Uy » Online olimpiada » Davlat va huquq asoslari olimpiada » 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 Davlat va huquq asoslari olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 InfoMaster Mart 28, 2025 1145 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 8 /30 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 11-sinf Davlat va huquq asoslari olimpiada №1 2024-yil 22-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Tibbiy ko'rikdan o'tish hajmi va to'liq tartibi kim tomonidan belgilanadi? A) Sog'ligni saqlash vazirligi B) Vazirlar Mahkamasi C) Mahalliy hokimiyat organlari D) FHDYO organlari 2 / 30 2. Fuqarolik huquqi dastlab qayerda vujudga kelgan? A) Qadimgi Bobilda B) Qadimgi Yunonistonda C) Qadimgi Rimda D) Mesopatamiyada 3 / 30 3. Shaxsning huquqiy maqomi deganda nima tushuniladi? A) shaxsning majburiyatlari va erkinliklari yig'indisi B) shaxsning majburiyatlari yig'indisi C) shaxsning huquqlari, erkinliklari, burchlari yig'indisi D) shaxsning majburiyatlari va huquqlari yig'indisi 4 / 30 4. Prokuror nimani nazorat qiladi? A) Hukm ijrosini B) Tergov ishlarini C) Qonunlarning aniq bajarilishini D) Sudlov ishlarini 5 / 30 5. Huquqlarda tenglashish ma'nosini anglatuvchi lotincha so'zni toping? A) Emansipatsiya B) Imnguratsiya C) Denonsatsiya D) Diskriminatsiya 6 / 30 6. Qonun ustuvorligi deganda ... A) Barcha qonunosti va huquqni qo'llash hujjatlari qonunga muvofiq bo'lishi va unga zid bo'lmasligi nazarda tutiladi B) Inson huquqlari, uning qadr-qimmati va erkinliklarini himoya qilishga qaratilganligi tushuniladi C) Qonunni yetakchi tashkilotlar tomonidan tan olinishi tushuniladi D) Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini qo'llab-quvvatlaydigan, davlat boshqaruvi o'zboshimchalik bilan amalga oshirilmasligini kafolatlaydigan, umuman olganda, hokimiyatdan o'zboshimchalik bilan foydalanilishining oldini oluvchi mexanizm, jarayon, institut, amaliyot yoki norma tushuniladi 7 / 30 7. Yurtimizda oilani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan oilalarga beradigan qanday ko'krak nishoni ta'sis etilgan? A) "Ibratli oila" B) "Fazilatli oila" C) "Oila - muqaddas" D) "Faol oila" 8 / 30 8. Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida qachondan aholining turli qatlamlari o'rtasida nikohdan oldingi kelishuvlar keng targaigan? A) XVIII-XIX asriarda B) XV-XVII asriarda C) XIII-XV asriarda D) XVI-XIX asriarda 9 / 30 9. Bolalarning huquq va qonuniy manfaatlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 1. Ota-ona; 2. Ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota-onasining o‘rnini bosuvchilar; 3. Prokuratura; 4. Vasiylik va homiylik idoralari; 5. Sud A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 10 / 30 10. Qaysi manba ayol kishi shaxsiy mulkka ega bo'lishining huquqiy asoslarini ko'rsatib beradi? A) Temur tuzuklari B) Qobusnoma C) Farzandnoma D) Avesto 11 / 30 11. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha nechta xalgaro hujatlarga qo'shilgan? A) 200 dan ortiq B) 10 dan ortiq C) 100 dan ortiq D) 80 dan ortiq 12 / 30 12. Ma'lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an'analari o'xshash bo'lgan hamda o'zaro ehtiyoj va manfaatlari yo'lida birlashgan insonlar guruhi nima deylladi? A) Ibtidoiy guruh B) Tashkilot C) Jamiyat D) Jamoa 13 / 30 13. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz? A) qonunlarni joriy etish B) qonunlarni bilish va hurmat qilish C) qonunlarga moslashish D) qonunlar bilan alogadorlik 14 / 30 14. Prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri nima? A) Fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini qayta tiklash hisoblanadi B) Fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash hisoblanadi C) Fuqarolarning majburiyatlarini, jamiyatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi D) Fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi 15 / 30 15. Federativ davlatlar to'g'ri berilgan qatorni toping? A) Germaniya, Yaponiya B) O'zbekiston, Rossiya C) AQSH, Fransiya D) Germaniya, Rossiya 16 / 30 16. "O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar". Ushbu jumla Konsitutusiyaning nechanchi moddasida aks etgan? A) 35-modda B) 51-modda C) 64-modda D) 41-modda 17 / 30 17. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha referendum qachon o'tkazildi? A) 2023-yil 2-may B) 2021-yil 12-yanvar C) 2023-yil 30-aprel D) 2022-yil 5-dekabr 18 / 30 18. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida insonning hayoti, erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxisiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi mustahkamlab qo'yilgan? A) 55-moddasida B) 13-moddasida C) 21-moddasida D) 40-moddasida 19 / 30 19. Respublika boshqaruvining qanday turlari mavjud? A) Prezidentlik va parlamentar B) Konstitutsiyaviy va parlamentar C) Mutlaq va parlamentar D) Prezidentlik va mutlaq 20 / 30 20. Gender tenglik deganda ... A) ma'lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an'analari o'xshash bo'lgan hamda o'zaro ehtiyoj va manfaatlari yo'lida birlashgan insonlar tushuniladi B) insonlarga mol-mulkni teng taqsimanishi tushuniladi C) insonlarga jinsidan qat'i nazar, bir xil huquq, erkinlik va imkoniyatlarning taqdim etilishi, iqtisodiy faoliyatda hamda qarorlar qabul qilishda tenglikning yaratilishi kabilar tushuniladi D) insonning boshqa birovning qadr-qimmati, sha'ni-obro'sini hurmat qilgan holda muomala qilishi tushuniladi 21 / 30 21. Mamlakatimiz konstitutsiyasining nechanchi moddasida gender tenglik mustahkamlab qo'yilgan? A) 34-moddasida B) 21-moddasida C) 58-moddasida D) 101-moddasida 22 / 30 22. Intizomiy jazolar kim tomonidan qo'llaniladi? A) Sud tomonidan qo'llaniladi B) Hokimiyat tomonidan qo'llaniladi C) Ishga qabul qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslar (organlar) tomonidan qo'llaniladi D) Prokuror tomonidan qo'llaniladi 23 / 30 23. Qaysi qatorda er-xotinning huquq va majburiyatlari berilgan? A) Shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlar B) Madaniy, mulkiy huquq va majburiyatlar C) Iqtisodiy, siyosiy huquq va majburiyatlar D) Ijtimoiy, shaxsiy huquq va majburiyatlar 24 / 30 24. Ijtimoiy yordam - bu ... A) aholining yordamga muhtoj qatlamining minimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi B) aholining yordamga muhtoj qatlamining maksimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, tashkilot tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi C) aholining barcha qatlamining minimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, tashkilot tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi D) aholining barcha qatlamining maksimal ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya turi 25 / 30 25. Oila sohasida bizning jamiyatimizda mavjud bo'lgan yuksak axloqiy qoidalardan kelib chiquvchi tamoyilni toping. A) Ota-ona roziligi B) Er-xotinning teng huquqliligi C) Yakka nikohlilik D) Nikohda uchinchi shaxsning aralashmasligi 26 / 30 26. Oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo'lmagan kishi kambag'aldir. Ushbu so'zlar muallifi kim? A) Alisher Navoiy B) Muhammad Kamol Pilavov C) Majididdin Xavofiy D) Amir Temur 27 / 30 27. Mulk huquqi, erkin kasb tanlash va mehnat qilish huquqlari insonning qaysi huquqlari tarkibiga kiradi? A) Shaxsiy huquqlar B) Madaniy huquqlar C) Siyosiy huquqlar D) Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar 28 / 30 28. Oilaviy huquqiy munosabatlarda qanday elementlarni ko'rish mumkin? A) nikoh, nikoh shartnomasi va oila B) subyekt, obyekt va erkinlik C) subyekt, subyektiv huquq va majburiyat D) obyekt, subyekt, subyektiv huquq 29 / 30 29. Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish vaqti 15 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga haftasiga qancha soat ishlashga ruxsat etilgan? A) 36 soat B) 24 soat C) 30 soat D) 35 soat 30 / 30 30. "Aql tarozisida tortib ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir". Ushbu jumla muallifini toping. A) Abu Nasr Forobiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Teodor Ruzvelt D) Abu Ali ibn Sino 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz