Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №5 Geografiya olimpiadaTuman 2024-2025 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №5 InfoMaster Noyabr 22, 2024 865 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 13 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. /30 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №5 2024-yil 21-oktyabr: 2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos tushadigan to‘g‘ri javobni toping. A) D B) A C) B D) C 2 / 30 2. Sharqiy Yevropa platformasi bilan yosh Turon platformasi chegarasi O‘rta Osiyoning qaysi qismiga to‘g‘ri keladi? A) shimoli-g‘arbiga B) g‘arbiga C) shimoliga D) shimoli-sharqiga 3 / 30 3. Sangzor-Nurota tog‘ oraliq botig‘ini qaysi tog‘lar o‘rab turadi? A) shimoli-g‘arbda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota B) shimolda Shimoliy Nurota, shimoli-g‘arbda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor C) shimolda Morguzar va Nurota, sharqda Chumqor, janubda Janubiy Nurota D) shimolda Nurota, shimoli-sharqda Morguzar, janubda Janubiy Nurota va Chumqor 4 / 30 4. Baffin Yeri oroli va Labrador yarimoroli oralig‘idagi bo‘g‘iz nomini aniqlang. A) Elsmir bo‘g‘izi B) Labrador bo‘g‘izi C) Deyvis bo‘g‘izi D) Gudzon bo‘g‘izi 5 / 30 5. Quyidagi qaysi geografik obyekt Oybo‘g‘ir do‘ngligidan shimolda joylashgan? A) Dovutko‘l B) Qoplonqir C) Asakaovdon D) Borsakelmas 6 / 30 6. Aholi tabiiy ko‘payishining manfiy holati nima deb ataladi? A) Urbanizatsiya B) Depopulyatsiya C) Mexanik ko‘payish D) Demografik portlash 7 / 30 7. Tog‘ tizmasi ........... ga yaqin vabo‘lsa, unda balandlik mintaqalari soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni qo‘ying. A) qutblar, qadimgi B) ekvator, baland C) yonbag‘irlari nishab, shamolga ro‘para D) bosh meridian, tik yonbag‘irli 8 / 30 8. Amudaryo va Ili daryolarining deltalarida qanday tuproq turi tarqalgan? A) o‘tloq-allyuvial tuproq B) bo‘z tuproq C) sur-qo‘ng‘ir tuproq D) taqirli tuproq 9 / 30 9. Samolyot bosh meridiandan ekvator bo‘ylab g‘arbga qarab uchdi va 520 km masofani bosib o‘tdi. U quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qaysi zonaga yetganligini aniqlang. A) D zonaga B) C zonaga C) A zonaga D) B zonaga 10 / 30 10. Quyidagi xarita-sxemada 1 va 2 raqamlari bilan ko‘rsatilgan daryolar oralig‘idagi tekislikda aholi zichligi qancha? A) 800-1000 kishi/kv.km B) 545-750 kishi/kv.km C) 1000-1500 kishi/kv.km D) 100-200 kishi/kv.km 11 / 30 11. G‘alaba cho‘qqisi qaysi mamlakatlar chegarasida joylashgan? A) Qozog‘iston va Xitoy B) Tojikiston va Qirg‘iziston C) Xitoy va Qirg‘iziston D) Mongoliya va Xitoy 12 / 30 12. Quyidagi qaysi shahar Andijon viloyatining Qirg‘izistonga chegara qismida joylashmagan? A) Xonobod sh. B) Bo‘z sh. C) Paxtaobod sh. D) Qorasuv sh. 13 / 30 13. Shimoliy Afrikadagi qaysi mamlakatlar neft-gaz zaxiralariga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rinda turadi? A) Chad va Jazoir B) Misr va Tunis C) Marokash va Misr D) Jazoir va Liviya 14 / 30 14. Berilgan ma’lumotlar asosida bir biriga to‘g‘ri keladigan javobni belgilang. A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 5 15 / 30 15. Tropik Afrikada quyidagi qaysi primitiv dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘p yashaydi? A) shamanizm B) totemizm C) buddizm D) feteshizm 16 / 30 16. Quyidagi xarita-sxemada Balear va Ioniya dengizlari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 8 va 2 B) 3 va 5 C) 3 va 7 D) 1 va 4 17 / 30 17. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. AQSH, II. Kanada, III. Braziliya a) Shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori.b)Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi.c)Yalpi sanoat mahsulotlarining hajmi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. d)Jahondagi eng baland teleminora joylashgan. f)Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan davlatlar qatoriga kiradi. e)Yirik neft, temir, uran, nikel konlari mavjud. g)Go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri. A) C B) D C) A D) B 18 / 30 18. Mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 11%i quyidagi qaysi sohada faoliyat yuritadi? A) Savdoda B) Qurilishda C) Sog‘liqni saqlashda D) Sanoatda 19 / 30 19. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarining havosi qaysi gazlar va zararli birikmalar bilan ifloslangan? A) uglerod, azod oksidlari, uglevodorod va qattiq birikmalar B) vodorod ftorid, ammiak, azot oksidi, qattiq brikmalar C) oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid D) oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod oksidi, uglevodorod 20 / 30 20. Quyidagilar orasidan ham yirik shoxli qoramollar soniga, ham qo‘y va echkilar soniga ko‘ra respublikamizda bir xil o‘rinda turuvchi viloyatlarni ajrating. 1. Andijon; 2. Buxoro; 3. Qoraqalpog‘iston; 4. Toshkent; 5. Namangan; 6. Navoiy; 7. Qashqadaryo. 8. Surxondaryo; 9. Jizzax; 10. Sirdaryo; 11. Xorazm; 12. Farg‘ona; 13. Samarqand. A) 8, 12 B) 5, 10 C) 2, 4 D) 7, 9 21 / 30 21. Quyidagi xarita-sxemada 2 raqami bilan ko‘rsatilgan davlatning hududini relyef jihatdan qaysi daryolar ikkiga ajratadi? A) Senegal va Volta B) Niger va Benue C) Shari va Limpopo D) Zambezi va Oranj 22 / 30 22. Qoratov tog‘lari quyidagi qaysi tabiiy geografik okrugning shimolida joylashgan? A) Mirzacho‘l B) O‘rta Zarafshon C) Qashqadaryo D) Qizilqum 23 / 30 23. Quyidagi rasmda harf bilan ko‘rsatilgan chiziqlarning qaysilari daryoni ifodalamaydi? A) A, B, D B) B, D, C C) C, A, B D) A, D, C 24 / 30 24. 13. Quyidagi rasmda alohida rang bilan belgilangan hududlar qaysi tabiat zonasida joylashgan? A) Chalacho‘l va cho‘llar B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar C) Balandlik mintaqalari D) Savanna va siyrak o‘rmonlar 25 / 30 25. Parrandalar soniga ko‘ra respublikamizda eng so‘nggi o‘rinlarda turuvchi viloyatlarni aniqlang. A) Jizzax, Namangan, Navoiy B) Sirdaryo, Navoiy, Jizzax C) Toshkent, Samarqand, Andijon D) Samarqand, Buxoro, Surxondaryo 26 / 30 26. Quyidagilar orasidan Farg‘ona tizmasidan boshlanuvchi daryolar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1) Kosonsoy; 2) Ko‘gart; 3) Isfara; 4) Norin; 5) Yassi; 6) Aravansoy; 7) Moylisuv; 8) Qorao‘ngur; 9) Oqbura; 10) Chodaksoy. A) 3, 5, 6, 9 B) 2, 5, 7, 8 C) 1, 2, 7, 8 D) 1, 4, 6, 8 27 / 30 27. O‘rta Osiyo daryolari va ularga qurilgan suv omborlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) 1-c, 2-b, 3-f, 4-e, 5-a, 6-d B) 1-c, 2-e, 3-f, 4-b, 5-a, 6-d C) 1-c, 2- b, 3-d, 4-e, 5-a, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f 28 / 30 28. Quyidagi xarita fragmentida strelkalar bilan ko‘rsatilgan sayohatni amalga oshirgan dengizchi va u o‘rgangan okean nomini aniqlang. A) G.Shelixov, Shimoliy Muz okeani B) V.Bering, Atlantika okeani C) A.Chirikov, Tinch okean D) J.Kuk, Tinch okean 29 / 30 29. Quruqlikda tabiat zonalarining hosil bo‘lishi quyidagilarning qaysi biriga bog‘liq emas? A) Yog‘in miqdoriga B) Albedoga C) Havo haroratiga D) Relyefga 30 / 30 30. Quyidagi qaysi rasm Avstraliya materigi (iyul oyida) uchun xos? A) B B) C C) A D) D 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6