Uy » Online olimpiada » Davlat va huquq asoslari olimpiada » 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 Davlat va huquq asoslari olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 InfoMaster Mart 28, 2025 1840 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 /30 3 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 9-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 2024-yil 22-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Notarial idoralarning qay tartibda tashkil etiladi va tugatiladi? A) Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi B) Prezident tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi C) Notariuslarni tashkil etish va tugatishga hech qaysi davlat organi vakolatli emas D) Notariuslar o'z faoliyatini mustaqil tashkil etadi va tugatadi 2 / 30 2. Qonun osti hujjatlari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping. A) Qonun, kodeks, farmon B) Ijroiya organi qarori, xat, tilxat C) Farmon, qaror, buyruq D) Kodeks, farmon, sud hujjati 3 / 30 3. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo'lgan. Shu sud tizimining sohalarini aniqlang. 1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi); 2. Harbiy sud (lashkar qozisi); 3. Shariat sudi (islom qozisi); 4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi); 5. Oliy sud; 6. Tuman sudlari A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 4, 5, 6 4 / 30 4. Qaysi hollarda fuqaro istisno tarizida to'liq muomala layoqatiga ega bo'ladi? A) Nikohdan o'tgan vaqtdan boshlab B) Jinoyat sodir etganda C) Fuqarolik pasportini olishi bilan D) Maktabni tugatishi bilan 5 / 30 5. Ekologiya huquqi sohasi orqali qanday munosabat tartibga solinadi? A) korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o'rtasidagi mehnat munosabatlari B) tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar C) mulk bilan alogador hamda nomulkiy munosabatlar D) qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar 6 / 30 6. "Davlat" tushunchasiga to'g'ri berilgan ta'rifni aniqlang? A) Majbur qilish kuchiga o'z fuqarolariga, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan siyosiy tashkilot B) Majbur qilish kuchiga, ya'ni hokimiyatiga ega bo'lgan, o'z fuqarolari, shuningdek hududida istiqomat qiluvchi, boshqa insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy alogalarining amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot C) Majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, o'z fuqarolariga ega bo'lgan boshqa davlatlar bilan siyosiy, ibtidoiy, madaniy alogalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot D) Majbur qilish kuchiga ya'ni hokimiyatiga, o'z fuqarolariga ega bo'lgan, boshqa davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy va ma'naviy alogalarni, amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot 7 / 30 7. Insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tamon burilishi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang? A) Ijtimoiy hokimiyatning vujudga kelishi B) Jamiyatning shakllanishi C) Huquqiy davlatning tuzulishi D) Davlatning paydo bo'lishi 8 / 30 8. Davlat shakllari qaysi javob variantida to'g'ri ko'rsatilgan? A) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi B) Boshqaruv shakli, ma'muriy-hududiy tuzilishi C) Unitar, federatsiya, konfederatsiya D) Boshqaruv shakli, tuzilish shakli, siyosiy tartibot 9 / 30 9. Qaysi alloma har qanday jamiyat, davlat ma'lum adolatni himoya etuvchi, qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo'l qo'yilmaydigan qonun ustuvor bo'lgan adolatli jamiyat ta'limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan? A) Abu Rayhon Beruniy B) Abu Nasr Farobiy C) Al-Xorazmiy D) Abu Ali ibn Sino 10 / 30 10. Davlatning mavjudligi, uning zarurligi nimada o'z aksini topadi? A) davlat funksiyalarida B) davlat qonunlarida C) huquqiy madaniyatida D) davlat mustaqilligida 11 / 30 11. Aflotunning aytishicha eng mushkul ish nima? A) hokimiyatni boshqarish B) xalq ehtiyojlarini qondirish C) qonun joriy qilish D) jamiyatda tartib o'matish 12 / 30 12. Demokratik tartibot belgilarini aniqlang. 1. Shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; 2. Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafolatlanishi; 3. Davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi; 4. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 5. Ijtimoiy hayotda fikrlar xilmaxilligi, ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko‘pligi; 6. Qonun ustuvorligi; 7. Davlat boshqaruvida ko‘pchilikning ozchilikka bo‘ysunishi tamoli asosida amalga oshirilishi A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 3, 6, 7 13 / 30 13. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimga nima deyiladi? A) Davlatni boshqarish B) Demokratiya C) Davlatning tuzulishi D) Siyosiy tartibot 14 / 30 14. Quyida berilgan javoblar orasidan federativ davlatga xos bo'lmagan belgini aniqlang? A) federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig'indisidan iborat bo'ladi B) federatsiya subyektlari umumiy yagona konstitutsiyaga ega bo'lib, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo'ladi C) oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo'ladi D) federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo'ladi 15 / 30 15. Amir Temur davlatida qozilar kimga hisobot berishgan? A) Hukmdorga B) Shayxulislonga C) Qo'sbegiga D) Vazirga 16 / 30 16. "Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi". Ushbu so'zlar muallifini aniqlang. A) Abu Ali ibn Sino B) Amir Temur C) Ulug'bek D) Abu Nasr Farobiy 17 / 30 17. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi? A) Shaxsiy huquqlari B) Siyosiy huquqlari C) Ijtimoiy huquqlari D) Iqtisodiy huquqlari 18 / 30 18. Gipoteza - bu ...? A) yunon tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi B) lotin tilidan olingan bo'lib, bayon qilish degan ma'noni anglatadi C) yunoncha so'z bo'lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma'noni anglatadi D) lotin tilidan olingan bo'lib, majburiy chora degan ma'noni anglatadi 19 / 30 19. Qaysi hujjat amaldagi qonunlar uchun yuridik asos bo'ladi? A) Konstitutsiya B) Xalqaro shartnoma C) Prezident qarori D) Xalqaro norma 20 / 30 20. O'zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) Sud qarorlarining umummajburiyligi B) Ishlarning oshkora ko'rib chiqilishi C) Sud qarorlarining qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi D) Aybsizlik prezumpsiyasi qoidasining qonunda aks ettirilganligi 21 / 30 21. Davlat organiga to'g'ri berilgan ta'rifni toping. A) qonunga muvofiq ravishda o'z tizimiga, ijtimoiy hayotining muayyan sohasini boshqarish bo'yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo'lgan davlat idorasi yoki muassasasi B) jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi C) majbur qilish kuchiga ega bo'lgan, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan tashkilot D) komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega fuqarolardan iborat jamiyat 22 / 30 22. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug'iladi. Ushbu jumla kimga tegishli? A) Sitseron B) Ali ibn Abu Tolib C) Mark Tuliy D) Monteskiyo 23 / 30 23. "Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshi." Ushbu fikrlar muallifini aniqlang. A) Abdulloh Muqni B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Ali ibn Abu Tolib 24 / 30 24. Huquqbuzarlik xususiyati va belgilariga qarab nechta guruhga bo'linadi? A) 6 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 8 ta 25 / 30 25. Unitar davlatga xos bo'lgan belgilarni aniqlang? 1. yagona pul birligining amal qilishi; 2. tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga bo‘linish; 3. mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi; 4. barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun turli shakldagi soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi; 5. yagona fuqarolikning mavjudligi. A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 26 / 30 26. Lotinchadan tarjima qilinganda "qoida", "namuna" ma'nosini anglatuvchi atama ... A) Sanksiya B) Norma C) Dispozitsiya D) Obyekt 27 / 30 27. Mamlakatning ichki huquq tizimi tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? A) Xususiy va xalqaro B) Ichki va tashqi C) Moddiy va ijtimoiy D) Moddiy va protsessual 28 / 30 28. Intizomiy jazo turlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) Jarima, ogohlantirish, mehnat shartnomasini to'xtatib turish B) Ishdan chetlatish, axloq tuzatish ishlari C) Jarima va ozodlikdan cheklash D) Hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish 29 / 30 29. Huquqiy davlatga xos bo'lgan belgilarni toping? 1) Sud mustaqilligining ta’minlanganligi; 2) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruqlar egallaydi; 3) Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi; 4) Mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi; 5) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. A) 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 30 / 30 30. Hozirgi kunda jahonda nechta federativ davlatlar mavjud? A) 40 tadan ortiq B) 60 tadan ortiq C) 30 tadan ortiq D) 20 tadan ortiq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz