9-sinf Tarix olimpiada №6

2024-yil 21-oktyabr:

2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

6

9-sinf Tarix olimpiada №6

2024-yil 21-oktyabr:

2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

Kichik Osiyoda XI asr oxiridan o‘g‘uz turklari bilan turklashgan qaysi xalqlarning qoʻshilishidan turk millati shakllana boshlaydi?

2 / 30

Mashhur fizik va kimyogar olimlardan Andre-Mari Amper qaysi davlat fuqarosi edi?

3 / 30

Yapon syogunlaridan qaysi biri yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqargan?

4 / 30

“Avesto”da yovuz kuchlar ziyon yetkazmasligi uchun nimaga da’vat etilgan?

5 / 30

Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping? 1)Napaleon Muqaddas Yelena orolida surgunda halok bo‘ldi; 2)Hindistonda sipohiylar qo‘zg‘oloni bostirildi; 3)Afg‘on amiri Do‘stmuhammadxon vafot etdi; 4)Efiopiyada Kassa hokimiyati ag‘darildi; 5)Germaniyada 30 yillik urush tugadi; 6)Daniel Defo vafot etdi; 8)Afgʻoniston amiri Doʻst Muhammadxon Buyuk Britaniya bilan afgʻon-ingliz harbiy bitimini imzoladi;

6 / 30

Qachon misrliklar mo‘g‘ullar qo‘shini ustidan g‘alaba qozonib, ularning Yaqin Sharq va Afrikaga yurishlarini to‘xtatib qoladilar?

7 / 30

Suriyadagi shamol tegirmonlariga o‘xshash tegirmonlar qachondan boshlab Yevropada ham qurila boshlanadi?

8 / 30

O‘rta asrlarda Hindistonda Xarsha tomonidan qaysi shahar madaniy markazga aylantiriladi?

9 / 30

Qaysi javobda quyidagi voqealarni xronologik vaqti to‘g‘ri berilgan? 1)Urartu davlati gullab-yashnadi; 2)Finikiyada alifbo yaratildi; 3)Hindistonda Magadha, Koshalla, Malla kabi davlatlar tashkil topdi; 4)Chjouda markaziy hokimiyat zaiflashdi. a)mil.avv. VIII-VII asr; b) mil.avv. X asr; c) mil.avv. VII-VI asrlar; d) mil.avv. IX-VIII asrlar

10 / 30

Polsha davlatiga qachon asos solingan?

11 / 30

Angliyada 1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hududining qancha qismi qirol hukmronligi ostida edi?

12 / 30

806-yilda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon Movarounnahr viloyatlariga tarqalgan. Quyida keltirilganlardan ushbu gapda qayd etilgan viloyatlarni aniqlang.1)Miyonqol; 2) Samarqand; 3) Shosh; 4) Farg‘ona; 5)Buxoro; 6) Naxshab; 7) Xorazm; 8) Shahrisabz; 9) Urgut.

13 / 30

Braziliya qaysi Yevropa davlatining mustamlakasi bo‘lgan?

14 / 30

Birinchi jahon urushiga 1917-yil qo‘shilgan va qarz berish evaziga katta boylik orttirgan davlatni aniqlang.

15 / 30

Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1)Xettlar davlati vujudga keldi; 2)Old Osiyoda ilk davlatlar vujudga keldi; 3)Urartu gullab-yashnagan; 4)Misrda so‘nggi podsholik vujudga keldi; 5)Ahamoniylar davlati tuzildi; 6)Hindistonda Moxenjadoro shahri vujudga keldi

16 / 30

Turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan “Manoqib al-atroq” asarida qaysi xalq hunarmandchilikda ustun bo‘lgan?

17 / 30

Kimning maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi?

18 / 30

Quyidagi rivoyat qaysi davlatga oid ekanligini aniqlang. Quyosh ma’budi har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug‘lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko‘taradi.

19 / 30

O‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘rto Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari edi. Chet ellik savdogarlar qayerning qog‘oz va gazlamalarini yuqori baholaganlar?

20 / 30

Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari hamda buddizm ushbu davlat orqali kirib kelgan. Bu davlat III-IV asrlarda Koreya yarim orolining janubida tashkil topadi. Mamlakatdan chiqqan olimlardan biri Yaponiya taxt vorisini o‘qitadi. Ma’lumotda qaysi davlat haqida aytilmoqda?

21 / 30

Yunon-Baqtriya davlatining kuchsizlanishi qaysi tarixiy jarayon ortida yuz bergan?

22 / 30

Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaldi. O‘z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning qanday an’analarini o‘zlashtirdilar?

23 / 30

Qaysi Boburiy hukmdor davrida mamlakatda Mirzo Ulug‘bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilingan?

24 / 30

Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar. Ularning dastlabkisi qanday atalgan?

25 / 30

Quyidagilardan Shan davlati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1)Xitoy hududidagi ilk davlat bo‘lib, Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo bo‘lgan; 2)Davlat nomi uning bosh shahri nomidan kelib chiqqan; 3)Davlat yerlari ulkanligi bois hukmdorlari uni “Osmon ostidagi podsholik”, o‘zlarini esa “Osmon o‘g‘illari” deb atagan; 4)Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Xitoy hududida mavjud bo‘lgan; 5)Chjou qabilasi tomonidan tugatilgan.

26 / 30

Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi namoyondalaridan qaysi biri qishloq ruhoniysi bo‘lgan?

27 / 30

Qaysi davrga kelib insonlar hayotida o‘zlashrituvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – chorvachilik va dehqonchilikka o‘ta boshladi?

28 / 30

Buyuk ipak yo‘lining tashkil topishi Xitoyning qaysi sulolasi davriga to‘g‘ri keladi?

29 / 30

Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga harakat qilgan ittifoqchi davlatlarni toping.

30 / 30

Patriarxat davri boshlangan davrga taalluqli kashfiyotni aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0