va skriningdan oʼtkazish, shifokor qabuliga boʼladigan sababsiz navbatlarni kamaytirish, shifokorlarni vaqtini tejash va bemorlarga malakali tibbiy yordam berishga sharoit yaratish, yaʼni mehnat samaradorligini oshirish D) murojaat qilgan bemorning koʼrigini ta’minlash, davolash, yo’llanma berish, tor mutaxassis ko’rigiga yo’naltirish, MRT, MSKT, UTT, rentgen tekshiruvlaridan o’tkazish 7 / 53 7. Nafas a’zolari kasalliklari ko’pincha qaysi belgilar bilan namoyon bo’ladi: A) ko’krak qafasining yuqori qismida simillagan og’riq paydo bo’lishi, tana xaroratining birdaniga tushib ketishi B) puls tezlashishi, balg’am tashlash, ishtahaning keskin oshib ketishi C) nafas tezlashishi yoki to’xtab qolishi D) nafas qisishi, yo’tal, qon tupurish, ko’krak qafasida og’riq, tana harorati ko’tarilishi 8 / 53 8. Og’ir yotgan bemorlarning tirnoqlarini olish uchun bemorning barmoqlari suyuq sovun solingan iliq suvda necha daqiqa davomida ushlab turiladi: A) 10 daqiqa B) 3-4 daqiqa C) 4-5 daqiqa D) 2-3 daqiqa 9 / 53 9. Homiladorlik vaqtida zudlik bilan tibbiy yordamni talab etuvchi belgilar: A) bosh aylanishi B) ishtahaning pasayishi C) qindan qon ketish D) ko’rish qobiliyatini buzilishi 10 / 53 10. Najasni yashirin qonga qachon yig’iladi: A) ertalab nonushtadan keyin sifonli ho’qnadan so’ng B) tozalovchi huqna o’tkazilgandan so’ng C) 3 kun maxsus tayyorgarlikdan so’ng D) kontrast modda yuborilgandan so’ng 11 / 53 11. Ikkilamchi profilaktikani ko’rsating: A) Kasallikning boshlang’ich davrida simptomlarni aniqlash va davolash yo’li bilan ularning rivojlanishining oldini olish B) Mikrob va uning sporalarini dezinfeksion eritmalar yordamida yo’q qilish C) Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar D) To’g’ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish 12 / 53 12. Muloqot vositalariga nimalar kiradi: A) Ichki shaxsiy muloqot B) O’zaro shaxsiy muloqot C) Hamma bilan muloqot D) Verbal va noverbal muloqot 13 / 53 13. Kommunikatsiya asoslari fanining vazifalari nimadan iborat: A) Insonlar bilan o’zoro munosabatni yo’lga qo’yish va gipnoz xolati B) Insonlar bilan o’zoro munosabatni yo’lga qo’yish va xushmuomilalikni o’rgatish C) Insonlarni kasbiga nisbatan qobiliyatini o’stirish D) Insonlarni tabiatini o’rganish 14 / 53 14. Jamoada bemor shikoyatlari qanday bo’ladi: A) Asosiy va qo’shimcha B) Qo’shimcha va ikkinchi darajali C) Bog’liq va bog’liq emas D) Yetakchi va muhim 15 / 53 15. Kasallik - bu nima: A) Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar B) Bu - atrof – muhit bilan shaxs hayotining bog’liqligi, shu muhitga insonning moslashuvi natijasi C) Bu - tibbiy atama bo’lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o’zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi D) Bu - faqat kasallik yoki biror bir a’zo faoliyatidagi buzilish emas, balki ham jismoniy, ham ruhiy, ham ijtimoiy plandagi eng yaxshi holatdir 16 / 53 16. Nutq ko’nikmalari rivojlanishi uchun qaysi davr o’ta muxim davr xisoblanadi: A) 6 oydan 3 yoshga qadar B) tug’ilishdan to 3 yoshga qadar C) 3 yoshdan 6 yoshga qadar D) hamma davr muhim 17 / 53 17. Diyetoterapiya termini nimani anglatadi: A) stattsionarda ovqatlantirish B) to’laqonli ovqatlantirish C) davo maqsadida ovqatlantirish D) och holda davolash 18 / 53 18. Gemofiliya qanday kasallik hisoblanadi: A) Yuqumli kasallik B) Xirurgik kasallik C) Irsiy kasallik D) Orttirilgan kasallik 19 / 53 19. Arterial bosimni o’lchash uchun fonendoskop qaysi arteriya sohasiga qo’yiladi: A) bilak arteriyasiga B) yelka tirsak arteriyasiga C) chakka artariyasiga D) uyqu arteriyasiga 20 / 53 20. Najasni gijja tuxumlariga qanday yig’iladi: A) yangi ajratilgan najasning 3 shubhali joyidan B) gel’mentlarga qarshi dori vositalar qabul qilgandan so’ng C) bo’shashtiruvchi vositalarni qabul qilgandan so’ng D) tozalovchi huqna o’tkazilgandan so’ng 21 / 53 21. O’pka auskultatsiyasida normada qanday nafas eshitilmaydi: A) bronxo-vezikulyar nafas B) vezikulyar nafas C) bronxial nafas D) xirillash, krepitatsiya 22 / 53 22. 6 oylikkacha bo’lgan va faqat ko’krak suti bilan boqilayotgan bolani yo’talini yumshatish uchun nimadan foydalanasiz: A) qaynatilgan iliq sigir suti B) qaynatilgan iliq suv C) yo’talga qarshi dori vositalari D) ko’krak suti 23 / 53 23. Universal-progressiv modelning asosiy maqsadi bu: A) mahalladagi har bir oilaning aqliy salohiyatini oshrish va rivojlantirish B) mahalla aholisining jismoniy salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirishdir C) ota-onalarning oilaviy farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirish D) ota-onalar va ularning yaqinlari farovonligi bilan bog’liq ravishda bolalarning salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rivojlantirishdir 24 / 53 24. Oila hamshirasi homiladorlikning kichik muammolari bilan bezovtalangan homilador ayolga qanday parvarish ko’rsatadi: A) Akusher va ginekologni zudlik bilan chaqirtiradi B) Ayolni oyoqlarini ko’tarib yotqizadi C) Tezda tug’ruqxonaga olib boradi D) Ayolga tinchlanishni, toza havoda sayrni va tez-tez, oz-oz ovqatlanishni tavsiya etadi 25 / 53 25. Yotoq yara paydo bo’lishining eng asosiy sabablarini aniqlang: A) Bemorning ozib ketishi B) To’qimalarning qon bilan yetarli yoki umuman taminlanmay qolishi C) Oqliklarni va kiyimlarning iflosligi D) Ko’p miqdorda dori moddalarni qabul qilishi 26 / 53 26. Bemorga drenaj holatini berishdan maqsad: A) bronxlarni kengaytirish B) balg’am ajralishini yaxshilash C) hansirashni kamaytirish D) tana haroratini tushirish 27 / 53 27. Anoreksiya nima: A) doimiy ravishda ko’ngil aynishi, ovqatni hazm qilolmaslik B) ishtaxaning oshishi va bemorning sababsiz semirib ketishi C) ishtaxaning pasayishi natijasida o’ta ozib ketish D) jig’ildon qaynashi va epigastral soxada og’riqlarning paydo bo’lishi 28 / 53 28. ubyektiv tekshiruv usuli bu: A) palpatsiya B) auskultatsiya C) bemorni so’rab surishtirish D) ko’zdan kechirish 29 / 53 29. Sovuq kompress qancha vaqtga qo’yiladi: A) 5-10 soniya B) 10-20 daqiqa C) 2-3 daqiqa D) 2-3 soat 30 / 53 30. Nutq bu qanday jarayon: A) nutq –muloqot vositasi va nutq erkinligi B) nutq – bu gapira olish C) nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo’lish uchun tilni bilish va undan foydalana olishi D) nutq – bu odamlarning o’z fikrini gapirish 31 / 53 31. Quyidagi tekshiruvlardan qaysi biri rentgenologik tekshiruvga kirmaydi: A) bronxoskopiya B) tomografiya C) bronxografiya D) flyurografiya 32 / 53 32. Patronaj xizmati tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rif ko’rsatilgan javobni aniqlang: A) bo’lim va muolaja hamshiralari tomonidan olib boriladigan ilk yoshdagi bolalarda, tug’ruqgacha va tuqruqdan keyingi davrdagi ayollarga, “xonadonga tashriflarni tashkil qilish va bajarishni anglatadi” B) patronaj va oila hamshiralarining umumiy faoliyatlarning jamlanmasini anglatadi C) umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan olib boriladigan ilk yoshdagi bolalarda, tug’ruqgacha va tuqruqdan keyingi davrdagi ayollarga, “xonadonga tashriflarni tashkil qilish va bajarishni anglatadi” D) patronaj hamshiralari tomonidan olib boriladigan ilk yoshdagi bolalarda, tug’ruqgacha va tuqruqdan keyingi davrdagi ayollarga, “xonadonga tashriflarni tashkil qilish va bajarishni anglatadi” 33 / 53 33. Turish vaziyatidagi tana biomexanikasi to’g’ri berigan qatorni belgilang: A) Orqani to’g’ri tutish lozim, qorin muskullari tarang bo’lishi kerak B) Yelkalarni rostlab, simmetrik holda tutish kerak C) Faqat tizzalar bukilgan, gavda to’g’ri tutishga harakt qilingan bo’lishi kerak D) Oyoqlar tovoni yelka kengligida bo’lishi zarur 34 / 53 34. Inson his-tuyg’lari va emotsiyalarining tashqi ko’rinishi muloqotning qaysi vositasi orqali namoyon bo’ladi: A) o’zaro shaxsiy muloqot B) noverbal muloqot C) verbal muloqot D) ichki shaxsiy muloqot 35 / 53 35. Hamshiralik parvarish rejasi qaysi bosqichda tuziladi: A) 2 bosqichda B) 5 bosqichda C) 3 bosqichda D) 4 bosqichda 36 / 53 36. Yotoq yara hosil bo’lmaydigan sohalarini aniqlang: A) to’piq, oyoq barmoqlari sohasi B) qorin sohasi, yuz peshona sohasi C) tos sohasi, tovon sahasi, dumg’aza D) ensa sohasi, tovon, kurak sohasi 37 / 53 37. OIVni kuzatuv tizimiga qabul qilingan bemorlarning dispanser nazorati qanday amalga oshiriladi: A) yakuniy dispanserizatsiya B) vaqtinchalik nazorat C) doimiy dispanserizatsiya D) birlamchi va joriy dispanserizatsiya 38 / 53 38. Qaysi belgilar bolalarga nisbatan zo’ravonlik yoki shafqatsiz munosabatda bo’lganlikni bildiradi: A) yuqumli kasalliklar belgilari B) tez tez yiqilishi C) faslga mos kiyintirish D) bola yechinishga qo’rqishi, kayfiyati tez o’zgaruvchan bo’lishi, to’yib ovqatlanmaslik belgilari 39 / 53 39. O’zgacha rivojlanayotgan bolalarni olib borish bo’yicha to’g’ri fikrlarni tanlang: A) rivojlanishida kechikishlari bulgan bolalar xamma vaqt o’z tengdoshlaridan ortda qoladilar B) bolalardagi rivojlanishning kechikishlarini kancha erta aniqlash, me’yorda rivojlanayotgan bolalar kabi imkoniyati cheklangan yoki rivojlanishda cheklanishi bor bolalar qulay shart sharoitlarda o’zining to’liq imkoniyatlarini amalga oshira oladilar C) Mehr va muruvvat uylariga topshirish zarur D) rivojlanishda kechikishlari bo’lgan bolalarga tezroq sifatli yordam ko’rsatish uchun ularni oiladan olib qo’yish va maxsus davolash profilaktik muassasalarga joylashtirish kerak 40 / 53 40. Tana haroratini o’lchashdan oldin nima uchun qo’ltiq sohasi quruq qilib artiladi: A) natija noto’g’ri bo’lmasligi uchun B) bemorga sovuq bo’lmasligi uchun C) termometr yaxshi turishi uchun D) gigiyenik maqsadda 41 / 53 41. Birlamchi profilaktikani ko’rsating: A) Mikrob va uning sporalarini dezinfeksion eritmalar yordamida yo’q qilish B) Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar C) Kasallikning boshlang’ich davrida simptomlarni aniqlash va davolash yo’li bilan ularning rivojlanishining oldini olish D) To’g’ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish 42 / 53 42. Universal-progressiv modelning asosiy maqsadini aniqlang: A) ota-onalar va ularning yaqinlari farovonligi bilan bog’liq ravishda bollarning salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirishdir B) mahalladagi har bir oilaning aqliy salohiyatini oshrish va rivojlantirish C) mahalla aholisining jismoniy salomatligi va farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirishdir D) ota-onalarning oilaviy farovonligini himoya qilish hamda rijojlantirish 43 / 53 43. Gipertoniya kasalligi asorati: A) hushdan ketish, kollaps B) revmatizm, yurak nuqsoni C) insult, miokard infarkti D) zotiljam plevrit 44 / 53 44. Harorat tushushining qanday turlarini bilasiz: A) kritik, litik B) subnormal, normal C) febril, litik, gipertermik D) peretik, giperperetik, sistolik 45 / 53 45. Zuluklar bilan davolash nima deb ataladi: A) diyetoterapiya B) oksigenoterapiya C) gidroterapiya D) girudoterapiya 46 / 53 46. OIV virusi muzlatilgan zardobda qancha vaqtgacha saqlanadi A) 20 yilgacha B) 8 yilgacha C) 5 yilgacha D) 10 yilgacha 47 / 53 47. Muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni belgilang: A) ma’naviy omillar B) iqtisodiy omillar C) moddiy omillar D) ruhiy omillar 48 / 53 48. Tarkibida OIV saqlanadigan potentsial xavfli biologik suyuqliklarni belgilang: A) koʼz yoshi, yiring, oshqozon shirasi, o’t suyuqligi B) qusuq, soʼlak, najas, yiring, me’da va o’n ikki bamoql ichak suyuqligi C) qon, ona suti, koʼz yoshi, shaxvat, ter, siydik D) qon, shaxvat, qin suyuqligi, amniotik suyuqlik, ona suti, sinovial suyuqlik 49 / 53 49. Perinatal depressiyaning sabablarini aniqlang: A) doimiy holdan toyish, aybdorlik hissi, yaxshi ko’rib qiladigan ishlarga qiziqishni yo’qotish B) aybdorlik hissi C) talvasa tutish D) ko’p kasal bo’lish 50 / 53 50. Nechi xil darajadagi profilaktika mavjud: A) 3 xil B) 2 xil C) 8 xil D) 4 xil 51 / 53 51. Stomatit nima: A) Til ildizining yallig’lanishi B) Milkning yallig’lanishi C) Og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining yallig’lanishi D) Tilning yallig’lashi 52 / 53 52. Gospitalizm nima: A) bemorlarning o’zaro ta’siri B) bemorlarning tibbiyot xodimlariga bo’lgan munosabati C) bemorlarning kasalxona sharoitiga moslashguncha bo’lgan davri D) bemorlarning o’zaro e’tiborsizligi 53 / 53 53. “Melena” so’zining ma’nosini aniqlang: A) najasni oqarib ketishi B) najasni “qoramoy”ga o’xshashi C) tez-tez ich ketishi D) defekatsiya aktining buzilishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 110 Laboratoriya tashxisi uchun test №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 825 Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 43 Laboratoriya tashxisi uchun test №2